Kontent qismiga oʻtish

Get Back

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Get Back“
The Beatles va Billy Preston qoʻshigʻi
„Let It Be“ albomidan
B tomon „Don't Let Me Down“
Chiqarilgan sanasi 11-aprel, 1969-yil(1969-04-11)
Yozib olingan 27-28-yanvar 1969-yil
Studiya Apple, London
Janr
Davomiyligi 3:09 (albom versiya)
3:13 (singl versiya)
Leybl Apple
Matn muallif(lar)i Lennon–McCartney
Prodyuser(lar) Glyn Johns va George Martin (singl versiya)
Phil Spector (albom versiya)
The Beatles singllar xronologiyasi
„Hey Jude“
(1968)
Get Back
(1969)
„The Ballad of John and Yoko“
(1969)
Billy Preston singllar xronologiyasi
„Hey Brother“
(1968)
Get Back
(1969)
„That's the Way God Planned It“
(1969)

Get Back“ (tarjimasi „Qaytib ket“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Taronani yozib olishda Billy Preston ham ishtirok etgan. Qoʻshiq muallifi oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan boʻlsa-da, uni Paul McCartney yozgan. Dastlab 1969-yilning 11-aprelida singl oʻlaroq chiqarilgan. Kompozitsiya muallifi oʻlaroq rasman „The Beatles bilan Billy Preston“ koʻrsatilgan[2]. Qoʻshiqning albomga kiritilgan versiyasi bir oz farqli boʻlib, unda 20 soniya davomida McCartney bilan John Lennon suhbatini eshitish mumkin. Shuningdek, albom versiyada sing versiyadagi koda yoʻq. Mazkur versiya guruh tarqalganidan keyin eʼlon qilingan „Let It Be“ albomiga yakuniy trek oʻlaroq kiritilgan. Singl versiya esa keyinchalik „1967-1970“, „20 Greatest Hits“, „Past Masters“ va „1“ terma albomlariga kiritilgan.

„Get Back“ singl oʻlaroq chiqarilganidan keyin Buyuk Britaniya, AQSh, Irlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Niderlandiya, Avstraliya, Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Meksiko, Norvegiya, Shveysariya, Avstriya va Belgiya xit-paradlarida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Kompozitsiya „The Beatles“ bilan bir qatorda boshqa sanʼatkor ham ijrochi oʻlaroq koʻrsatilgan yagona relizdir. Tarona guruhning AQShda stereo formatida chiqarilgan ilk relizdir. Buyuk Britaniyada esa „The Ballad of John and Yoko“ eʼlon qilinguniga qadar guruh ashulalari mono formatida chiqarilishda davom etgan. Shuningdek, „Get Back“ guruhning Buyuk Britaniya singllar xit-paradida birdaniga birinchi pogʻonada debyut qilgan yagona singlidir.

„Get Back“ qoʻshigʻining oʻzgachaligi shundaki, uni yaratish jarayoni deyarli toʻliq hujjatlashtirilgan. Qoʻshiqni yaratish jarayoni „Let It Be“ (1970) filmida hamda Peter Jackson olgan „The Beatles: Get Back“ (2021) hujjatli filmida yoritilgan.

  1. Kutner, Jon; Leigh, Spencer. 1,000 UK Number One Hits. Omnibus Press, 2010. ISBN 9780857123602. 
  2. Lewisohn 1988, s. 172.
  • The Beatles. The Beatles Anthology. San Francisco: Chronicle Books, 2000. ISBN 0-8118-2684-8. 
  • Castleman, Harry; Podrazik, Walter J.. All Together Now. Ann Arbor, Michigan: Pierian Press, 1976. 
  • Holden, Stephen „Movie Review – Across the Universe – Lovers in the '60s Take a Magical Mystery Tour“. The New York Times (2007-yil 14-sentyabr).
  • Lewisohn, Mark. The Beatles Recording Sessions. New York City: Harmony Books, 1988. ISBN 0-517-57066-1. 
  • Lewisohn, Mark. The Complete Beatles Chronicle. Chancellor Press, 1996a. ISBN 0-7607-0327-2. 
  • Lewisohn, Mark (1996b). Anthology 3 (booklet). Apple Records.
  • Matteo, Stephen. Let It Be. Continuum International Publishing Group, 2004. ISBN 0-8264-1634-9. 
  • Sheff, David. All We Are Saying: The Last Major Interview with John Lennon and Yoko Ono. New York City: St. Martin's Press, 2000. ISBN 0-312-25464-4. 
  • Sulpy, Doug; Schweighardt, Ray. Get Back: The Unauthorized Chronicle of the Beatles' Let It Be Disaster. Helter Skelter, 2003. ISBN 1-900924-83-8.