Harry Lewis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Harry Lewis
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Harry Charles John Lewis[1]
Tavallud sanasi 20-dekabr 1997-yil (1997-12-20) (26 yosh)
Tavallud joyi Shrewsbury, Angliya bayrogʻi Angliya
Boʻyi 6 ft 3 in (1.91 m)[2]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya Bradford City
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2015 Shrewsbury Town
2016-2017 Southampton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2022 Southampton 0 (0)
2017-2018Dundee United (ijara) 30 (0)
2022- Bradford City 9 (0)
Milliy terma jamoa
2014 England U18 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-sentyabr uchun)

Harry Charles John Lewis (1997-yil, 20-dekabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Ikkinchi liga vakili „Bradford City“ klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lewis Southampton akademiyasiga 2015-yilda Shrewsbery Town klubidan kelib qo‘shilgan[3]. Southampton U-23 jamoasida ajoyib taassurot qoldirgandan soʻng, Lewis „Southampton“ klubi safidagi professional debyutini 2017-yil, 7-yanvarda Angliya kubogi oʻyinida „Norwich City“ klubiga qarshi oʻtkazdi. U oʻyinda davomida penaltini oʻtkazib yubordi, natijada „Southampton“ klubi Carrow Roadda 2:2 hisobi bilan yakunlangan oʻyinda durangga imzo chekdi[4].

2017-yilning 14-iyulida u Shotlandiya chempionatining „Dundee United“ klubiga bir yillik ijara asosida qo‘shildi, shuningdek, „Southampton“ klubi bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi[5][6]. Besh kundan keyin u Shotlandiya liga kubogida Highland Football League klubi Buckie Thistle ustidan 3:0 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozondi[7]. U barcha musobaqalarda 39 ta oʻyinda maydonga tushib, Dundee United klubiga ligada uchinchi oʻrinni va pley-off yarim finaligacha yettib borishiga yordam berdi, yarim finalda Livingston klubi tomonidan umumiy 4:3 hisobida magʻlub etildi[8].

2022-yilning 16-mayida Lewis shartnomasi muddati tugagach, 2022-yilning 1-iyulida „Bradford City“ klubiga o‘tishi tasdiqlandi[9][10].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lewis Angliya U-18 terma jamoasini himoya qilgan. 2014-yil, 24-sentyabrda u Angliya U-18 terma jamoasidagi debyutini „Giovanni Chiggiato“ stadionida Italiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida darvozabon va jamoa sardor Freddie Woodmanni oʻrniga maydonga tushib o‘tkazdi[11].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lewis Shrewsbury Town va Stockport County klublari sobiq darvozaboni Ken Mulhearnning nabirasi[12].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil, 11-noyabr holatiga ko'ra[13]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Angliya Southampton U23 2016-17 3 0 3 0
2018-19 3 0 3 0
2019-20 2 0 2 0
2020-21 3 0 3 0
Jami 11 0 11 0
Angliya Southampton 2016-17 Premier League 0 0 3 0 0 0 3 0
2017-18 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0
2018-19 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0
2019-20 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0
2020-21 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 3 0 0 0 3 0
Shotlandiya Dundee United (ijara) 2017-18 Scottish Championship 30 0 2 0 4 0 3 0 39 0
Karyera jami 30 0 5 0 4 0 14 0 53 0

Maʼlumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Squads for 2016/17 Premier League confirmed“. Premierleague.com (2016-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 7-yanvar.
  2. „Harry Lewis“. Soccerbase. Qaraldi: 2019-yil 6-iyun.
  3. „Saints sign young goalkeeper Lewis“. Southampton F.C. (2015-yil 31-avgust). Qaraldi: 2017-yil 7-yanvar.
  4. „Norwich City 2–2 Southampton“. BBC Sport (2017-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 7-yanvar.
  5. „United secure Lewis“. Dundee United F. C. (2017-yil 14-iyul). Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
  6. „Lewis signs new deal and loaned to Dundee United“. Southampton F.C. (2017-yil 14-iyul). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyul.
  7. Cran, George. „Former Southampton man Harry has his sights set on Dundee United No 1 spot“. Evening Telegraph (2017-yil 22-iyul). Qaraldi: 2019-yil 16-avgust.
  8. McLauchlin, Brian. „Livingston 1–1 Dundee United“. BBC Sport (2018-yil 11-may). Qaraldi: 2019-yil 16-avgust.
  9. „Lewis to join Bradford“. Southampton FC (2022-yil 16-may). Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  10. „CITY SNAP UP SAINTS STOPPER“ (en-gb). www.bradfordcityfc.co.uk. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  11. „Young Lions downed by quick-fire Azzurrini double“. The Football Association (2014-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 30-yanvar.
  12. „Ken Mulhearn's so proud of Harry Lewis“. Shropshire Star (2015-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 12-yanvar.
  13. Harry Lewis Soccerway saytida. Qaralgan sana: 11 January 2017.