Ibrohim Hamroboyevich Hamroboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hamroboyev Ibrohim Hamroboyevich (1920.05.05, hozirgi Qirgʻiziston Respublikasining Ush viloyati, Uzgan shahri — 2002.29.06, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1973), Oʻzbekistonda (1970) va qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Oʻrta Osiyo davlat universiteti geologiya fakultetini tugatgan (1942). Choruxdayron geol.-qidiruv parti-yasi va Pomir ekspe-ditsiyasida geolog (19421948); Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geol. va geofizika institutida katta ilmiy xodim (1947—49), laboratoriya va boʻlim mudiri (1949—2002), fan boʻyicha direktor oʻrinbosori (1958—1959), shu institut direktori (1960—1992) va konsultanti (1992—2002). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yer haqidagi fanlar boʻlimi raisi (1994—1996). Ilmiy ishlari, asosan, Oʻrta Osiyo magmatizmi, ayrim majmuali formatsiyalarning geokimyoviy va metallogenik xossalariga bagʻishlangan. 1950-yillarda Oʻrta Osiyoda oltin bilan margimushning uzviy paragenezisini aniqladi. Shu asosda yangi oltin konlari (Chormiton, Muruntov, Tom-ditov va boshqalar) topildi. H. oltinli ruda konlari hosil boʻlishida Yer ichki tuzilishining ahamiyati haqidagi gʻoyani rivojlantirdi, Oʻzbekistonda oltin va boshqa muhim rudalarni qazib chiqarish sanoatini rivojlantirish bilan shugʻullangan. Gʻarbiy Oʻzbekistonning metallogenik xaritasini tuzgan.

Xalqaro geologik kongresslar (Daniya — 1960, Hindiston — 1964, Fransiya — 1959, Chexoslovakiya — 1963, Norvegiya — 1966, Italiya — 1974) qatnashchisi. H. nomiga yangi topilgan mineral (hamroboyevit) qoʻyilgan. Geologiya va geofizika institutida H.ning xona muzeyi tashkil qilingan. Davlat mukofotlari (1960, 1966), Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1989). "Shuhrat" medali (1994) bilan muko-fotlangan.

Manbalar[tahrir]

  • Eksperimentalnoye modelirovaniye protsessov magmatogennogo porodo- i rudoob-razovaniya, T, 1976 (v soavtorstve); Petro-grafiya asoslari (darslik), T., 1964, 1984 (xam-mualliflikda); Priroda sloyev i granitsli-tosferi Sredney Azii, T, 1988 (v soavtor-stve); Evolyutsiya magmatizma v Sredney Azii, M., 1986 (v soavtorstve); Magmaticheskiye, metasomaticheskiye formatsii i svyazannme s nimi orudeneniya, T., 2005.

Adabiyot[tahrir]

  • K 85-letiyu akademika I.X. Xamrabayeva. Vospominaniya, T., 2005.