Gulmat Haytmetov
Gulmat Haytmetov | |
---|---|
Tavalludi |
1-avgust 1949-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | fermer |
Turmush oʻrtogʻi | Bozorgul Haytmetova |
Mukofotlari |
Gulmat Haytmetov (1961-yil 14-avgust, Gurlan tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi) – fermer, „Mehnat shuhrati ordeni“, „Shuhrat“ medali va „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni sohibi.
Hayoti va mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1949-yil 1-avgustda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Xorazm viloyatining Gurlan tumani Vazir qishlogʻi (hozir Gurlan tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston Respublikasi) da Haytmet Eshmetov va Gulposhsha Eshmetovalar oilasida tavallud topgan[1].
Mehnat faoliyatini 1966-yildan Gurlan tumanidagi jamoa xoʻjaliklaridan birida boshlangan. 1967—1971-yillarda „Xorazmsuvqurilish“ trestining koʻchma mexanizatsiyalashgan kollonnasida mexanizator, 1971—2000-yillarda „Dehqonobod“ jamoa xoʻjaligida agronom, brigada boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan[1].
1985-yilda Toshkent davlat qishloq xoʻjaligi institutini sirtdan tamomlagan.
1993-yili „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor“ unvoni bilan taqdirlagan[1].
2000—2012-yillarda jamoa xoʻjaliklari, bir nechta fermer xoʻjaliklarida faoliyat olib borgan.
1995-yilda „Mehnat shuhrati ordeni“, 2003-yili „Shuhrat“ medali va 2006-yili „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan[2] taqdirlangan.
2012-yilda nafaqaga chiqqan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali. Turmush oʻrtogʻi – Bozorgul Haytmetova (vafot etgan). Yetti nafar farzandi bor[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. 1993-yili „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor“ unvoni,
2. 1995-yil – „Mehnat shuhrati ordeni“,
3. 2006-yil – Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi uzoq yillik qahramonona mehnati, xalqimizning bebaho madaniy-maʼnaviy merosini saqlash va rivojlantirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida, har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi uchun – „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni[2].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 124.
- ↑ 2,0 2,1 „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 25.08.2006 yildagi PF-3789-son“. Lex.uz (2006-yil 25-avgust). Qaraldi: 28-dekabr 2023-yil.
- ↑ Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 125.