Guillermo Ochoa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Francisco Guillermo Ochoa Magaña (talaffuzi: Fransisko Gilermo Ochoa Magaña; 1985-yil 13-iyunda Meksikada tugʻilgan) — meksikalik futbolchi, „América“ futbol klubi darvozaboni va sardori hamda Meksika terma jamoasi vitse-sardori.

Guillermo Ochoa
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Francisco Guillermo Ochoa Magaña
Tavallud sanasi 13-iyul 1985-yil (1985-07-13) (38 yosh)
Tavallud joyi Guadalajara, Meksika
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
América
Raqami 13
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2011 América 239 (0)
2004 → San Luis (ijara) 1 (0)
2011—2014 Ajaccio 112 (0)
2014—2017 Málaga 11 (0)
2016—2017 → Granada (ijara) 38 (0)
2017—2019 Standard Liège 78 (0)
2019— América 118 (0)
Milliy terma jamoa
2004 Meksika U23 6 (0)
2005— Meksika 132 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 22-oktyabr uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guillermo Ochoa Meksikaning „América“ futbol klubi safida 2004-yilda „Monterrey“ futbol klubiga qarshi Meksika chempionatida debyut qilgan. Guillermo Ochoa 2005-yilda oʻzining birinchi chempionligini qoʻlga kiritgan va 2011-yilgacha Amerikaning asosiy darvozaboni boʻlgan. Guillermo Ochoa klub uchun barcha musobaqalarda 300 ga yaqin oʻyin oʻtkazgan. 2011-yilning yozida u fransuzlarning „Ajaccio“ jamoasiga oʻtgan. Guillermo Ochoa jamoada uch mavsum oʻynagan, shundan soʻng „Ajaccio“ 2014-yilda Ligani tark etgan va klubning darvozabon bilan shartnomasini tugatgan.

2005-yildan Meksika terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Guillermo Ochoa milliy terma jamoadagi ilk oʻyinini Vengriya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan va u 2:0 hisobida meksikaliklar foydasiga hal boʻlgan.

2004-yilda Meksika Olimpiya terma jamoasi tarkibida Guillermo Ochoa Afina Olimpiadasida ishtirok etgan[1]. 2014-yil 1-avgustda Guillermo Ochoa „Málaga“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan[2]. 2016-yilning 5-martida Guillermo Ochoa La Ligadagi debyutini „Deportivo La Coruña“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan[3].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-2010-yilgi jahon chempionatlarida Guillermo Ochoa Meksika terma jamoasining uchinchi darvozaboni sifatida ishtirok etgan. Ammo, maydonga tushmagan[4].

CONCACAF oltin kubogi-2011 turnirining birinchi bosqichida Salvador terma jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng (5:0) Guillermo Ochoa terma jamoaning boshqa to‘rt nafar futbolchisi bilan birga o‘yinlarda ishtirok etishdan chetlashtirilgan[5]. Diskvalifikatsiya tahdidi ostida qolgan Guillermo Ochoa „Ajaccio“ futbol klubi bilan shartnoma imzolamagan.

2014-yil 13-iyun kuni Guillermo Ochoa Jahon chempionatida debyut qilgan va Meksika terma jamoasining 2014-yilgi Jahon chempionatining Kamerun jamoasiga qarshi birinchi oʻyinida gʻalaba qozongan. 17-iyun kuni turnir mezbonlari Braziliya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda meksikalik darvozabon oʻz darvozasi tomon yoʻllagan 8 ta zarbani qaytargan[6][7].

2015-yilda Guillermo Ochoa CONCACAF oltin kubogini qoʻlga kiritgan[8][9]. Turnirda u Kuba, Gvatemala, Trinidad va Tobago, Kosta-Rika, Panama va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10][11].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
América 2003—2004 12 0 5 0 17 0
2004—2005 31 0 4 0 35 0
2005—2006 30 0 3 0 33 0
2006—2007 42 0 17 0 59 0
2007—2008 26 0 9 0 35 0
2008—2009 32 0 3 0 - - 35 0
2009—2010 28 0 4 0 - - 32 0
2010—2011 38 0 7 0 45 0
Jami 239 0 7 0 42 0 3 0 291 0
San Luis (ijara) 2004—2005 1 0 1 0
Ajaccio 2011—2012 37 0 2 0 - - 39 0
2012—2013 38 0 1 0 - - 39 0
2013—2014 37 0 1 0 - - 38 0
Jami 112 0 4 0 116 0
Málaga 2014—2015 6 0 6 0
2015—2016 11 0 2 0 13 0
Jami 11 0 8 0 19 0
Granada (ijara) 2016—2017 38 0 1 0 39 0
Standard Liège 2017—2018 38 0 38 0
2018—2019 40 0 8 0 48 0
Jami 78 0 8 0 86 0
América 2019—2020 29 0 2 0 31 0
2020—2021 32 0 7 0 39 0
2021—2022 37 0 37 0
2022—2023 20 0 20 0
Jami 118 0 9 0 127 0
Umumiy faoliyatida 597 0 20 0 59 0 3 0 679 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Очоа вернулся в мексиканскую Америку“ (en). clubamerica.com.mx (2019—08—07). 2019-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
  2. „Мексика VS. Коста-Рика 1:0“ (ru). soccerway.com (2015—07—20). 2015-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.
  3. „Депортиво Ла-Корунья VS. Малага 3:3“ (ru). soccerway.com (2016-yil 5-mart). 2016-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  4. „Ямайка VS. Мексика 1:3“ (ru). soccerway.com (2015—07—27). 2015-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.
  5. „Мексиканцев оправдали“. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-iyun.
  6. „Очоа — лучший игрок матча Бразилия — Мексика“. 2014-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-iyun.
  7. „Scolari full of praise for Ochoa display“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-iyun.
  8. „Мексика VS. Куба 6:0“ (ru). soccerway.com (2015—07—10). 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.
  9. „Гватемала VS. Мексика 0:0“ (ru). soccerway.com (2015—07—13). 2015-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.
  10. „Панама VS. Мексика 1:2“ (ru). soccerway.com (2015—07—23). 2015-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.
  11. „Мексика VS. Тринидад и Тобаго 4:4“ (ru). soccerway.com (2015—07—16). 2015-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.