Gʻarbiy Qozogʻiston (viloyat)
viloyat | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Oʻral |
Asos solingan sanasi | 1868-yil |
Akim | Noʻgʻayev Nurlan Asqarovich |
Aholi (2012) |
614 280 kishi[1] (4,0 % , (13-oʻrin) |
Zichligi | 4,06 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar - 71,43 % ruslar - 22,44 % ukrainlar - 2,39 % tatarlar - 1,45 % [2] |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar |
Maydoni | 151 339 km² (5,6 %, 8-oʻrin) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 711х xx-xx-xx |
Pochta indeksi | 09xxxx |
Avtomobil raqami kodi | L,07 |
Rasmiy sayti | http://www.westkaz.kz/ |
Xaritada | |
51°14′0″N 51°22′0″E / 51.23333°N 51.36667°E |
Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati — Qozogʻistonning shimoliy-gʻarbida joylashgan hudud. Sharq tomonidan Aqtoʻbe, janubida Atirau viloyatlari bilan, gʻarbida Rossiyaning Astraxan, Volgograd, Shimoliy-gʻarbida Saratov, Samara, Shimoliy tarafidan Orenburg viloyatlari bilan chegaradosh.
Viloyat 1932-yili 10-martda Oʻral viloyati boʻlib tashkil topgan. 1996-yildan buyon Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati boʻlib nomlanib kelmoqda. Hududi 151,3 ming km2, aholisi 614 280 kishi (2012). Markazi — Oʻral shahri.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyat aholisining soni 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 614 280 kishi. Viloyat aholisi koʻp millatli hisoblanadi, viloyatning milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin.
Aholi soni 1989-yiligi |
% | Aholi soni 1999-yiligi |
% | Aholi soni 2010-yiligi |
% | |
---|---|---|---|---|---|---|
umumiy | 629494 | 100,00 % | 616800 | 100,00 % | 624280 | 100,00 % |
Qozoqlar | 351123 | 55,78 % | 399030 | 64,69 % | 445937 | 71,43 % |
Ruslar | 216514 | 34,39 % | 174018 | 28,21 % | 140096 | 22,44 % |
Ukrainlar | 28092 | 4,46 % | 19634 | 3,18 % | 14900 | 2,39 % |
Tatarlar | 12703 | 2,02 % | 10104 | 1,64 % | 9039 | 1,45 % |
Beloruslar | 5112 | 0,81 % | 3577 | 0,58 % | 2691 | 0,43 % |
Chechenlar | 1303 | 0,21 % | 714 | 0,12 % | 1695 | 0,27 % |
Olmonlar | 4550 | 0,72 % | 2434 | 0,39 % | 1496 | 0,24 % |
Ozarbayjonlar | 847 | 0,13 % | 940 | 0,15 % | 1200 | 0,19 % |
Koreyslar | 631 | 0,10 % | 731 | 0,12 % | 801 | 0,13 % |
Mordvalar | 1883 | 0,30 % | 1090 | 0,18 % | 663 | 0,11 % |
boshqalar | 6736 | 1,07 % | 4528 | 0,73 % | 5762 | 0,92 % |
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati hududining aksar qismi Kaspiy yaqinidagi tekislikning shimolida joylashgan. Hududi, asosan, qumli dala-dashtlar bilan shoʻr erlar almashib yotgan tekislik boʻlib keladi[5]. Hududning dengiz sathidan balandligi 10 — 25 metrdan yuqori emas. Dengiz sathidan eng baland choʻqqisi 259 m Eshki togʻi[6].
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyatning iqlimi kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq keladi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −11 — 14 °C, ayrim vaqtlarda —40 °C-gacha pasayadi, iyul oyining oʻrtacha yillik harorati 22 — 25 °C, bir hilda 40 °C gacha yuqorilaydi. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 190 (janubida) — 350 mm (shimolida).
Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyatning tumanlari:
- Aqjayiq tumani,
- Boʻkeyoʻrda tumani,
- Boʻrli tumani,
- Janaqala tumani,
- Janibek tumani,
- Zelenov tumani,
- Kaztalov tumani, markazi — Kaztalovka qishlogʻi
- Qaratoʻbe tumani,
- Sirim tumani,
- Tasqala tumani,
- Terekti tumani,
- Shingʻirtov tumani,
Hayvonot dunyosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining toʻqayli-oʻrmonli vodiylarida bulan, elik, daryolar yoqasidagi qilin qamishlar orasida toʻngʻiz, janubidagi qumli tomonida tulki, qashqir, quyon, qunduz, boʻrsiq va boshqa hayvonlar yashashadi. Viloyatda qushlarning koʻplab turlari (oqqush, gʻozlar, turna, birqozon, qargʻalar va boshqa qushlar uchraydi. Daryo va koʻllari baliqqa boy.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам, 2013-01-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-10-13
- ↑ Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-03
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-03
- ↑ Таскалинский район на официальном сайте акимата Западно-Казахстанской области, 2007-11-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-02
- ↑ [О регионе на сайте акимата Западно-Казахстанской области http://westkaz.kz/?section=14&action=&lang=ru (Wayback Machine saytida 2010-02-10 sanasida arxivlangan)]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Gʻarbiy Qozogʻiston (viloyat) haqida turkum mavjud |
- Официальный сайт Акима Западно-Казахстанской области (Wayback Machine saytida 2010-01-27 sanasida arxivlangan)
- Официальный сайт г. Уральск (Wayback Machine saytida 2010-01-24 sanasida arxivlangan)
- Экономика Западно-Казахстанской области
- Уральская область в Российской империи