Gillis Grafstrom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gillis Grafstrom

Gillis Grafstrom 1924-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Gillis Emanuel Grafström
Tavalludi 7-iyun 1893-yil
Stokgolm, Shvetsiya
Vafoti 14-aprel 1938-yil(1938-04-14)
(44 yoshda)
Potsdam, Germaniya

Gillis Emanuel Grafstrom (1893-yil 7-iyun – 1938-yil 14-aprel) shvedsiyalik, figurali uchish boʻyicha sportchi boʻlgan. Shvetsiya davlatining Stokgolm shahrida dunyoga kelgan. Ketma-ket uch marta erkaklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan musobaqada, Olimpiya oltin medalini (1920, 1924, 1928) qoʻlga kiritgan. Shuningdek, uchta Jahon chempionatida (1922, 1924, 1929)[1] va 1932-yilda xuddi shunday musobaqada Olimpiya kumush medalini qoʻlga kiritgan. U va Eddie Eagan ham yozgi ham qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan yagona sportchilar hisoblanishgan. Grafstrom Yozgi va Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan kam sonli sportchilardan biri.[2] U Olimpia chempionlari ichida eng yoshi katta figurali uchuvchisi hisoblanadi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1914-yilda Grafstrom Birinchi jahon urushidan oldin, soʻnggi Jahon Chempionatida qatnashgan.[3] Urushdan soʻng, Grafstrom ketma-ket uch marta (1920, 1924 va 1928) Olimpiadada oltin medalni va 1932-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.[4]

Uning Antverpdagi birinchi Olimpiadasida konkilaridan biri sinib qiolgan va u yangisini sotib olish uchun shaharga borishi kerak boʻlgan. Afsuski, oʻzi uchun qulay boʻlgan konkilar topa olmagan. Shunga qaramasdan, bu musobaqada yutib chiqqan. 2022-yilgi Olimpiya oʻyinlari holatiga koʻra, u figurali uchish boʻyicha yakkalik erkaklar bahsida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan konkichi boʻlib qolmoqda.

1932-yilgi Lake-Placiddagi soʻnggi Olimpiadasida u muz ustida suratkash bilan toʻqnashib ketgan va shunda ham ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan. Keyinchalik, norvegiyalik Sonja Heniega murabbiylik qilgan.[5]

Grafstrom 1938-yilda Germaniyaning Potsdam shahrida 44 yoshida qonining zaharlanishidan vafot etgan.[6] Bugungi kunda, Potsdamda uning nomiga qoʻyilgan koʻcha mavjud. 1976-yilda Butunjahon figurali uchish shon-shuhrat zalida uning nomi eʼtirof etilgan. [7] Bundan tashqari, Grafstrom 1929-yilda ''Svenska Dagbladet'' oltin medalini qoʻlga kiritgan(Sven Utterstrom bilan birgalikda).

Oʻrinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqalar 1912 yil 1913 yil 1914 yil 1915 yil 1916 yil 1917 yil 1918 yil 1919 yil 1920 1921 yil 1922 yil 1923 yil 1924 yil 1925 yil 1926 yil 1927 yil 1928 yil 1929 yil 1930 yil 1931 yil 1932 yil
Yozgi Olimpiya oʻyinlari 1
Qishki Olimpiya oʻyinlari 1 1 2
Jahon chempionatlari 7 1 1 1
Skandinaviya chempionati 1
Shvetsiya chempionati 2 1 1 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Gillis Grafström“. Olympedia. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  2. Gall, Jonnie. „Who's competed in the summer and winter Olympics?“. GrindTV (2013-yil 18-dekabr). 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-fevral.
  3. Hines, James R.. Figure skating: a history, 2006 — 105 bet. ISBN 978-0-252-07286-4. OCLC 59149288. 
  4. „Olympic Winter Games Figure Skating Results“. 2013-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-yanvar.
  5. „Gillis Grafström“ (en). Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2023-yil 13-sentabr.
  6. Andoza:Cite Sports-Reference
  7. „Hall of Fame Members“. 2011-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-yanvar.