Guliob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guliob
Tavsif
Uzunligi 27
Davlat Oʻzbekiston


Guliob — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy. Surxondaryoni tashkil etuvchi Toʻpolondaryoning chap irmogʻi. Hisor tizmasining jan. yon bagʻirlaridagi past togʻ va adirlardagi buloqlardan boshlanuvchi 9 ta irmoqning qoʻshilishidan qosil boʻladi. Uzunligi 27 km, havzasining mayd. 60 km2. Qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Suvining 70—80% mart—iyunda oqib oʻtadi. Bu vaqtda suv sarfi 13,5 m3/sek ga yetadi. Kam suvli davrida quyi qismida G. oʻzani koʻpincha quruq boʻladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 190 l/sek. G.dan Guliob, Gazarak qishloqlari yerlari sugʻoriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil