Helvella

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Helvella
Helvella crispa 031130w.jpg
Helvella crispa
Maxsus tasnifi e
Olam: Fungi
Boʻlim: Ascomycota
Sinf: Pezizomycetes
Turkum: Pezizales
Oila: Helvellaceae
Tur: Helvella

Fr.
Maxsus turi
Helvella crispa

(Scop.) Fr. (1822)

Helvella — Helvellaceae oilasiga mansub askomitset qoʻziqorinlari turkumiga kiruvchi qoʻziqorinlar hisoblanib, odatda, elfin egarlari sifatida tanilgan. Ularning notoʻgʻri shaklli qalpoqlari, nayli poyalari va rangsiz pastki yuzalari bilan ajralib turadi. Ular Shimoliy Amerika va Yevropada keng tarqalgan. Eng asosiy turlarga oq rangli H. crispa va kulrang H. lacunosa kiradi. Ular xom holda isteʼmol qilinganda oshqozon-ichak simptomlarini keltirib chiqarishi haqida maʼlumotlar mavjud[1].

Helvella crispa 031130w.jpg
Kenja turkum: Helvella


Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Helvelladagi turlarning mevali tanalari (texnik jihatdan askokarplar) mavjud boʻlib, ular yerdan koʻtarilib oʻsadi va odatda poyali qoʻziqorindir. Kosaga oʻxshash meva tanasi (apotekiy) turli shakllarda boʻlishi mumkin: u quloq (auriculate) yoki egar shaklida boʻladi. Shuningdek, konveks yoki tartibsiz lobli va egilgan boʻlishi mumkin. Tanasi sporali sirt, gimeniumsimon silliq, toʻlqinsimon yoki ajinli koʻrinishda boʻladi va rangi oqdan qora ranggacha yoki turli xildagi kulrang yoki jigarrang ranglarga ega boʻlishi mumkin. Xuddi shunday, meva tanasining tashqi yuzasi silliq, qovurgʻali yoki mayda sochli proektsiyalarga ega boʻlishi mumkin (villi). Poyasi silindrsimon va toraygan yoki yivli va qovurgʻasimon ko'rinishda boʻladi. Tanasi odatda 1-2 – mm qalinlikda boʻladi[2].

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil holatiga koʻra, „Index Fungorum“ tashkiloti Helvellaning 105 turini roʻyxatga kiritgan[3].

H. asetabulum
H. costifera
H. epippium

O'sish sharoitlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu turga mansub qo'ziqorinlar nam iqlim va subtrioik mintaqalarda o'sadi. Ayrim turlari o'rta darajadagi issiqlikka chidamli hisoblanadi. Helvella asosan daraxtlar ko'p o'sadigan joylarda, to'nkalar orasida, nam tuproqli, soya joylarda o'sadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Elfin egar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ammirati, Joseph F.. Poisonous mushrooms of the northern United States and Canada. Minneapolis: University of Minnesota Press, 1985 — 259 bet. ISBN 0-8166-1407-5. 
  2. "The Helvellaceae: systematic revision and occurrence in northern and northwestern North America". Mycotaxon 62: 1–125. 1997. 
  3. Kirk PM. „Species Fungorum (version 29th January 2016). In: Species 2000 & ITIS Catalogue of Life“. 30-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-fevral 2016-yil.
  4. Korf RP. (2008). "Nomenclatural notes. 12. Untangling hedwig's Octospora villosa: Helvella fibrosa comb. nov". Mycotaxon 103: 307–12. 
  5. "Helvella juniperi sp. nov. new species collected on the Tyrrhenian coast" (it). Rivista di Micologia 42 (2): 99–118. 1999. 
  6. Asef, M.R. (2013) The genus Helvella in Iran. Mycologia Iranica. 1(1). 9-13
  7. Landvik, Sara; Kristiansen, Roy; Schumacher, Trond (1999). "Pindara: a miniature Helvella". Mycologia 91 (2): 278–85. doi:10.2307/3761373. 
  8. name="Nguyen 2013"/>
  9. "A new species of Helvella from China". Mycologia 82 (5): 642–43. 1990. doi:10.2307/3760054. 

Media related to Helvella at Wikimedia Commons