Guljahon Jumanazarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guljahon Umirzoqovna Jumanazarova
Tavalludi 21-dekabr 1980-yil (1980-12-21) (43 yosh)
Baxmal tumani, Jizzax viloyati Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi filolog
Sohasi filologiya
Taʼlimi Jizzax davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi filologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Guljahon Umirzoqovna Jumanazarova (1980-yil 21-dekabr, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, filologiya fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guljahon Jumanazarova 1980-yil 21-dekabr Baxmal tumanida tugʻilgan[1][2]. 1998—2004-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida bakalavr, 2004—2006-yillarda shu institutning oʻzbek tili yoʻnalishi boʻyicha magistratura, 2007—2009-yillarda oʻzbek tili yoʻnalishi boʻyicha aspiranturasida tahsil olgan. 2001—2004-yillarda ushbu institutning boshlangʻich taʼlim til va adabiyoti kafedrasi laboranti, 2005—2006-yillarda boshlangʻich taʼlim uslubiyati kafedrasi oʻqituvchisi, 2009—2010-yillarda kafedra katta oʻqituvchisi, 2010—2017-yillarda shu kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2017—2018-yillarda boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri vazifasida ishlagan. 2018-yildan boshlangʻich taʼlim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda „Shirin bilan Shakar“ dostonining lugʻaviy va lingvopoetik xususiyatlari (Fozil Yoʻldosh oʻgʻli varianti asosida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2017-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida „Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li dostonlari tilining lingvopoetikasi (leksik-semantik, lingvostilistik va lingvostatistik tahlil)“ mavzusida doktrorlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan[2]. 2019-yil 26-dekabrda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 200 ta ilmiy ishlar, jumladan 10 ta tadqiqot-lug‘at, 3 ta izohli lug‘at, 1 ta elektron lug‘at, 12 ta monografiya 3 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta risola muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 
  2. 2,0 2,1 „OLIMALAR KLUBI“.

Andoza:OʻTOE