Howl's Moving Castle

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Howl's Moving Castle
Rejissyor(lar) Hayao Miyazaki
Prodyuser(lar) Toshio Suzuki
Ssenariynavis(lar) Hayao Miyazaki
Rollarda
Bastakor(lar) Joe Hisaishi
Kinematografiya Atsushi Okui
Muharrir(lar) Takeshi Seyama
Studiya(lar) Studio Ghlibli
Distribyutor Toho
Chiqarilgan sanasi
  • 5-sentyabr, 2004-yil(2004-09-05) (Venetsiya)
  • 20-noyabr, 2004-yil(2004-11-20) (Yaponiya)
Davomiyligi 119 daqiqa
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Til Yapon
Byudjeti ¥2.4 milliard
24$ million
Daromadi ¥23.2 milliard
236$ million

Howl's Moving Castle (yaponcha: ハウルの動く城 Hauru no igoku siru?, tarjimasi „Howlning harakatlanuvchi qal’asi“) — toʻliq metrajli anime, Ghibli studiyasi tomonidan 2004-yil chiqarilgan. Yapon rejjisyori Hayao Miyazaki tomondan ingliz yozuvchisi Diana Winnning huddi shu nomli ertagidan ilhomlanib yaratilgan. 78-Oscar mukofotiga „eng yaxshi animatsion toʻliq metrajli film“ uchun nomzod boʻlgan, lekin „Wallace & Gromit: The Curse of the Were-Rabbit“ ga yutqazgan. Miyazaki soʻzlariga koʻra, Howl qal’asi rus ertaklaridagi tovuq oyoqli kulbadir[1].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizlar qalbini „oʻgʻirlash“ bilan mashhur boʻlgan sirli sehrgar Howlning harakatlanuvchi qal’asi shlyapachi Sophiening shahri yaqinida paydo boʻlganda qizning kamtarona hayoti butunlay oʻzgaradi. Bu moviy koʻzli yigit uni ikki harbiyning taʼqibidan qutqarib, sevib qoladi. Biroq, yigit bilan bunday hayajonli sayr yosh shlyapachi qizdan uning goʻzalligi va yoshligini talab qiladi.

Sophie Howl bilan uchrashgan kuni kechasi Sophiening uyida rashkchi Tashlandiq oʻlka Jodugari paydo boʻladi va qizni kampirga aylantirib qoʻyadi. Bu voqeadan soʻng Sophie uyini tark etadi va jodudan halos boʻlish uchun Yovvoyi Tashlandiq tomon yoʻl oladi. Yoʻlda u dala qoʻriqchisiga — Shaxzoda Justinga duch keladi, u Sophiega tayoq beradi va unga gʻalati binoga — Howl qal’asiga kirishiga yordam beradi. „Buvijon“ Sofphie, qal’a egasidan ruxsat soʻramasdan, oʻzini oʻzi poʻlatdan yasalgan „tovuq oyoqlari“ ustidagi gʻalati bahaybat koʻchma uyning tozalovchisi qilib tayinlaydi. Vaqt oʻtishi bilan biroz gʻalati boʻlsa ham qiz qal’ada oila topadi. Qal’ada olovli iblis Kalsifer, Howlning shogirdi Markl va kuchli yosh sehrgar, qal’aning egasi Howl yashaydi. Sophie Tashlandiq oʻlka Jodugarining laʼnatini oʻzidan olib tashlashni xohlaydi, lekin bu afsunni amalga oshirgan jodugar ham jodudan uni halos qila olmaydi. Bundan tashqari, jodu Howlni, Kalsiferni, dala qoʻriqchisini va hatto jodugarning oʻzini ham laʼnatlagani maʼlum boʻladi. Laʼnatlar sirlarini ochish va ularni yoʻq qilish uchun qahramonlar koʻp sinov va sarguzashtlarni boshdan kechirishadi.

Bosh qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sophie Hatter (yaponcha: ソフィー・ハッター Sofi: Xatta:?) — filmning bosh qahramoni, uzun qora oʻrim sochli, shlyapa doʻkonida ishlovchi, mehnatsevar va kamtar oʻn sakkiz yoshli qiz. U oʻzini sodda va hunuk „kulrang sichqon“ deb hisoblaydi. Uning quvnoq singlisi Letti shaharning „Sezarlar“ nomli eng zoʻr pishiriq-kafesida ishlaydi va oʻzining jozibasi bilan koʻp mijozlarni eʼtiborini tortadi. Barcha oʻzgarishlar Sophie sirli sehrgar Howl bilan uchrashganda sodir boʻladi, shundan soʻng Tashlandiq oʻlka Jodugari qizni laʼnatlaydi va qari kampirga aylantirib qoʻyadi. Uning haqiqiy yoshi uhlayotganda va yana qachonki qizning yuragi sevgi bilan toʻlsa qaytib keladi. Syujet davomida, jodu zaiflashadi va Sophie asta-sekin yoshara boshlaydi, hikoyaning soʻnggida yana oʻz holiga qaytgan yosh Sophieda kalta va kulrang sochlar qoladi (oʻrim sochini Kalsiferga berib yuborgan). Howlning harakatlanuvchi qal’asida boʻlish uning uchun butunlay yangi hayot va yangi sarguzashtlarni ochadi. Sophie — Miyazakining oxirgi filmlaridagi kabi tipik personaj: kuchli irodasi va oʻjar xarakteri boʻlgan, boshiga tushadigan musibat va qiyinchiliklarni sabr va viqor bilan yenguvchi, goʻzal boʻlmagan qiz.

Ovoz bergan: Chieko Baishō

Howl (yaponcha: ハウル Xauru?) — filmning bosh qahramoni, qal’aning sirli va jozibali xoʻjayini. Qudratli sehrgar, madam Salimanning oxirgi shogirdlaridan biri. Gap-soʻzlarga koʻra, Howl goʻzal qizlarning yuragini oʻgʻirlaydi, lekin aslida u — olov iblisi Kalsifer bilan sirli bitim tuzgan yolgʻiz va kuchli afsungar. „Buvijon“ Sophie uning hayotiga kirib kelganida, avval uning qal’asini tozalab yuradi, keyinchalik Howlni iblisga aylanishini toʻxtatishga harakatr qiladi. Howl bolaligida yuragini Kalsiferga bergani uchun Kalsifer uning xizmatkoriga aylangani maʼlum boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan Howl Sophiega hech kimga ishonmagan sirlarini aytadi. Ohir-oqibat ular bir-birini sevib qoladi va jodudan halos boʻladi.

Ovoz bergan: Takuya Kimura

Kalsifer (yaponcha: カルシファー Karusifa:?) — yoqimtoy olov iblisi, Howl qal’asining oʻchogʻida yashaydi. U dumaloq koʻzlari, choʻzilgan ogʻzi va olovli qoʻllari bilan haqiqiy olov shariga oʻxshaydi. Ovqat va oʻtin bilan oziqlanadi. Howl bilan kelishuv tuzgan: Kalsifer qal`ni tark etmasdan uni harakatga keltirishi kerak va Howl, oʻz navbatida, Kalsiferning kuchlaridan foydalanadi.

Chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film butun dunyo boʻylab kassada 235 million AQSh dollari atrofida daromad keltirdi[2].

Mukofotlar va nominatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2004 — Venetsiya kinofestivalida „Golden Osella“ mukofoti
  • 2005 — eng yaxshi anime filmi uchun Tokio Anime mukofoti
  • 2006 — eng yaxshi animatsion film uchun „MTV-Rossiya“ mukofotiga nomzod
  • 2006 — Eng yaxshi animatsion film uchun „Oskar“ ga nomzod (Hayao Miyazaki)
  • 2006 — Eng yaxshi animatsion film uchun „Saturn“ mukofotiga nomzod
  • 2006 — „Annie“ mukofotining uchta nominatsiyasi: eng yaxshi animatsion film, eng yaxshi rejissyor (Hayao Miyazaki), eng yaxshi ssenariy (Hayao Miyazaki)
  • 2006 — Italiya milliy kinojurnalistlari sindikatining „Eng yaxshi xorijiy film rejissyori“ uchun „Kumush lenta“ mukofotiga nomzod (Hayao Miyazaki)
  • 2007 — Eng yaxshi ssenariy uchun „Nebula“ mukofoti (Hayao Miyazaki, Donald Xuitt, Sindie Devis Xuitt)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. belkun. „Аниме Ходячий замок - Шагающий замок Хаула“ (ruscha). nya-journal.ru (24-aprel 2012-yil). 2021-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2021-yil.
  2. Ходячий замок Box Office Mojoda