Qaffol shoshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hazrati imomdan yoʻnaltirildi)

Qaffol Shoshiy (toʻliq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ash - Shoshiy alKabir; (287/904366/976 yillar[1]) — shofiʼiylik mazhabining yetakchi olimlaridan biri, muhaddis, faqih, tilshunos, shoir. Qaffol Shoshiy Hazrati Imom (qisqacha — Hastimom) nomi bilan mashhur. Alloma mohir hunarmand boʻlib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. Manbalarga koʻra, u ogʻirligi 0,5 g keladigan jajji qulf-kalit yasagani uchun "Qaffol" ("Qulfchi") laqabi berilgan. Chuqur bilimi, ulkan ishlari evaziga Imom al-Kabir ("Ulugʻ imom") deb taʼriflangan.[1][2]

Hayoti[tahrir]

Qaffol Shoshiyning tavalludi toʻgʻrisida turli manbalarda turlicha fikr yuritilgan, ayrim manbalraga koʻra Milodiy 904[1] - yilda Shosh (Toshkent)da tug‘ilgan deb aytilgan boʻlsa, boshqalarida esa 907[3] - yil deb koʻrsatilgan. Qaffol Shoshiy Shoshda hunarmand oilasida tugʻilib, dastlabki bilimni oʻz yurtida olgan.

Arab Sharqi mamlakatlari boʻylab uzoq safarda boʻladi. U Iroq(Bagʻdod, Kufa), Shom(Damashq)da zamonasining zabardast olimlaridan ilm-maʼrifat oʻrganadi. U ancha vaqt Bagʻdodda yashaydi.

Xalifalikda turli lavozim, vazifalarni ado etgan. Qaffol Shoshiy Movarounnahrda, xususan, Shoshda shofiʼiylik mazhabini targʻib etib, diniy bilimlarning tarqalishiga, shariat asoslari qaror topishiga hissa qoʻshdi.

Qaffol Shoshiy Toshkentda vafot etgan.Kaykovus arig‘iga yaqin  yerga  —  Mozorxon  mahallasiga dafn  etiladi. Uning qabri ustiga maqbara qurilgan.[4]

Qaffol Shoshiy davrining tavsifi[tahrir]

X asrda Turkiston  mamlakatining  shimoliy hududlarida,  yaʼni Sirdaryoning  o‘ng  sohilidan  shimolda joylashgan  Shosh, Isfijob  (Sayram), Taroz,  Yassi va boshqa  viloyatlarda hali  Qaffol Shoshiy  darajasidagi  valiy  zotlar  tavallud topmagan  yoki  bo‘lmasa qadam  ranjida  qilmagan edilar.

U kezlarda piri  Turkiston —  Ahmad Yassaviy,Shayx  Zayniddin  dunyoga  kelmagalar.

Bir rivoyatda(bu  haqda  yozma  manbalar ham bor) aytilishicha: 

"Ulamolardan bo‘lmish Shayx Umar Bog‘istoniy  ko‘p  yillar davomida  farzand  ko‘rmaydi, najot  istab,  zavjasi bilan  birga  Hazrati Imom  qabrini  ziyorat etadi. Qurʼon  tilovatidan keyin  Alloh taolodan farzand ato etishini iltijo qiladi. Xuddi shu payt  maqbara  ustidan bir  gala  qaldirg‘och birdaniga ko‘kka  ko‘tariladi,  bu parvozdan “At-tahur”  degan  sado yangrab ketadi. Bu yaxshilik  alomati,  duo  ijobat  bo‘lajagidan bir  mujda  edi. Vaqt  soati  yetib,  Shayx  Umar Bog‘istoniy  o‘g‘il  ko‘radi. Uning  ismi  oldindan  maʼlum edi. Chaqaloqqa  Xovandi Tahur  deb  ism  qo‘yadilar."[1]

Yozishlaricha Shayx  Umar Bog‘istoniy  o‘g‘liga quyidagicha vasiyat qilgan ekanlar:

“Tahur, mullo bo‘lma. Shayx bo‘lma, so‘fi bo‘lma - musulmon bo‘l!” [5]

Xovandi Tahur kamolotga  yetib, Shayx  Xovandi  Tahur  nomi  bilan  el-yurtda  mashhur bo‘ladi."

Ijodiy faoliyati[tahrir]

Qaffol  Shoshiy diniy  ilmlardan  tashqari dunyoviy bilimlarni ham chuqur o‘rgangan. Vataniga qaytgach, asosan, ona shahri Toshkentda yashab, Islom dinining targ‘iboti  bilan  shug‘ullangan. Ilohiyotga  oid  bir  qancha asarlar  yozgan. Qurʼoni  karim, hadis  va  shariat ilmi, arab  tilshunosligi  bo‘yicha bilimdon  bo‘lgan.

Uning qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid "Qozining feʼlatvori", "Odob al-bahs" ("Bahs odobi"), "Husni jadal" ("Dialektika goʻzalligi") kabi asarlari islom olamida mashhur boʻlgan. Qaffol Shoshiy sheʼrlar ham yozgan. Ulardan ayrim parchalar olim Tojiddin asSubkiyning "Tabaqot ashShofiʼiya" ("Shofiʼiylik mazhabi darajalari") kitobi orqali saqlanib qolgan.

Ustozlari[tahrir]

U taniqli muhaddis Haysam ibn Kulayib Shoshiydan saboq olgan.

Samarqand, Buxoro, Termiz shaharlarida Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning asarlari bilan tanishadi.

Mashhur imom Abul Abbos Ahmad ibn Umar ibn as - Surayjiy (850—918)ning shogirdi boʻlgan.

Uning tarix sohasidagi ustozi esa mashhur olim Abu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir Tabariy boʻlgan.

Yana bir yirik ustozi Abul Hasan Ali ibn Abu Muso Ashʼariy boʻlib, undan kalom ilmini oʻrgangan va oʻz navbatida Ashʼariy Qaffol Shoshiydan fiqh ilmidan saboq olgan.

Qaffol Shoshiy ulamolar nazarida[tahrir]

Oʻrta asr arab mualliflari Qaffol Shoshiyni buyuk alloma ekanligini alohida taʼkidlab oʻtishgan.

Shamsuddin Muhammad Zahabiy:

"Movarounnahrda usul ilmi va hadis talabi ila eng koʻp safar qilgan olim Qaffol Shoshiy edi...Alloma, lugʻat, usul, fiqx imomi Xuroson olimlaridan Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Shoshiy "Katta Qaffol" nomi bilan mashhur boʻlgan. U zot Movarounnahrda oʻz davrining imomi boʻlib, bir necha kitoblar musannifi boʻlgan."[6]

Tarixchi Abu Saʼd Abdulkarim ibn Muhammad Samʼoniy:

"Qaffol" – qulfsozlik kasbiga nisbat berilgan. U oʻz zamonasining imomi (peshvosi) boʻlib, fiqx, hadis, usul, tilshunoslik ilmalari boʻyicha tengi yoʻq olim edi. Qaffol Shoshiyning nomi Magʻribu Mashriqqa yoyilgan".[7]

Qomusiy olim (rus.)

"U fiqh, hadis lugʻat va ad. boʻyicha oʻz asrining mashhur olimlaridan edi". Yana bir mashhur arab olimi Ibn Xallikon "Vafoyot al-aʼyon" ("Ulugʻ kishilar vafoti") nomli asarida shunday yozgan: " Qaffol Shoshiy mufassir, faqix, muhaddis, tilshunos, shoir boʻlib, oʻz zamonasidan Shofiʼiy mazhabi ulamolari ichida unga teng keladigani boʻlmagan".[8]

Taʼrixchi va geograf Abul Fido(1273-1331 ):

“ Qaffol Shoshiy  o‘z  zamonasiniig yetuk  imomlaridan  bo‘lib, Turkiston  mamlakatida  unga  teng  keladigan alloma  bo‘lmagan”..

Shuningdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Abduqahhor Ibrohimov. Muftiylar sulolasi: (badialar) / Toshkent: MERIYUS,2010
  2. N.Muhamedov. Islomshunoslik qomusiy lugʻat., Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi. -T.: «Movarounnahr». 2014. b.: 314-315.
  3. Maʼnaviyat yulduzlari / Nashrga tayyorlovchi - M.Xayrullayev: Toshkent: 1999. - 400 bet. ISBN 5-86484-072-6<meta />http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=2240
  4. Qaffol Shoshiy maqbarasi
  5. Barot Boyqobilov. Yangi hamsa. Toshkent : Sharq, 1998.
  6. Shamsuddin Muhammad Zahabiy "Siyar aʼlom an-nubalo" ("Olijanob allomalar siyratlari")
  7. Abu Saʼd Abdulkarim ibn Muhammad Samʼoniy "Al-Ansob"
  8. "al-Aʼlom " URL:https://books.google.kz/books?id=oxvPXBZQGaMC