Ibaqabeka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibaqabeka
Tavalludi XII asr
Vafoti XIII asr
Fuqaroligi Moʻgʻullar imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi Chingizxon, Jurcheday
Otasi Jaxa Xambu

Ibaqabeka, Abikabeka (moʻgʻ.: Ибага бэхи) -— kerayitlar xoni Toʻgʻril (Vanxon)ning kichik ukasi Jaxa Xambuning qizi.

1203-yilda Chingizxon tomonidan kerayitlar magʻlubiyatga uchraydi. Ammo Jaxa Xambu Chingizxonning kerayitlar bilan urushidan oldin xonning safiga qoʻshilgani hamda Chingizxonga merkitlarga qarshi kurashda yordam koʻrsatgani uchun Jaxa Xambu oilasi bosqin paytida talon-toroj qilinmaydi. Chingizxon oʻziga Ibaqabekani nikohlab olgan boʻlsa[1], kichik singlisi Sorxagtanibekani oʻgʻli Tuluyga nikohlab beradi[1][2]. Ibaqabekaning boshqa singlisi Biktutmishbekani esa toʻngʻich oʻgʻli Joʻjiga nikohlab bergan. Shunisi qiziqki, keyinchalik Chingizxon oʻzining sodiq aʼyonlarini taqdirlashda Ibaqabekani urutlardan boʻlgan Jurchedayga sodiqligi va qilgan xizmatlari uchun xotinlikka berish haqida buyruq bergan[3].

Ibaqabekaning Jurchedayga turmushga berilishining boshqa sababini Rashiduddin „Jome at-tavorix“ asarida quyidagicha bayon etgan[1]: „Bir kuni Chingizxonning tushiga Tangri kirib, Ibaqabekani boshqa kishiga nikohlab berishi haqida xonga buyruq beradi. Uyqudan uygʻongan xon qorovullikda turgan kebteul (tungi xos soqch) chaqiradi, bu Jurcheday boʻlgan va xon Ibaqabekani Jurchedayga turmushga bergan. Sobiq xotining urutlarga joʻnatayotib, Chingizxon baurchisi (oshpazi) Oshiq Temur va qimiz ichadigan oltin qadahidan boshqa, barcha narsalar, xizmatkorlar, chorva mollarni Ibaqabekaga oʻzi bilan olib ketishiga ruxsat beradi[3][4].

Ibaqabeka va uning oʻgʻli Chingizxonning uchinchi oʻgʻli va voris Oʻqtoyxonning oʻlimida asosiy gumondorlardan biri boʻlishgan. 1241-yil 11-dekabrdagi ziyofatdan soʻng kutilmaganda Oʻqtoyxon vafot etadi. Ibaqabekaning oʻgʻli xonning baurchisi (oshpazi) boʻlgani sababli onasi bilan birga xonni zaharlashda ayblanadi. Ularning aybsizligi isbotlanmaydi, ammo Oʻqtoyning qarindoshi, katta nufuzga ega boʻlgan Eljigiday noʻyonning aralashuvi tufayli Ibaqabeka va oʻgʻli jazoda qutilib qoladilar[4][5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Broadbridge, Anne F. „Women and the Making of the Mongol Empire“ (ingliz tilida). Cambridge University Press (2018), s. 81. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  2. „Sokrovennoe skazanie mongolov § 186“ (rus tilida). Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Sokrovennoe skazanie mongolov § 208“ (rus tilida). Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 „Jome at-tavorix“ (rus tilida). Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  5. Broadbridge, Anne F.. „Women and the Making of the Mongol Empire“ (ingliz tilida). Cambridge University Press (2018), s. 168-169. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rashiduddin. Jome at-tavorix (rus tilida). Moskva-Leningrad: Izdatelstvo AN SSSR, 1952. 
  • Rene Grusse. Chingisxan: Pokoritel Vselennoy (rus tilida). Moskva: Molodaya gvardiya, 2008 — 285 bet. 
  • Yevgeniy Ivanovich Kichanov. Jizn Temuchjina, dumavshego pokorit mir. Chingis-xan: lichnost i epoxa (rus tilida). Moskva: «Vostochnaya literatura», 1995 — 274 bet.