Grave of the Fireflies

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grave of the Fireflies
Rejissyor(lar) Isao Takahata
Prodyuser(lar) Toru Hara
Ssenariynavis(lar) Isao Takahata
Rollarda
Bastakor(lar) Michio Mamiya
Kinematografiya Nobuo Koyama
Muharrir(lar) Takeshi Seyama
Studiya(lar) Studio Ghibli
Shinchosha
Distribyutor Toho
Chiqarilgan sanasi
  • 16-aprel, 1988-yil(1988-04-16)
Davomiyligi 89 daqiqa
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Til Yapon
Daromadi
  • 1.7 milliard yen (Yaponiya)
  • $516,962 (AQSh)

Grave of the Fireflies (yaponcha: 火垂るの墓 Hotaru no Haka?, tarjimasi: "Yonarqoʻngʻizlar qabri") — 1967-yili yozilgan Akiyuki Nosakaning qisqa hikoyasiga asoslangan, 1988-yili yaratilgan yapon animatsion urush va tragediya filmi[1][2]. Filmga Isao Takahata rejissyorlik qilgan va Studio Ghibli studiyasi tomonidan Shinchosha Publishing kompaniyasi uchun animatsiyalashtirilgan[3].

Filmda qahramonlarga Tsutomu Tatsumi [ja], Ayano Shiraishi [ja], Yoshiko Shinohara [ja] va Akemi Yamaguchi [ja] ovoz beradi. Umumjahon eʼtirofiga sazovor boʻlgan "Grave of the Fireflies" barcha davrlarning eng buyuk urush filmlaridan biri va yapon animatsiyasining asosiy asari sifatida tan olingan[4][5].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urush paytida yetim boʻlib qolgan Seita va Setsuko Yokokavaning ruhlari bir-biri bilan Kobe shahrida qayta uchrashadi. Ular Ikkinchi jahon urushida bombardimon qilingan Kobedan qanday omon qolganliklari haqida hikoya qilishadi.

Akitani Pond: Where Seita and Setsuko lived alone together
Akitani hovuzi: Seita va Setsuko jon saqlagan joy

1945-yil iyun oyida Amerikaning Boeing B-29 Superfortress bombardimonchilari guruhi Kobe shahrining katta qismini yoʻq qiladi. Seita va Setsuko portlashdan omon qolgan boʻlsalar-da, ularning onasi ogʻir yaralanib vafot etadi. Seita oʻz onasining oʻlimini Setsukodan yashiradi, keyinchalik akasi bu xabarni yashirishga urunishiga qaramay, Setsuko xabar haqida bilib oladi. Seita va Setsuko uzoqdagi xolasining oldiga koʻchib oʻtadi. Urush jadallashib, qochqinlar soni ortib borayotgani sababli Seitaning xolasi uning onasining ipak kimonosini guruch sotib olish uchun sotishga koʻndiradi. Seita onasining bankdagi pulining bir qismini kerakli narsalarni sotib olish uchun ishlatadi, lekin xolasi ularga ovqat berishni kamaytiradi va ularni ovqatga loyiq emas deb hisoblaydi.

Seita va Setsuko chidab boʻlmas haqoratdan keyin xolalasining uyini tark etadilar va ular tashlandiq bomba boshpanasiga koʻchib oʻtadilar. Ular yorugʻlik sifatida boshpanaga yonarqoʻngʻizlarni tutib, qoʻyib yuborishadi. Ertasi kuni Setsuko hasharotlar nobud boʻlganini bilib dahshatga tushadi.

Bolalarning guruchlari tugashi bilan, Seita dehqonlardan har xil poliz ekinlarini oʻgʻirlay boshlaydi va havo hujumlari paytida uylarni talon-taroj qiladi, buning uchun uni bir fermer kaltaklab, politsiyaga yuboradi. Ofitser Seita ochlik tufayli oʻgʻirlik qilayotganini tushunadi va uni qoʻyib yuboradi. Setsuko kasal boʻlib qolganda, shifokor uning ochlikdan azob chekayotganini tushuntiradi. Umidsiz Seita onasining bank hisobidagi oxirgi pulini yechib oladi. Soʻng u Yaponiya taslim boʻlganini va uning otasi, Yaponiya Imperator dengiz floti kapitani, katta ehtimol bilan vafot etganini bilib, xafa boʻladi. Seita Setsukoga ovqat olib, qaytib keladi, lekin uni jonsarak holatda koʻradi. Seita ovqat tayyorlab Setsukoni chaqirgani boshpanaga kirganida u vafot etgan boʻladi. Seita Setsukoning jasadini va uning qoʻgʻirchogʻini somon qutisiga solib yondiradi. U otasining fotosurati bilan birga singlisining kulini konfet qutisida olib yuradi.

Oʻsha sentyabr oyida Seita Sannomiya poyezd stantsiyasida boshqa och qolgan odamlar qurshovida ochlikdan vafot etadi. Amerikaliklar kelishidan oldin jasadlarni olib tashlash vazifasi yuklangan bir farrosh Seitaning konfet qutisini topib oladi va qutini dalaga uloqtiradi. Setsukoning kuli qutidan yoyilib uning ruhi Seitaning ruhi bilan koʻrishadi. Ular arvohlar poyezdiga chiqishadi va sayohat davomida Seitaning oʻlimiga olib kelgan voqealarga nazar tashlaydilar. Ularning ruhlari baxtli va sog-salomat manzilga yetib boradi. Yonarqoʻngʻizlar ularning atrofida aylanadi va aka-singil hozirgi kundagi Kobega qaraydigan tepalikdagi skameykada dam olishadi.

Ovoz bergan aktyorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qahramon Yapon Ingliz
Skypilot Entertainment/ CPM (1998) Toho / Seraphim / Sentai (2012)
Seita Yokokava (yaponcha: 横川 清太?) Tsutomu Tatsumi [ja] J. Robert Spencer Adam Gibbs
Setsuko Yokokava (yaponcha: 横川 節子?) Ayano Shiraishi [ja] Corinne Orr Emily Neves
Mrs. Yokokava (yaponcha: 横川 さん?) Yoshiko Shinohara [ja] Veronica Taylor Shelley Calene-Black
Seita va Setsukoning xolasi Akemi Yamaguchi [ja] Amy Jones Marcy Bannor
Seita va Setsukoning amakivachchasi Kazumi Nozaki Shannon Conley nomaʼlum
Doktor Xirosi Kavaguchi Dan Green David Wald

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Turi Qabul qiluvchi Natija
1989 Blue Ribbon Awards Maxsus mukofot Isao Takahata Gʻolib
1994 Chikago xalqaro bolalar filmlari festivali Animatsiya hakamlari hay’ati mukofoti Gʻolib
Bola huquqlari mukofoti Gʻolib

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Camp, Brian. Anime Classics Zettai!, August 2007. ISBN 9781611725193. 
  2. Steiff, Josef. Anime and Philosophy, 10 April 2010. ISBN 9780812697131. 
  3. „Hotaru no haka“. The Big Cartoon DataBase. Qaraldi: 13-may 2012-yil.
  4. Ebert. „Grave of the Fireflies movie review (1988) | Roger Ebert“ (inglizcha). rogerebert.com/. Qaraldi: 24-noyabr 2020-yil.
  5. „The 50 best World War II movies“ (inglizcha). Time Out London. Qaraldi: 24-noyabr 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]