Gwen Ffrangcon-Davies
Dame Gwen Ffrangcon-Davies | |
---|---|
Gwen Ffrangcon-Davies 1928-yil 27-iyunda | |
Tavalludi |
Gwen Lucy Ffrangcon-Davies 25-yanvar 1891-yil |
Vafoti |
27-yanvar 1992-yil (101 yoshda) Halstead, Essex, Angliya |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1911–1991 |
Dame Gwen Lucy Ffrangcon-Davies (1891-yil 25-yanvar, London, Angliya – 1992-yil 27-yanvar, Halstead, Essex, Angliya) – asosan teatr va televideniye, shuningdek radio va kino sohasida ham faoliyat olib borgan britaniyalik aktrisa. U aktrisa sifatida soʻnggi marta 1991-yilda oʻzining yuz yillik yubiley rolini ijro etgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gwen Ffrangcon-Davies 1891-yil 25-yanvarda Angliyaning London shahrida Uelsdan koʻchib kelgan oilada tugʻilgan. Ismidagi „Ffrangcon“ nomi Snoudoniya vodiysidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Uning ota-onasi opera baritoni David Ffrangcon-Davies (tugʻilgan paytidagi ismi: David Thomas Davies) va Annie Francis Rayner edi.
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ffrangcon-Davies oʻzining sahna debyutini 1911-yilda ham qoʻshiqchi sifatida, ham aktrisa sifatida qildi. Butun faoliyati davomida Ellen Terry uni qoʻllab-quvvatlab turgan. 1924-yilda u va John Gielgud birga Romeo hamda Juliet rollarini ijro etishdi[1]. Keyin esa 1934-yilda „Richard of Bordeaux“ pyesasida qirolicha Anna rolini oʻynadi. 1925-yilda Ffrangcon-Davies „Tess of d’Urbervilles“ romanining sahnalashtirilgan versiyasida Tess rolini ijro etdi[2].
1938-yilda Ffrangcon-Davies Ivor Novello bilan „Henry V“ spektaklida birga chiqish qilishdi. Oʻsha yilning oxirida u Patrick Hamiltonning „Gas Light“ nomli spektaklida Mrs. Manningham rolini ijro etdi. Ffrangcon-Davies 1942-yilda John Gielgudning „Macbeth“ spektaklida deyarli butun bir yil davomida Lady Macbeth rolini oʻynadi. U 1958-yilda „Long Day’s Journey Into Night“ pyesasidagi Mary Tyrone roli uchun Evening Standard mukofotini qoʻlga kiritdi[3].
Ffrangcon-Davies 1970-yilda teatrdan nafaqaga chiqdi, lekin radio va televideniyeda chiqish qilishda davom etdi. 1990-yil Rojdestvo kunida, 99 yoshga toʻlishidan bir oy oldin BBC radiosida efirga uzatilgan „With Great Pleasure“ shousida ishtirok etdi. 1980-yilda u „Wogan“ nomli suhbat asosida olib boriladigan shouda ishtirok etdi, shouda u Julietning mashhur oʻlim sahnasini soʻzma-soʻz aytib berdi[4].
U oʻzining soʻnggi rolini „The Case-Book of Sherlock Holmes“ serialining „The Master Blackmailer at the age of 100“ epizodida ijro etdi. Serialda u Dowager rolini oʻynadi. U bu roli uchun Ginnesning rekordlar kitobiga „Eng keksa ijrochi (Buyuk Britaniya)“ yoʻnalishida kiritildi[5]. Uning rol ijro etgan filmlar orasida „The Witches“ (1966) va „The Devil Rides Out“ (1968) nomli harror janridagi dramalar ham bor[6][7]. Ikkala film ham Hammer Film Productions studiyasi tomonidan suratga olingan.
Shaxsiy hayoti va oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ffrangcon-Davies 1991-yilda, 100 yoshga toʻlganida Britaniya Imperiyasining Dame Commander ordeni bilan taqdirlandi. U 2017-yilda hamkasbi aktrisa Olivia de Havilland ham ushbu unvonini olgunga qadar bu sharafga ega boʻlgan eng keksa ayol edi.[8]. Ffrangcon-Davies 1992-yil 27-yanvarda, 101 yoshga toʻlganidan ikki kun oʻtib va uning soʻnggi aktyorlik roli namoyish etilgandan bir oy oʻtib vafot etdi[5].
Ffrangcon-Davies BBC Radio 4 radiokanali orqali taqdim etiladigan „Desert Island Discs“ loyihasida ikki marotaba chiqish qildi. Birinchisi 1962-yil 8-oktabrda efirga uzatilgan boʻlsa, ikkinchisi 1988-yil 19-iyunda tinglovchilar etiboriga havola etildi[9][10] .
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nom | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
1936 | Tudor Rose | Mary Tudor | |
1940 | Busmanʼs Honeymoon | Ayol | Aniq emas |
1956 | Paul Krüger | Queen Victoria | |
1966 | The Witches | Granny Rigg | |
1968 | The Devil Rides Out | Countess | |
1970 | Leo the Last | Hilda |
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Martial Rose, Forever Juliet: the Life and Letters of Gwen Ffrangcon-Davies 1891–1992 (2003)
- Helen Grime Gwen Ffrangcon-Davies, Twentieth-Century Actress London: Routledge, 2015 ISBN 9781848933194
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Gielgud: A Theatrical Life 1904–2000" by Jonathan Croall
- ↑ Millgate, Michael. Thomas Hardy, a biography revisited. Oxford: Oxford University Press, 2004 — 517-bet. ISBN 9780199275663.
- ↑ Rose, Martial. Forever Juliet: the life and letters of Gwen Ffrangcon-Davies, 1891-1992. Dereham, England: Larks Press, 2003 — 155-bet. ISBN 9781904006121.
- ↑ Walker, Tim „Tim Walker on Gwen Ffrangcon-Davies, the actress who made the Queen tearful“ (en-UK). The New European (2020-yil 21-sentyabr). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-iyun.
- ↑ 5,0 5,1 The New Guinness book of records, 1996, Norris McWhirter (founding editor) Peter Matthews: , Enfield: Guinness Pub, 1995 — 155-bet. ISBN 0-85112-646-4. OCLC 33486454.
- ↑ „The Witches“ (en-GB). Hammer Films. 2023-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-iyun.
- ↑ „The Devil Rides Out“ (en-GB). Hammer Films. 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-iyun.
- ↑ „Olivia de Havilland on Becoming the Oldest Person to Be Named a Dame: I'm 'Extremely Proud'“ (en-US). People (2017-yil 17-iyun). Qaraldi: 2017-yil 18-iyun.
- ↑ Gwen Ffrangcon-Davies; Desert Island Discs 1962; BBC
- ↑ Gwen Ffrangcon-Davies; Desert Island Discs 1988; BBC
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Gwen Ffrangcon-Davies haqida turkum mavjud |
Andoza:Eng yaxshi aktrisa uchun beriladigan Evening Standard teatr mukofoti sohibalari