Hikmatlar (Navoiy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Hikmatlar (Navoiy)
Muallif Alisher Navoiy
Janr oʻylar, hikmatlar, naqllar, sheʼrlar
Nashriyot „Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti“
Nashr etilgan sanasi 1968
Sahifalar soni 88

„Hikmatlar (Navoiy)“Alisher Navoiy oʻylari, hikmatlari, naqllari va sheʼrlari toʻplami. Toʻplamni tuzuvchi va soʻzboshi muallifi Solih Mutallibov. Asar 1968-yil Toshkent shahrida „Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti“da chop etilgan. Toʻplam kirill alifbosida yozilgan boʻlib, hikmatlar kirill alifbosi tartibida berilgan.

Navoiy hikmatlari birinchi marotaba 1941-yilda nashr qilingan. Birinchi nashrni Navoiy asarlaridan tanlab olib, jam qilishda A. Azizov, S. Ibrohimov, Z. Xolmatov, M. Ishoqov, A. Mutallibov, S. Mirzayev, S. Mutallibovlar ishtirok etgan. Bu kitob ham usha nashr asosida chop etilgan.

Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: I. Gʻafurov – muharrir, M. Shchirovskiy – rassom, P. Xapilin – rasmlar muharriri, L. Parpixoʻjayev – texnik muharrir, Soli Toxirov – musahhih. Kitob adadi – 10 000 nusxa.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]