Heyquq paygʻambar maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Heyquq paygʻambar maqbarasi — Heyquq Bani Isroil qavmi paygʻambari boʻlib, Iyerusalimdagi yahudiylarning buyuk ibodatxonasi qoʻriqchilaridan boʻlgan. „Qomus ul-aʼlom“ kitobida keltirilishicha, Heyquq Bani Isroil qavmidan chiqqan 12 paygʻambarning biri boʻlgan ekan. U Muso naslidan boʻlgan va Tavrot kitobida uning nomi zikr etilgan. Yahudiylar Heyquq paygʻambarga alohida hurmat va ehtirom bilan qaraydilar. Heyquq ivrit tilida „quchoqlangan“ degan maʼnoni anglatadi. Maqbara Toʻyserkon shahrida joylashgan boʻlib, Erondagi eng qadimiy imoratlardan biri hisoblanadi. Maqbaraning hozirgi binosi Saljuqiylar davrida barpo etilgan. Shuni aytib oʻtish joizki, Heyquq paygʻambarning haykali Vatikandagi muzeyda saqlanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 277 bet. ISBN 978-600-9675-31-3.