Kontent qismiga oʻtish

I Got Love

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„I Got Love“
MiyaGi & Andy Panda va Rem Digga qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 9-sentyabr 2016-yil
Janr Hip hop
Davomiyligi 4:34
Leybl Hajime Records
Matn muallif(lar)i Sad Soul, Endshpil, Miyagi, Rem Digga
Prodyuser(lar) Sad Soul
MiyaGi & Andy Panda xronologiyasi
„#TAMADA“
(2016)
I Got Love
(2016)
„Moya Banda“
(2016)
Rem Digga xronologiyasi
„Zima (Instrumental)“
(2015)
I Got Love
(2016)
„Skvoz ternii“
(2017)
Videoklip
I Got Love YouTubeda

I Got Love“ – rossiyalik reper Rem Digga ishtirokidagi MiyaGi & Andy Panda nomli rossiyalik hip hop duetining qoʻshigʻi. Trek 2016-yil 9-sentyabrda Hajime Records tomonidan chiqarilgan[1]. Qoʻshiq uchun ishlangan videoklip 900 milliondan ortiq koʻrishlar soni bilan Rossiyaning YouTubedagi eng mashhur musiqiy videosiga aylandi[2][3].

Videoklipi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq uchun ishlangan klip 2017-yil 2-iyun kuni taqdim etildi. Videoning byudjeti 800 ming rublni tashkil etdi. Duet dastlab qoʻshiq uchun videoklip suratga olishni rejalashtirmagan edi. Ularni qozogʻistonlik klip rejissyori Aysulton Seitov videoklip suratga olishga koʻndirdi[1].

2019-yilda musiqiy video YouTubeda 300 million martadan koʻproq tomosha qilinib, Rossiya rekordini oʻrnatdi[4]. 2020-yilda Rossiyaning Little Big guruhi tomonidan ijro etilgan „Skibidi“ qoʻshigʻi „I Got Love“ qoʻshigʻidan Rossiyaning YouTubedagi eng mashhur videosi nomini olib qoʻydi[5], ammo 2021-yilda „I Got Love“ yana yetakchilikni qaytarib oldi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]