Heath Pearce

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Heath Pearce
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Heath Gregory Pearce
Tavallud sanasi 13-avgust 1984-yil (1984-08-13) (39 yosh)
Tavallud joyi Modesto, Kaliforniya, AQSh
Boʻyi 6 ft 0 in (1.83 m)
Ampluasi yarim himoyachi, himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2001 IMG Soccer Academy
2002—2004 Portland Pilots
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2007 FC Nordsjælland 75 (2)
2007—2009 Hansa Rostock 31 (0)
2009—2010 FC Dallas 34 (0)
2011—2012 Chivas USA 40 (0)
2012—2013 New York Red Bulls 32 (2)
2014 Montreal Impact 23 (0)
2015 IFK Göteborg 0 (0)
Milliy terma jamoa
2000—2001 AQSh U17 4 (2)
2003 AQSh U18 1 (0)
2003 AQSh U20 3 (0)
2005—2012 AQSh 35 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Heath Gregory Pearce (talaffuzi: Hit Gregori Pirs; 1984-yil 13-avgustda AQShning Kaliforniya shtati Modesto shahrida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi. AQSh terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan. Hozirgi kunda u YouTube videoxostingidagi „KICK“ vlogida „The Mixer“ dasturining boshlovchisi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Heath Pearce futbolchilik faoliyatini Portlend universitetining futbol jamoasida oʻynashdan boshlagan.

2005-yilda Heath Pearce Daniyaning „Nordsjælland“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U darhol klubning asosiy bazasidan joy oldi va ikki mavsum davomida himoya chizigʻining yetakchisi boʻldi.

2007-yil 16-iyulda Heath Pearce Germaniyaning „Hansa Rostock“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[1]. 11-avgust kuni „Bayern München“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qildi[2]. Mavsum oxirida „Hansa Rostock“ futbol klubi Ikkinchi Bundesligaga yoʻl oldi. 2009-yil aprel oyida Heath Pearce jarohat olganlikda gumon qilingani uchun zaxiraga oʻtkazildi[3]. Heath Pearce bu haqiqat emasligini daʼvo qilgan boʻlsa-da, shunday sababga koʻra uning shartnomasi klub tomonidan bekor qilingan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yil 12-noyabrda Shotlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Heath Pearce uchrashuvning ikkinchi yarmida DaMarcus Beasley oʻrniga maydonga tushib AQSh terma jamoasi safida debyut qildi[4]. 2006-yilda Heath Pearce Jahon chempionati oldidan oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan, ammo yakuniy tarkibga kiritilmagan.

2007-yilda Heath Pearce Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Kolumbiyaga qarshi oʻyinda ishtirok etdi[5]. 2009-yilda Heath Pearce Konfederatsiyalar kubogida terma jamoa safida oʻynadi va kumush medallarni qoʻlga kiritdi. U zaxiradan maydonga tushmagan. Oʻsha yili Heath Pearce AQSh jamoasi tarkibida CONCACAF oltin kubogida ishtirok etdi va musobaqaning kumush medalni qoʻlga kiritgan. Turnirda Heath Pearce Gonduras, Meksika, Grenada va Panama terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[6][7][8][9][10].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro turnir Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Portland Pilots 2002 20 2 20 2
2003 20 1 20 1
2004 22 5 22 5
Jami 62 8 0 0 0 0 62 8
Bradenton Academics 2003 11 1 1 0 12 1
FC Nordsjælland 2004—2005 15 0 0 0 15 0
2005—2006 31 1 0 0 31 1
2006—2007 29 1 0 0 29 1
Jami 75 2 0 0 0 0 75 2
Hansa Rostock 2007—2008 19 0 2 0 21 0
2008—2009 12 0 1 0 13 0
2009—2010 0 0 0 0 0 0
Jami 31 0 3 0 0 0 34 0
FC Dallas 2009 6 0 6 0
2010 28 0 1 0 29 0
Jami 34 0 1 0 0 0 35 0
Chivas USA 2011 30 0 1 0 31 0
2012 10 0 10 0
Jami 40 0 1 0 0 0 41 0
New York Red Bulls 2012 18 2 2 1 20 3
2013 14 0 2 0 16 0
Jami 32 2 4 1 0 0 36 3
Montreal Impact 2014 23 0 4 0 2 0 29 0
IFK Göteborg 2015 0 0 3 0 3 0
Umumiy faoliyatida 308 13 17 1 2 0 327 14

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Rostock holt Lense und Pearce“ (olmoncha). kicker (2007-yil 16-iyul). 16-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2016-yil.
  2. „Бавария VS. Ганза 3:0“ (ruscha). soccerway.com (11-avgust 2007-yil). 17-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
  3. „Pearce und Kronholm in zweite Mannschaft zurückgestuft“ (olmoncha). F.C. Hansa Rostock e.V. der Fußballverein im Nordosten (2009-yil 13-aprel). 6-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2016-yil.
  4. „Шотландия VS. США 1:1“ (ruscha). soccerway.com (12-noyabr 2005-yil). 17-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
  5. „Колумбия VS. США 1:0“ (ruscha). soccerway.com (6-iyul 2007-yil). 13-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
  6. „США VS. Гондурас 2:0“ (ruscha). soccerway.com (9-iyul 2009-yil). 1-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
  7. „Гондурас VS. США 0:2“ (ruscha). soccerway.com (24-iyul 2009-yil). 1-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
  8. „США VS. Мексика 0:5“ (ruscha). soccerway.com (26-iyul 2009-yil). 29-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
  9. „Гренада VS. США 0:4“ (ruscha). soccerway.com (5-iyul 2009-yil). 16-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
  10. „США VS. Панама 2:1“ (ruscha). soccerway.com (19-iyul 2009-yil). 14-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.