Haj: Jannat onalar oyog‘i ostida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Haj: Jannat onalar oyog‘i ostida
Бейиш - эненин таманында
Rejissyor(lar) Ruslan Akun
Prodyuser(lar) Tug‘ulbay Qo‘ychiev
Ssenariynavis(lar)

Ruslan Anun

[1][2]
Rollarda Emil Esenaliyev
Anorqul Nazarqulova
Bolot Tentimishov[1][2]
Bastakor(lar) Irisbek Usmonov
Operator(lar) Qanibek Kalmatov
Studiya(lar) «AVK`PRO»
Chiqarilgan sanasi Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston: 2024-yil, 1-mart
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston: 2024-yil, 21-mart[3]
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston: 2024-yil, 11-aprel
Rossiya bayrogʻi Rossiya  : 2024-yil, 11-aprel[4]
Olmoniya bayrogʻi Germaniya: 2024-yil, 26-aprel[5]
Davomiyligi 140 daqiqa
Mamlakat Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston[1]
Til qirgʻizcha
Byudjeti Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston - 1 milliard tenge[6]
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston - 3 339 047 200 soʻm[7]

“Haj: Jannat onalar oyogʻi ostida” — 2024-yil taqdim etilgan Qirgʻiziston badiiy filmi.

Film syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film aqliy rivojlanishi sakkiz yoshli bola darajasida bo‘lgan 35 yoshli Odilning hayratlanarli hikoyasiga asoslangan. Odil kichik bir qishloqda 75 yoshli onasi Rayxon opa bilan yashaydi. Rayhon opa Odilga Xudo uni shunchalar sevishini, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jannatga kirishini aytadi. Ammo Odil onasisiz jannatga borishni istamaydi. Bir kuni sakkiz yoshli do‘sti Samir unga onasini Makkaga yayov olib borsa, onasining jannatga kirishini aytadi. Odil ajoyib sayohatga borishga qaror qiladi. Onasini Makkaga piyoda olib borishga bel bog‘laydi. Rayhon opa o‘g‘li Odilning ustidan kulishlaridan qo‘rqib, safarga rozi bo‘ladi. Ushbu hayajonli sayohat davomida Odil va Rayxon opa ko‘p sinovlardan o‘tadilar, yo‘lda ko‘plab mehribon insonlar bilan uchrashadilar. Film onaning o‘g‘liga mehri cheksiz ekanligini, millatidan qat’iy nazar, insoniyat onaning qiyinchiliklarini yengish uchun hech narsani ayamasligini yana bir karra isbotlaydi[8][9][10] .

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Odil rolida – Emil Esenaliyev
  • Rayxon opa rolida – Anorqul Nazarqulova
  • Bolot Tentimishov[11]

Kinoteatrlardagi namoyish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmning kinoteatrlardagi namoyishi O‘zbekistonda 2024-yil 11-apreldan boshlanadi. Film Toshkentning 7 ta kinoteatrida, 7 kun ichida 50 ta seansda ko‘rsatilib, 1 308 647 350 so‘m mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek ikkinchi hafta 16 ta kinoteatrlarda har kuni 100 ta seansda namoyish etilib, 3 339 047 200 so‘m mablag‘ yig‘di[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Jannat onalar oyog'i ostida“. https://www.afisha.uz. Afisha.uz. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  2. 2,0 2,1 „Jannat onalar oyog'i ostida“. https://itv.uz. iTV. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  3. „«Пейіш. Жұмақ ананың табанының астында» фильмі жарыққа шығады“ (kk). Qazaqstan.tv. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
  4. „«Рай под ногами матерей» — большой шаг для мусульманского кино“ (ru). Татар информ. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
  5. „В Берлине состоялся показ фильма «Рай под ногами матерей»“ (ru). Kabar.kg. Qaraldi: 2024-yil 29-aprel.
  6. „Киргизский фильм «Рай – под ногами матери» выходит в прокат в России“ (ru). Большая Азия. Qaraldi: 2024-yil 10-aprel.
  7. „«Jannat onalar oyog'i ostida»“.
  8. „"Бейиш эненин таманында" тасмасы Россияда кеңири прокатка чыгат“. Sputnik.kg. Qaraldi: 2024-yil 10-aprel.
  9. „"Пейіш. Жұмақ ананың табанының астында" фильмі қазақстандық көрермендерге жол тартты“ (kk). Nur.kz. Qaraldi: 2024-yil 21-mart.
  10. „Фильм «Пейіш. Жұмақ ананың табанының астында» заработал в прокате миллиард тенге“ (ru). Mc.kz. Qaraldi: 2024-yil 5-aprel.
  11. „«Пейіш. Жұмақ ананың табанының астында»“ (ru). Ticketon.kz.
  12. „«Jannat onalar oyog'i ostida»“.