Kontent qismiga oʻtish

Heroes

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Heroes

Serial ramzi (Quyosh tutilishi manzarasi bilan)
Janri Drama
Ilmiy taxayyulot
Muallif(lar) Tim Kring
Rollarda David Anders
Kristen Bell
Santiago Cabrera
Jack Coleman
Tawny Cypress
Dana Davis
Noah Gray-Cabey
Greg Grunberg
Ali Larter
James Kyson Lee
Masi Oka
Hayden Panettiere
Adrian Pasdar
Zachary Quinto
Sendhil Ramamurthy
Dania Ramirez
Leonard Roberts
Cristine Rose
Milo Ventimiglia
Bastakor(lar) Wendy Melvoin
Lisa Coleman
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSH
Til Inglizcha
Mavsumlar soni 3
Qismlar soni 59 (Qismlar roʻyxati)
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar) Tim Kring
Dennis Hammer
Allan Arkush
Greg Beeman
Joy Los Angeles
Kamera Panavision
Qism davomiyligi taxminan 43 daq.
Efirga uzatilishi
Telekanal NBC
Tasvir formati NTSC (480i)
PAL (576i)
HDTV (1080i)
Ovoz formati Dolby Digital
Translyatsiya davri 25-sentabr, 2006 bugun
Tashqi havolalar
Rasmiy sayti

Heroes (Qahramonlar) Amerika ilmiy-fantastik teleserialidir. Muallif - Tim Kring. Serial NBC telekanalida 2006-yil 25-sentabridan beri efirga uzatiladi. Oʻzbekistonda serial TV-Markaz va NTT kanalida koʻrsatilmoqda.

Serial gʻayritabiiy kuchlarga ega kishilar haqida hikoya qiladi.

Heroes serialida har bir qahramon hayotidan kichik hikoya koʻrsatilib, umumiy manzara hosil qilinadi.

2006-yil 23-sentabridan efirga uzatila boshlangan. Bu mavsumda turli yerlardagi oddiy odamlar oʻzlarida ajabtovur qobiliyatlar borligini oʻrganishadi. Bu kuch-qobiliyatlarni otasining ishini davom ettirmoqchi boʻlgan Mohinder Suresh ismli hind genetiki tadqiq etmoqchi boʻladi. Ayni damda bu odamlarni „The Company“ („Kompaniya“) deb ataluvchi sirli tashkilot vakili boʻlmish Noah Bennet va Haitilik degan kishilar „ov“lashni boshlashadi. Mavsum voqealari New Yorkda sodir boʻlishi kutilgan yadroviy portlashning oldini olish maqsadi atrofida aylanadi.

2007-yil 24-sentabridan efirga uzatila boshlangan. Bu mavsum Amerika Adiblari Gildiyasi ish tashlashi tufayli kutilganidek 24 qismli emas, balki 11 qismli boʻldi. Ushbu mavsumda xavfli virus pandemiyasiga qarshi kurashish haqida gap ketadi.

2008-yil 22-sentabridan efirga uzatila boshlangan. Bu mavsumda ikkinchi mavsumga kirmay qolgan hikoyalar namoyish etiladi.

Serial aktyorlari.


IsmiBosh rolda
(mavsumlar)
Ikkilamchi rolda
(mavsumlar)
Aktyor/AktrisaMaʼlum gʻayritabiiy qobiliyatlari
Claire Bennet1, 2, 3Hayden PanettiereTezkor hujayraviy regeneratsiya
Noah Bennet1, 2, 3Jack ColemanYoʻq
Elle Bishop23Kristen BellElektr boshqaruvi
Monica Dawson2Dana DavisYuksak mushak xotirasi
Simone Deveaux1Tawny CypressYoʻq
D.L. Hawkins12Leonard RobertsQattiq jismlar ichidan oʻta olish
Maya Herrera2, 3Dania RamirezZaharlash
Ando Masahashi2, 31James Kyson LeeAvvaliga yoʻq; gen oʻzgartiruvchi dori bilan emlanganidan soʻng qobiliyat kuchaytirish va energetik himoya
Isaac Mendez1Santiago CabreraBashorat (badiiy tasvir orqali namoyon etiladi)
Adam Monroe23David AndersTezkor hujayraviy regeneratsiya
Hiro Nakamura1, 2, 3Masi OkaFazo-vaqt boshqaruvi (teleportatsiya, vaqt sayohati)
Matt Parkman1, 2, 3Greg GrunbergTelepatiya
Angela Petrelli31, 2Cristine RoseBashorat (tushlar orqali namoyon etiladi)
Nathan Petrelli1, 2, 3Adrian PasdarParvoz
Peter Petrelli1, 2, 3Milo VentimigliaQobiliyatni singdirib olish (boshqa qahramonlar nimaiki qila olsa, Peter ham shuni bajara oladi)
Micah Sanders1, 23Noah Gray-CabeyTexnopatiya (elektronika bilan muloqot)
Niki Sanders1, 2Ali LarterJismoniy super-baquvvatlik
Tracy Strauss3Ali LarterKuchli sovutish, suv boshqaruvi
Mohinder Suresh1, 2, 3Sendhil RamamurthyAvvaliga yoʻq; gen oʻzgartiruvchi dori bilan emlanganidan soʻng super-baquvvatlik
Sylar2, 31Zachary Quintoboshqa qahramonlarning qobiliyatlari manbaini oʻrganadi (jabrdiyda miyasini ochib qarash orqali) va oʻziga nusxalay oladi