Hamro Ergashev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hamro Ergashev
Tavalludi 1911-yil
Vafoti nomʼalum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi qishloq xoʻjaligi xodimi
Unvoni
Mukofotlari

Hamro Ergashev (1911-yil, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — vafot sanasi nomaʼlum, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) –Samarqand viloyati, Past Dargʻom tumani Chkalov nomidagi, Karl Marks nomidagi kolxozlar brigadiri. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957).

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamro Ergashev 1911-yilda Samarqand uyzedidagi qishloq aholi punktlaridan birida (hozirgi Past Dargʻom tumani) tugʻilgan[1][2]. Kollektivlashtirishdan oldin Hamro Ergashev xususiy qishloq xoʻjaligida ishlagan. 1943-yil aprel oyida Qizil Armiya safiga harbiy xizmatga chaqirildi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 306-oʻqchi diviziyasi tarkibida jang qilgan[2]. Harbiy xizmatni oʻtab boʻlgach, oʻz vataniga qaytib, Past Dargʻom tumanida Chkalov nomidagi kolxozda paxtachilik brigadasi boshligʻi boʻlib ishlay boshladi. Urushdan keyingi birinchi besh yillik (19461950) davrida koʻrsatgan natijalari uchun Hamro Ergashev ikki marta „Shavkatli mehnat uchun“ medali bilan taqdirlangan. 1956-yilda Past Dargʻom tumani qishloq xoʻjaligi jamoalari paxta xomashyosidan yuqori hosil yigʻib oldilar. Bunga hissa qoʻshganlar orasida brigadir Hamro Ergashev ham boʻlgan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining „Oʻzbekiston SSR kolxozchilari, mashina-traktor stansiyalari, sovxozlari, partiya va sovet xodimlariga Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvonini berish toʻgʻrisida“gi farmoni asosida 1957-yil 11-yanvarda „Sovet paxtachiligini rivojlantirish, gʻoʻza yetishtirishda ilm-fan yutuqlari va ilgʻor tajribani keng tatbiq etish, paxta xomashyosidan yuqori va barqaror hosil olishda erishgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun“ Hamro Ergashev Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan mukofotlangan[3][4]. Keyinchalik Past Dargʻom tumanidagi Karl Marks nomidagi kolxozda pesniyaga chiqquncha brigadir boʻlib ishlay boshlagan[1]. Pensiyaga chiqqanidan keyin Hamro Ergashev Past Dargʻom tumanida yashagan. Vafot etgan sanasi nomaʼlum[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1957-yil 11-yanvarda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va Lenin ordeni, 2 marotaba „Shavkatli mehnat uchun“ medali (1949-yil 18-may; 1951-yil 7-may), shuningdek, VDNX medali bilan mukofotlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Сергей Кузоватов. „Иргашев Хамра“ (rus tilida). 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Иргашев Хамра“ (rus tilida). 2023-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.
  3. Rasul Yoʻldoshev, Toji Yusupov. Yurt chinori edi u. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2009 — 80 bet. 
  4. „Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Социалистического Труда колхозникам, колхозницам, работникам машинно-тракторных станций, совхозов, партийным и советским работникам Узбекской ССР“ (rus tilida). 2018-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.