Hanzala
Hanzala ibn Abu Omir (arab. ﺣﻨﻈﻠـة ﺍﺑﻦ ﺍﺑﻲ ﻋﺎﻣﺮ) (taxminan 601-625 yy.) Muhammad alayhissalomning sahobiylaridan biri boʻlgan[1]. U ansorlarning Banu Avs qabilasidan edi. Uning otasi Abu Omir nasroniy boʻlgan[2]. Hanzala endigina 24 yoshda ekanida, Uhud jangida mushriklarga qarshi kurashib halok boʻlgan[3]. Hanzala piyoda askar boʻlib, Abu Sufyon ibn Harbning otiga hujum qiladi. Ammo Abu Sufyonni Shaddod ibn al-Asvad qutqarib qoladi va keyin Hanzalani oʻldiradi[4][5].
Hanzala birinchi nikoh oqshomida rafiqasi Jamilani (Abdulloh ibn Ubayning qizi) uyda qoldirib, jihod chaqirigʻiga javob berish uchun jang maydoniga joʻnab ketgan va gʻusl olishga ham ulgurmagan edi. U jangda shahida boʻlgach, Muhammad sollallohu alayhi vasallam farishtalar Hanzalani yer bilan osmon oʻrtasida kumush idishlarda saqlangan chuchuk yomgʻir suvi bilan yuvayotganini koʻrganlar. Bu sharaf tufayli Hanzala “Gʻasil al-Maloika” (arabcha: غسيل الملائكة), ya’ni “farishtalar tomonidan yuvilgan kishi” unvoniga sazovor boʻlgan. Uning oʻgʻli Abdulloh ibn Hanzala Umaviylar xalifasi Yazid I ga qarshi Madina ahliga boshcilik qilgan[6][7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hazrat Hanzala (R.A)“. www.janathimessage.co.uk.
- ↑ „Hazrat Hanzala (R.A)“. www.janathimessage.co.uk.
- ↑ „Rights of Holy Prophet Muhammad (saw) on his followers (Rights of Rasoolullah), Last Prophet, Seal of the Prophets, Messenger of Allah“. www.ezsoftech.com.
- ↑ Christie, Dr Niall. The Book of the Jihad of 'Ali ibn Tahir al-Sulami (d. 1106): Text, Translation and Commentary. Ashgate Publishing, Ltd., 28-noyabr 2015-yil. ISBN 9780754667728.
- ↑ The History of al-Tabari Vol. 7: The Foundation of the Community: Muhammad At Al-Madina A.D. 622-626/Hijrah-4 A.H.. SUNY Press, 1-yanvar 1987-yil. ISBN 9780887063442.
- ↑ „Hanzala bin Abi 'Amir al-Rahib“. 21-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2015-yil.
- ↑ Faizer, Rizwi. The Life of Muhammad: Al-Waqidi's Kitab Al-Maghazi. Routledge, 5-sentabr 2013-yil. ISBN 9781136921148.