Zayniddinbobo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zayniddinbobo, Shayx Zay niddin bobo Koʻhi Orifon Toshkandiy (1164—1259, Toshkent) — shayx. Otasi Shayx Shahobiddin Abu Hafs Umar Suhravardiy Bagʻdodning katta mutasavviflaridan boʻlgan, suxravardiya tariqatini yaratgan. Oʻgʻli Zayniddinni Shosh (Toshkent)ga yuborgan. 3. hozirgi Koʻkcha dahasida hayot kechirgan va tasavvuf ilmi bilan shugʻullangan. Tarixiy manbalarda 3. "sayyidlarning ulugʻi va sharif kishilarning karomatlisi va buyugi", "oriflarning qutbi va ishonchli rahnamosi" deb taʼriflanadi. Amir Temur 1391—92 va 1402 y.lar 3. maqbarasini ziyorat qilgan va taʼmir ettirgan.

3. avlodlari "Shayx Zayniddin buva" qabristoni deb ataluvchi ziyoratgoh maskan yaqinida yashab keladi. Shoir Hislat, akademik Jorulla Fayzullayev, yozuvchi Najibbulo Habibullayev, navoiyshunos olim Hamid Sulaymon va b. ushbu shajara vakillaridir. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil