Gulchehra Jamilova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Gulchehra Jamilova
Tugʻilishi 2-iyul 1946 (1946-07-02) (73 yosh)
Mukofotlari Fidokorona xizmatlari uchun ordeniOrder badge of honor rib.png

Gulchehra Mannonovna Jamilova (1946.2.7, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Oʻzbekiston xoreografiya bilim yurtini (1964), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini (1968) tugatgan. Ijodiy faoliyatini "Bahor" davlat xalq raqs ansamblida raqqosalikdan boshlagan. 1966 yildan hozirgi Oʻzbekiston milliy akademik drama teatrining aktrisasi (1987—91 yillar Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida ishlagan). J. ijodining boshlanish davridayoq Silviya ("Veronalik ikki yigit"), Aqiqa ("Qonli sarob"), kinoda Kumush ("Oʻtgan kunlar") rollarini ijro etib, begʻubor yoshlikka xos maftunkor chiroy, pokiza orzu va intilish hissiyotlariyu, mushkul qismatning fojiali tugʻyonlarini tabiiy va taʼsirchan vositalar bilan tasvirladi. Teatrdagi eng yaxshi rollari: Feruza ("Mirzo Ulugʻbek"), Gulsanam ("Abu Rayhon Beruniy"), Ozoda ("Imon"), Shakuntala ("Yoʻqolgan uzuk"), Gulchehra ("Koʻrmayin bosdim tikonni"), Kamola ("Gang daryosining qizi"), Jamila ("Boy ila xizmatchi"), Zebunniso ("Zebunniso"), Dezdemona ("Otello"), Oysara ("Alla"), Nodirabegim ("Figʻon"), Bibixonim ("Sohibqiron") va b. Aktrisa kinoda ham bir qancha rollar ijro etgan: Gulchehra ("Qalbingda quyosh"), Giri ("Nur va soyalar"), Manzura ("Shiddat"), Gulnora ("Ehtiros qurbonlari"), Malkane ("Sevgi afsonasi"), Oftoboyim ("Oʻtgan kunlar") kabilar shular jumlasidan. Shuningdek, videofilmlar (Aziza, "Imon"; Xadicha, "Soʻnggi oʻq"; Manzura, "Shaytanat"), telefilmlar (Zulayho, "Toʻlqinlar"; Farida, "Kunda izgʻirin" va boshqalar)da ham qismati, tabiati, yoshi bir-biriga oʻxshamagan badiiy obrazlar olamini yaratdi.[1][2]

Manbalar[tahrir]