Kontent qismiga oʻtish

Kartvel tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kartvel tillari

Kartvel tillari, iber tillari (gruzincha: ქართველური ენები) — Kavkaz (iber-kavkaz) tillari guruhi. Kartvel tillari tarkibiga gruzin, zan (megrelchan) va svan tillari kiradi. Kartvel tillari Gruziyada, qisman, Ozarbayjonda, Eronda, Gretsiyada va Turkiyada tarqalgan. Kartvel tillarida gaplarning ergativ qurilishi barqaror. Lugʻat tarkibida yunon, arman, fors, arab tillaridan oʻzlashgan soʻzlar bor. Kartvel tillarida soʻzlashadigan barcha xalqlar yozma til sifatida gruzin tilidan foydalanishadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil