Harriet Walter
Harriet Walter | |
---|---|
Tavalludi |
Harriet Mary Walter 1950-yil 24-sentabr |
Fuqaroligi | ingliz |
Kasbi | Aktrissa |
Faoliyat yillari | 1974–yildan hozirgi kungacha |
Turmush oʻrtogʻi | Guy Paul |
Otasi | Roderick Walter |
Onasi | Xandra Carandini Lee |
Dame Harriet Mary Walter (1950-yil 24-sentabrda tugʻilgan) — ingliz aktrisasi. U „Laurence Olivier“ mukofotini, shuningdek, „Tony mukofoti“, uchta „Primetime Emmy“ mukofoti va „Screen Actors Guild“ mukofoti uchun koʻplab nominatsiyalarni qoʻlga kiritgan.
Walter oʻz karyerasini 1974-yilda boshlagan va 1986-yilda „Broadway“da debyut qilgan. „Royal Shakespeare Company“ning turli spektakllari, jumladan, „Twelfth Night“ (1987-88) va „Three Sisters“ (1988) filmlaridagi roli uchun uchun Olivier mukofotiga sazovor boʻldi. Walter 2005-yilda Londonda "Mary Stuart" filmidagi Elizabeth I roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida „Evening Standard“ mukofotini qoʻlga kiritdi va 2009-yilda „Broadway“da rolni takrorlaganida „Pyesadagi eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Tony mukofotiga sazovor boʻldi.
Walter „Sense and Sensibility“ (1995), „The Governess“ (1998), „Villa des Roses“ (2002), „Atonement“ (2007), „The Young Victoria“ (2009), „A Royal Affair“ (2012), „Star Wars: The Force Awakens“ (2015), „Denial“(2016), „The Sense of an Ending“ (2017), „Rocketman“ (2019) va Ridley Scottning „The Last Duel“ (2021) filmlarida, shuningdek, „Law & Order: UK“ (2009-2014) dramatik serialida Natalie Chandler rolini oʻynagan.
Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Walter Angliyaning London shahrida tugʻilgan. U britaniyalik aktyor Christopher Leening jiyani[1]. Otasi tomonidan Walter „The Times“ asoschisi John Walterning nevarasi[2]. Walter Cranborne Chase maktabida tahsil olgan. Universitet taʼlimini rad etganidan soʻng, u London musiqa va dramatik sanʼat akademiyasiga qabul qilinishidan oldin besh marotaba drama maktabi tomonidan rad etilgan[3].
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Walter o‘z faoliyati davomida Royal Shakespeare kompaniyasida ishlagan. Jumladan:"Nicholas Nickleby" (1980), „A Midsummer Nightʼs Dream“ (1981), „All’s Well That Ends Well“ (1981), „The Castle“ (1985), „Twelfth Night“ (1988) filmida Viola rolini, „Three Sisters“ (1988) filmida Masha rolini, „The Duchess of Malfi“ (1989), „Macbeth“ (1999) va „Much Ado about Nothing“ (2002) filmlarida rol ijro etgan.
1987-yilda Walter Royal Shakespeare kompaniyasining yordamchi rassomi etib tayinlangan. Uning teatrdagi faoliyati quyidagi sahna asarlarida oʻz ifodasini topgan: „Three Birds Alighting on a Field“ (1991), „Arcadia“ (1993), „Hedda Gabler“ (1996), „Ivanov“ (1997) va „Mary Stuart“ (2005).
1993-yilda Walter "Three Birds Alighting on a Field" filmida Biddy rolini oʻynadi va buning uchun u Drama Desk mukofoti nominatsiyasini oldi. 2009-yilda Walter Broadway sahnasiga qaytdi. 2014-yilda Walter „ Julius Caesar Off-Broadway“ spektaklida Brut rolini oʻynadi va oʻzining ikkinchi Drama Desk mukofoti nominatsiyasini oldi.
Walter, shuningdek, bir qancha taniqli xayriya tashkilotlarining homiysi;
Buyuk Britaniyadagi maktab o‘quvchilariga Shekspir asarini professional teatrlarda ijro etish imkonini beruvchi xayriya tashkiloti[4]
Chet eldagi mahbuslar, xorijda qamoqqa olingan britaniyaliklar va ularning oilalari farovonligini qo‘llab-quvvatlovchi xayriya tashkiloti
„Clean Break“ xayriya va teatr kompaniyasiga bag‘ishlangan tashkiloti. Bu kompaniya qamoqqa olingan ayollarning yashirin hikoyalarini baham koʻrish va jinoyatchi ayollarning hayotini oʻzgartirish uchun yordam beradi.
2019-yilning 19-avgustida Walter „BBC America and AMC“ serialining "Killing Eve" aktyorlari tarkibiga qoʻshilishi haqida xabar berdi[5].
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
1996-yildan 2004-yildagacha uning turmush oʻrtogʻi aktyor Peter Blythe edi[6]. 2009-yilda Walter aktyor Guy Paul bilan uchrashdi. Ular 2011-yil may oyida turmush qurishdi[7].
Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Film[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Kino nomlari | Rol | Eslatmalar |
---|---|---|---|
1984-yil | Reflections | Ottilie Garinger | |
1985-yil | The Good Father | Emmy Hooper | |
Turtle Diary | Harriet Simms | ||
1990-yil | May Fools | Lily | |
1993-yil | The Hour of the Pig | Jeannie Martin | |
1995-yil | Sense and Sensibility | Fanny Dashwood | |
1996-yil | The Leading Man | Liz Flett | |
1997-yil | Keep the Aspidistra Flying | Julia Comstock | |
1998-yil | Bedrooms and Hallways | Sybil | |
The Governess | missis Cavendish | ||
1999-yil | Onegin | Larina xonim | |
2002-yil | Villa des Roses | Olive Burrell | |
2003-yil | Bright Young Things | Ledy Meitland | |
2005-yil | Chromophobia | Penelope Aylesbury | |
2006-yil | Babel | Lilly | |
2007-yil | Atonement | Emily Tallis | |
2009-yil | Cheri | La Loupiote | |
The Young Victoria | Qirolicha Adelaida | ||
Morris: A Life with Bells On | Professor Compton Chemberlain | ||
From Time to Time | Dresham xonim | ||
2012-yil | A Royal Affair | Augusta of Saxe-Gotha | |
The Wedding Video | Alex | ||
2014-yil | Suite Française | Viscountess de Montmort | |
2015-yil | Man Up | Fran | |
Star Wars: The Force Awakens(Yulduzlar jangi:Kuchning uygʻonishi) | Kalonia | ||
2016-yil | Denial | Vera Reich | |
Mindhorn | Agent | ||
2017-yil | The Sense of an Ending | Margaret | |
2019-yil | Rocketman | Helena Piena | |
2020-yil | Herself | Peggy | |
2021-yil | The Last Duel | Nicole de Buchard |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Fox, Chloe. „The world of Harriet Walter, actress“. The Daily Telegraph (3-fevral 2007-yil). Qaraldi: 8-fevral 2021-yil.
- ↑ „News: Stationers celebrate Times links“. InPublishing (8-aprel 2011-yil). 11-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-fevral 2013-yil.
- ↑ Aida Edemariam. „Life's looking up, Dame Harriet“. The Guardian (15-yanvar 2011-yil).
- ↑ „Shakespeare Schools Foundation Patrons“. Shakespeare Schools Foundation. Shakespeare Schools Foundation. 11-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-iyul 2021-yil.
- ↑ Petski. „'Killing Eve': Harriet Walter & Danny Sapani Join Cast As Production Begins On Season 3“ (en). Deadline (19-avgust 2019-yil). 19-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-avgust 2019-yil.
- ↑ Shorter, Eric. „Obituary: Peter Blythe“. The Guardian (6-avgust 2004-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2010-yil.
- ↑ Culture. „Harriet Walter: 'Why I am getting married at 60'“. London: Telegraph (11-may 2011-yil). Qaraldi: 13-fevral 2013-yil.