Hayvonlarni oʻrgatish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hayvonlarni oʻrgatish, dressirovka — hayvonlarning maʼlum bir uslub va muntazam ravishdagi mashqlar natijasida hamda shartli refleks yordamida oʻrgatuvchining muayyan signaliga javoban har xil hara-katlar bajarishiga asoslangan usul; sirk sanʼatining qad. janrlaridan biri. Oʻrgatilgan hayvonlar tomoshasi sirk maydoni yoki sahnada namo-yish etiladi.

H.oʻ. qadimdan maʼlum boʻlib, Xitoy, Hindiston, Qad. Misr, Yunoniston, Qad. Rim, Vizantiyada keng tarqalgan. Mas, Qad. Rimdagi "Kolizey" singari sirklarda yirtqich hayvonlar ishtirokida oʻyinlar uyushtirilgan. Oʻrta asrlarda Yevropa mamlakatlarida sayyoh aktyorlar — gistrion, jonglyor, buf-fon, skomoroxlar oʻrgatilgan yovvoyi va uy hayvonlari bilan yarmarkalardagi maydonlarda hamda koʻchma tomoshaxona — balaganlarda oʻyin koʻrsatishgan. 12-asrda avval Italiya, soʻng Yevropaning boshqa mamlakatlarida ot oʻrga-tish maktablari ochilib, chavandozlik va ot ustida akrobatika mashklari bajarish yoʻlga qoʻyildi.

18-asrning 2-yarmidan boshlab yirtqich hayvonlar tomoshasi maxsus qafas — vagonlarda namoyish etiladigan boʻldi. 19-asrning oʻrtalaridan oʻrgatilgan hayvonlar sirk maydonidan oʻrin oldi, sirk sanʼatining tarkibiy qismiga aylandi. 20-asrning oʻrtalaridan hayvonlar ijrosidagi tomoshalar koʻchma zootsirklarda ham koʻrsatila boshladi. Bu janrning rivojlaiishiga F.Astley (Angliya), L. Frankoni (Fransiya), K.Gagenbenk (Germaniya), Kni sulolasi (Shveysariya), V. va A.Durovlar, N.Gladilshikov,I.Bugrimova, V.Filatov (Rossiya), S.Isaakyan (Armaniston) va boshqa salmoqli hissa qoʻshishgan.

H.oʻ. bir necha usulga boʻlinadi. Ogʻriq sezgilarini aks ettiruvchi usul sirkda yirik hayvon va yirt-qichlarni oʻrgatishda qoʻllanadi.

Mexanik usulda ogʻriq sezgilarini aks ettirmay, qoʻzgʻovchilardan foydalaniladi. Bu usul qishloq xoʻjaligi hayvonlariga nisbatan qoʻllanadi. Taqlid usuli yosh hayvonning boshqa hayvonga taqlididan, yaʼni instinktga asoslanadi. H.oʻ.ning ragʻbatlantiruvchi usulida zarur malakalar (koʻproq natural ref-lekslar) ragʻbatlantirish (oziq-ovqat berish, erkalash, instinktlarni qondirish) bilan amalga oshiriladi. Hosil boʻlgan reflekslarni mustahkamlash uchun oʻrgatilgan hayvonlar muntazam ravishda mashq qildirib turiladi. Turli uy hayvonlaridan tortib yovvoyi hayvonlargacha oʻrgatiladi.

H.oʻ. oʻzbek sirkida ham qadimdan mavjud boʻlgan. Xalq sayillari va bayramlarida oʻrgatilgan ayiq, maymun, echki, ilon va boshqa hayvonlar hamda qushlar bilan tomoshalar koʻrsatilgan (qarang Ayiq oʻyin, Ilon oʻyin, Ot oʻyin).

Yozma manbalarga koʻra, Amir Temur saroyida turli ranglarga boʻyalgan fil, tuya, otlar ishtirokida tomoshalar koʻrsatilgan.

15-asrda tuya, echki va qushlar bilan Bobo Jamol ismli hayvon oʻrgatuvchi shuh-rat qozongan. 1828 yilda buxorolik hayvon oʻrgatuvchi Shokir Moskvada 11 tuya va 2 eshak ishtirokida tomosha koʻrsatgani maʼlum. 19-asrning 2-yarmida buxorolik Ikrom bobo oʻrgatilgan ayiq va 2 maymun bilan koʻrsatgan tomoshalari bilan shuhrat qozongan.

20-asrda H.oʻ. boʻyicha Rahmonovlar, Xoʻjayevlar, Zarifovlar sulolalari, Akrom Yusupov, Roman Belley, Ali-sher Toshkanboyev va boshqa tanilgan.

Hozirgi qunda yirtqich va ekzotik hayvonlar bilan Furqat Yunusov, Rustam Matchonov, Farhod Rajabov, Foziljon Egamberdiyev, Toʻlqin Galimovlar chiqishlar qilmoqdalar. 2002 yil Toshkentdagi "Sahnadagi sirk" birlashmasi qoshida "Zootsirk" oʻz faoliyatini boshladi. Unda dunyoning turli qitalaridan keltirilgan 20 dan ortiq hayvon va qushlar ishtirokida teatrlashtirilgan tomoshalar namoy-ish etilmokda. 2002 yil Toshkent sirki qoshida 1-xalqaro kuchuklar teatri faoliyat qoʻrsata boshlab, "Zolushka" spektaklini sahnalashtirdi.

Oʻrgatilgan ayiq, maymun, ilon va 6. hayvonlar ishtirokidagi oʻyinlar sirk guruhlarining dasturiga ham kiritilgan.

Poʻlat Toshkanboyev.