Graf Monte-Kristo

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Graf Monte-Kristo“ (fransuzcha: Le comte de Monte Cristo) — Alexandre Dumasning sarguzasht romani, 1844-45 yillarda yozilgan, fransuz adabiyotining klassik asari. Muallif Oʻrtayer dengizi boʻylab sayohat qilayotganida, Montekristo orolini koʻrgan va u yerda koʻmilgan xazinalar haqida afsonani eshitgan. Bundan keyin qahramon ismini oʻylab topgan. Muallif orol nomini oʻzgartirgan xolos. Romandagi voqealar 1815-29 va 1838-yillarda boʻlib oʻtadi.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarning bosh qahramoni, dengizchi Edmon Dantes, kema kapitanining oʻlim oldi vasiyatini bajarish maqsadida Parijga xat bilan keladi. Portga kelganidan soʻng Dantes, qoʻshni qishloqdagi Mersedes ismli qizga uylanishni niyat qiladi. Lekin dushmanlarining harakatlari sababli u If qasriga qamaladi. U yerda Dantes Faria ismli abbat bilan tanishadi. Faria gʻoyat katta xazina koʻmilgan joyni biladi va oʻlimidan oldin bu sirni Dantesga ochadi. Dantes qamoqdan qochadi, xazinani topadi va dushmanlaridan qasos oladi.

Roman qahramonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Edmon Dantes — asarning bosh qahramoni, dengizchi. Adolatsizlik bilan qamaladi. Keyinchalik Graf Monte- Kristo nomi ostida taniladi.
  • Abbat Faria — Edmon Dantesning doʻsti. Olim va rohib. Dantesga xazina sirini ochadi.
  • Fernan Montego — Mersedesning qarindoshi. Baliqchi, Mersedes bilan turmush qurmoqchi boʻladi. Keyinchalik general- leytenant, Graf Morser va Fransiya peri unvonlariga sazovor boʻladi.
  • Mersedes Errera — Dantesning kelini, keyinchalik Fernanning hotini.
  • Alber de Morser — Fernan va Mersedeslarning oʻgʻli
  • Danglar — „Faraon“da ishlaydigan muhosib. Dantesga qanday xoinlik qilish haqidagi gʻoyani olgʻa suradi. Keyinchalik baron va davlatmand bankirga aylanadi.
  • Ermina Danglar — Danglarning hotini
  • Ejeni Danglar — Danglarning qizi. Kelajakda aktrisa boʻlishni orzu qiladi.
  • Jerar de Vilfor — Marsel prokurori yordamchisi. Keyinchalik Parijda qirol prokurori.
  • Rene de Sen-Meran — Vilforning birinchi hotini
  • Eloiza de Vilfor — Vilforning ikkinchi hotini, oʻgʻli Eduar uchun hamma narsaga tayyor.
  • Nuartye de Vilfor — Vilforning otasi, sobiq yakobinets va Napoleon senatori, bonapartlik klubi raisi. Keyinchalik shol kasalligiga duchor boʻladi."Bunga qaramasdan, u fikr yuritadi, u istaydi, u xarakat qiladi"
  • Valentina de Vilfor — Vilforning toʻngʻich qizi, boy merosxoʻr.
  • Eduar de Vilfor — qirol prokurorining oʻgʻli. Erka va tantiq.
  • Gaspar Kadruss — Dantesning qoʻshnisi.
  • Djovanni Bertuchcho — graf Monte- Kristo ishlarining boshqaruvchisi. Benedettoning oʻgay otasi.
  • Benedetto — surgʻun qilingan, qochgan. Qirol prokurori va baronessa Danglarning nikohsiz tugʻilgan oʻgʻli. Parij jamiyatida vikont Andrea Kavalkanti ismi bilan taniq.
  • Pyer Morrel — Marsel savdogari, „Faraon“ nomli kema egasi.
  • Maksimilian Morrel — Pyer Morrelning oʻgʻli.
  • Djuli Morrel (Erbo) — Pyer Morrelning qizi.
  • Emmanyuel Erbo — Djulining eri.
  • doktor dʼAvrinyi — Vilforlar oilasi shifokori. Birinchi boʻlib bu oilaning siri haqida bilib qoladi.
  • Frans dʼEpine — Valentina de Vilforning kuyovi, Alber de Morserning doʻsti,
  • Lyusyen Debre — Fransiya Tashqi ishlar vazirligi qotibi.
  • Boshan — „Xolis ovoz“ roʻznomasining muharriri, Alber de Morserning doʻsti.
  • Raul de Shato- Reno — Fransuz zodagoni, baron, vikont de Morserning doʻsti.
  • Gayde — Yaninlik pash Ali-Tebelinning qizi.
  • Luidji Vampa — yosh choʻpon, Rim atroflaridagi qaroqchilar toʻdasining boshchisi. Graf Monte- Kristoga hayoti va ozodligi bilan Buning evaziga u graf va uning doʻstlarini hech qachon tegmaslikka qasam ichgan.
  • Djakopo — korsikalik „Yosh Ameliya“ tartanining motrosi."Yosh Ameliya" If qasridan qochayotgan Dantesni qutqaradi. Keyinchalik- graf kemasining kapitani.
  • Batisten — graf Monte- Kristoning kamerdineri.
  • Ali — qul, graf Monte- Kristoning hizmatkori.

Roman ekranlashtirilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roman boʻyicha koʻp filmlar olingan.

  • Graf Monte-Kristo — 1908, AQSH. Rejissyorlar Frensis Boggs, Tomas Persons.
  • Graf Monte-Kristo — 1908, Italiya. Rejissyorlar Luidji Madji va Arturo Ambrozio.
  • Le Prisonnier du Château d’If (Une évasion manquée) — 1910, Fransiya. Rejissyor Viktoren Jasse.
  • Graf Monte-Kristo — 1910, AQSH.
  • Monte-Kristo — 1911, AQSH.
  • Monte-Kristo — 1912, AQSH. Rejissyor Kolin Kembill.
  • Graf Monte-Kristo — 1913, AQSH. Rejissyorlar Djozef Golden, Edvin Porter.
  • Zamonaviy Monte-Kristo — 1917, AQSH.Rejissyor Yudjin Mur.
  • Graf Monte-Kristo — 1918, Fransiya. Rejissyor Anri Pouktal, bosh rolda Leon Mato.
  • Monte-Kristo — 1922, AQSH. Rejissyor Emmet J. Flinn, bosh rolda Djon Gilbert.
  • Monte-Kristo — 1929, Fransiya. Rejissyor Genri Feskur. Bosh rollarda — Jan Anjello, Lil Dagover, Gaston Modo, Bernxard Gyoʻske.
  • Graf Monte-Kristoning topishmogʻi — 1934, AQSH. Rejissyor Roulend V. Li, bosh rollarda — Robert Donat, Elissa Landi, Sindi Blekmer.
  • Graf Monte-Kristo — 1942, Meksika. Rejissyorlar Roberto Gavaldon, Chano Urueta, bosh rolda Arturo de Kordova.
  • Graf Monte-Kristo — 1942, Fransiya, Italiya. Rejissyor Rober Verne, bosh rolda Pyer Rishar-Vilm.
  • Monte-Kristoning hotini — 1946, AQSH. Rejissyor Edgar J. Ulmer.
  • Graf Monte-Kristo — 1953, Italiya, Fransiya. Rejissyor Rober Verne, bosh rolda Jan Mare.
  • Graf Monte-Kristo — 1954, Meksika, Argentina. Rejissyor Leon Klimovskiy, bosh rolda Xorxe Mistral.
  • Graf Monte-Kristo — 1961, Italiya, Fransiya. Rejissyor Klod Otan-Lara, bosh rolda Lui Jurdan.
  • Monte-Kristoning qaytishi — 1968, Fransiya. Rejissyor Andre Yunebel.
  • Graf Monte-Kristo — 1973, Avstraliya (Multfilm). Rejissyorlar Jozef Barbera, Uillyam Xanna.
  • Graf Monte-Kristo — 1975, Buyuk Britaniya, Italiya, telefilm. Rejissyor Devid Grin, bosh rolda Richard Chemberlen.
  • Graf Monte-Kristo — 1979, Fransiya, Italiya, Olmoniya, teleserial. Rejissyor Deni de La Patelyer, bosh rolda Jak Veber.
  • If qasri mahbusi — 1988, SSRI, Fransiya. Rejissyor Georgiy Yungvald-Xilkevich, bosh rollarda Viktor Avilov, Mixail Boyarskiy.
  • Graf Monte-Kristo — 1998, serial, Olmoniya, Fransiya, Italiya. Rejissyor Jozef Dayan, bosh rollarda Jerar Depardye, Ornella Muti.
  • Graf Monte-Kristo — 2002, AQSH, Buyuk Britaniya, Irlandiya. Rejissyor Kevin Reynolds, bosh rolda Jeyms Kevizel.
  • Gankusuo-Graf Monte-Kristo (gʻor hokimi), 2005-2006 — anime-film, Yaponiya.
  • Montekristo — 2006, Argentina, teleserial.
  • Montekristo — 2008, Rossiya, teleserial.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (12 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 19-oktyabr, 2022-yil(2022-10-19) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.