Guliqahqah pari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guliqahqah pari - turkiy xalqlar sehrli-fantastik ertaklarida keng tarqalgan afsonaviy-mifologik obraz. Ertaklarda tasvirlanishicha, G. p. Koʻhiqof togʻida, Eram bogʻida yashaydi va turli qiyofalarda uchib boradi. G. p. ning boshqa parilardan farqli tomoni, u qah-qah urib kulganida ogʻzidan gullolalar sochiladi. U nihoyatda goʻzal, aqlli, donishmand, ishbilarmon, moʻʼjizalar yaratishga qodir, hatto turli kasalliklarni ham davolay oladi. Ertaklar qahramonlari podsho va b. kuchlarning G. p.ni keltirish yoki uning gulidan bahramand etish shartini bajarishda ogʻir, qiyin sarguzashtlarni boshidan kechiradi, turli toʻsiklarni yengib, afsonaviy makondan G. p.ni yoki uning gulidan olib kaytadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil