Lothar Matthaus
Lothar Herbert Matthaus (nemischa: Lothar Herbert Matthäus)—nemis futbolchisi,himoyachisi va yarim himoyachisi.U Germaniya terma jamoasida oʻynagan, terma jamoada oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi (150).1990-yilda u oʻz milliy jamoasini 1990-yilgi Jahon chempionatida gʻalaba qozonganidan soʻng Germaniya va Yevropaning eng yaxshi futbolchisi boʻldi.Oradan bir yil oʻtib u jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullanadi.Hozirda Germaniyaning Sky Sport telekanalida ekspert boʻlib ishlaydi.
Lothar Matthaus 5 ta jahon chempionatlarida qatnashgan[1](1982,1986,1990,1994,1998) Antonio Karbaxal,Janluiji Buffon va Rafael Markes[2]bilan birga toʻrt nafar futbolchidan biri.U jahon chempionatining final qismida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha ham rekordchi hisoblanadi (25 ta o‘yin).
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Matthaus 1961-yil 21-mart Bavariyaning Erlangen shahrida tugʻilgan.Faoliyatining boshida u libero pozitsiyasiga oʻtishdan oldin yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
U beshta jahon chempionatida (1982,1986,1990,1994,1998) qatnashgan boshqa futbolchilardan koʻra jahon chempionatlarining final qismida koʻproq oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi (25 oʻyin).U milliy terma jamoa safida 150 ta o‘yin o‘tkazgan.U 1980-yilgi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi.Shuningdek 1984,1988 va 2000-yilgi chempionatlarda qatnashdi.Yevropa chempionatlarining final qismidagi oʻyinlarning birinchi va oxirgi ishtiroki orasida 20 yil vaqt oʻtgan tarixdagi yagona futbolchi boʻldi.Matthaus Pele tomonidan tuzilgan FIFA 100 125 ta eng zoʻr futbolchi roʻyxatiga kiritilgan.
Uning professional faoliyati 1979-yilda Myonxengladbaxning "Borussiya" klubida boshlangan va u 1984-yilgacha oʻynagan.Matteus shuningdek "Bavariya" (1984-1988 va 1992-2000), " Inter " (1988-1992) (1989-yilda Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan) va 2000-yilda „MetroStars“da o‘ynagan.
Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
2010-yil 21-sentyabrda Bolgariya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma „1+2“ [3][4][5] sxemasi boʻyicha imzolandi.2011-yil 19-sentabrda u ketma-ket ikkita 1:6 hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng isteʼfoga chiqarildi[6].
Shahsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]
Matthaus besh marta turmush qurgan va ulardan toʻrt farzandi bor: qizlari Elis (1986-yilda tugʻilgan) va Viola (1988-yilda tugʻilgan) va oʻgʻillari Loris (1992-yilda tugʻilgan) va Milan (2014-yilda tugʻilgan)[7].Hozirda goh Germaniyada goh Vengriyada yashaydi[8].
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Bavariya"
- Germaniya chempioni-1985,1986, 1987,1994,1997,1999,2000
- Germaniya kubogi-1986,1998, 2000
- UEFA kubogi sohibi-1996
- Germaniya Superkubogi sohibi-1987
- Germaniya Ligasi kubogi sohibi-1997,1998,1999
"Inter"
- Italiya chempioni-1989
- Italiya Superkubogi sohibi-1989
- UEFA kubogi sohibi-1991
Germaniya terma jamoasi
Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Partizan"
Shaxsiy mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Oltin to'p“ sohibi (France Football)-1990
- "World Soccer" jurnali talqini bo'yicha eng yaxshi futbolchi-1990
- Onze Mondial talqini bo'yicha Yevropaning eng yaxshi futbolchisi-1990
- FIFA talqini bo'yicha eng yaxshi futbolchi-1991
- Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi-1990,1999
- UEFA maʼlumotlariga koʻra Yevropa chempionati natijalariga koʻra ramziy terma jamoaga kiritilgan-1988
- Jahon chempionatining ramziy terma jamoasiga kiritilgan-1990
- Jahon kubogi "Kumush to'p" sohibi-1990
- IFFHS talqini boʻyicha yilning eng yaxshi futbolchisi-1990[9]
- „Inter“ klubining Shon-sharaf zaliga kiritilgan
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan
- Golden Foot-2012 („Futbol afsonalari“ nominatsiyasida)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „CNNSI.com — 2002 World Cup — World Cup Hall of Fame: Antonio Carbajal — Wednesday May 08, 2002 10:46 PM“. Sportsillustrated.cnn.com (8-may 2002-yil). 27-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-oktabr 2012-yil.
- ↑ „Архивированная копия“. 7-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-fevral 2013-yil.
- ↑ „Лотар Матеус е новият селекционер на България“ (bg). Български футболен съюз (21-sentabr 2010-yil). 24-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-sentabr 2010-yil.
- ↑ „Новият треньор на Българския национален отбор“ (bg). Български футболен съюз (23-sentabr 2010-yil). 24-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-sentabr 2010-yil.
- ↑ „Lothar Matthäus wird Nationaltrainer von Bulgarien“ (de). Die offizielle Website von Lothar Matthäus (23-sentabr 2010-yil). 15-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-sentabr 2010-yil.
- ↑ „Маттеус уволен с должности главного тренера сборной Болгарии“. 27-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-sentabr 2011-yil.
- ↑ Karlsson, Emil „Matthäus har gift sig – igen“ (sv). Aftonbladet (5-yanvar 2009-yil). 19-yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-yanvar 2009-yil.
- ↑ „Четыре чемпиона мира — одно интервью“. 6-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-iyul 2018-yil.
- ↑ „IFFHS — The World’s best player“. 15-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-yanvar 2015-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Rasmiy sayt(olm.) )