Pari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pari – Sharq xalqlari folklorlarida keng tarkalgan mifologik obraz; maʼshuqa timsolining ideallashgan shakli; goʻzallik ramzi. Dastlab „Avesto“da payrika shaklida uchraydi. Rivoyatlarga koʻra, P.lar Koʻhi Qof togʻi yaqinidagi Eram bogʻida yashaganlar, oʻz shohi va saltanatiga ega boʻlishgan, ularni gʻayritabiiy kuchlar – devlar qoʻriqlagan. Ertaklarda P. nihoyatda goʻzal, aqlli, donishmand, latofat va nazokat egasi sifatida taʼriflangan. U sehrli xususiyatlarga ega boʻlib, oʻrni kelganda turli qiyofaga kira ola-di, oʻzining adolatli harakati, toʻgʻri va aniq maslahatlari bilan qahramon gʻalabasiga imkon yaratadi („Oypari“, „Guliqahqahpari“, „Xurshid bilan Laylo“, „Odilbek bilan Xurram“ kabi). „Goʻroʻgʻli“ turkumi dostonlarida P. va-fodor ayol, doʻst, maslahatgoʻy, aqlu farosatda, jasoratda va obroʻda koʻpincha erkaklardan ham qolishmaydigan, ular bilan birga jangga kirib, qahramonlik koʻrsata oladigan obraz sifatida tasvirlangan. Folklor asarlarida P.lar xayoti orkali inson turmushining ideal manzaralari aks etgan. P. obrazi mumtoz adabiyotda ham koʻp uchraydi (mas, Alisher Navoiy gʻazallarida).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Afzalov M. I., Uzbek xalk, ertaklari haqida, T., 1964; Razzoqov H. va boshqa, Uzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi. T., 1980.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil