Germán Cano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Germán Ezequiel Cano Recalde (talaffuzi: Xerman Ezekiel Kano Rikalde) — 1988-yil 2-yanvarda Posadas, Misiones shahrida tugʻilgan. Argentinalik futbolchi, „Fluminense“ klubi hujumchisi.

Germán Cano
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Germán Ezequiel Cano Recalde
Tavallud sanasi 2-yanvar 1988-yil (1988-01-02) (36 yosh)
Tavallud joyi Posadas, Misiones, Argentina
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fluminense
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
-2007 Lanús
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007-2011 Lanús 17 (2)
2009-2010Chacarita (ljara) 18 (1)
2011Colón (ljara) 5 (0)
2011Deportivo Pereira (ljara) 18 (9)
2012 Nacional 12 (2)
2012-2014 Independiente Medellín 87 (51)
2015-2018 Pachuca 25 (4)
2016-2017León (ljara) 43 (11)
2018Independiente Medellín (ljara) 47 (32)
2019 Independiente Medellín 37 (34)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 16-iyul uchun)

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germán Cano „Lanús“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2008-yil 14-fevralda Libertadores kubogi doirasida „Danubio“ kluiga qarshi oʻyinda u klub safida debyut qildi. 30-mart kuni San- Lorensoga qarshi bahsda Germán Cano Argentina Primerasida Lanus darvozasiga birinchi golini urdi[1]. Oʻzining debyut mavsumida Germán Cano Argentina chempioniga aylandi. 2009- yilning yozida u „Chacarita Juniors“ ijaraga oʻtdi. 30-avgust kuni „River Plate“ga qarshi oʻyinda Germán Cano yangi jamoasida debyut qildi[2]. 13-dekabr kuni „Racing“ga qarshi duelda u Chakarita darvozasiga birinchi golini urdi[3]. 2011-yil boshida Germán Cano „Colón“ klubiga ijaraga oʻtdi. 13-fevral kuni „Quilmes“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qildi[4].

2011-yilning yozida Germán Cano Kolumbiyaning „Deportivo Pereira“ jamoasiga ijaraga oʻtdi. 29-avgust kuni „La-Equidad“ga qarshi oʻyinda u Mustang kubogida debyut qildi[5]. Oʻsha oʻyinda Germán Cano „Deportivo Pereira“ safidagi ilk golini urdi. Kano keyingi olti oyni Paragvay milliy jamoasida ijarada oʻtkazdi. 2012-yil 18-fevralda Guaraniga qarshi oʻyinda u Paragvay Primerasida debyut qildi [6]. Xuddi shu uchrashuvda Germán Cano poytaxt klubi safidagi ilk golini urdi.

2020-yildan beri argentinalik Braziliyada oʻynamoqda. Vasko da Gamadagi ikki mavsum shaxsiy statistika nuqtai nazaridan hujumchi uchun juda samarali boʻldi. Biroq jamoaning oʻzi ogʻir inqirozga yuz tutdi, avvaliga B seriyaga tushib ketdi, keyin esa elitaga qaytish uchun kurasha olmadi. 2022-yil boshida Germán Cano Rio-de-Janeyroning boshqa klubi „Fluminense“ga oʻtdi.

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro turnir Jami
Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma
LanúsArgentina bayrogʻi Argentina 2008 11 2 0 - - - 4 0 0 15 2 0
2009 6 0 0 - - - 3 0 0 9 0 0
Jami 17 2 0 - - - 7 0 0 24 2 0
Chacarita JuniorsArgentina bayrogʻi Argentina 2009-2010 18 1 1 - - - - - - 18 1 1
Jami 18 1 1 - - - - - - 18 1 1
ColónArgentina bayrogʻi Argentina 2010-2011 5 0 0 - - - - - - 5 0 0
Jami 5 0 0 - - - - - - 5 0 0
Deportivo PereiraKolumbiya bayrogʻi Kolumbiya 2011 18 10 3 - - - - - - 18 10 3
Jami 18 10 3 - - - - - - 18 10 3
NacionalParagvay bayrogʻi Paragvay 2012 12 2 0 - - - 6 2 0 18 4 0
Jami 12 2 0 - - - 6 2 0 18 4 0
Independiente MedellínKolumbiya bayrogʻi Kolumbiya 2012 19 9 0 - - - - - - 19 9 0
2013 30 15 4 4 1 0 - - - 34 16 4
2014 43 27 9 3 2 0 - - - 46 29 9
2018 47 32 6 2 1 0 1 1 0 50 34 6
2019 37 34 1 8 6 1 2 1 0 47 41 2
Jami 176 117 20 17 10 1 3 2 0 196 129 21
PachucaMeksika bayrogʻi Meksika 2015 14 4 2 - - - 2 1 0 16 5 2
2017 11 0 0 5 3 0 1 0 0 17 3 0
Jami 25 4 2 5 3 0 3 1 0 33 8 2
LeónMeksika bayrogʻi Meksika 2016 14 4 0 - - - - - - 14 4 0
2016-2017 29 7 5 5 2 0 - - - 34 9 5
Jami 43 11 5 5 2 0 - - - 48 13 5
Vasco da GamaBraziliya bayrogʻi Braziliya 2020 34 14 1 14 8 0 3 2 0 51 24 1
2021 36 11 2 14 8 1 50 19 3
Jami 70 25 3 28 16 1 3 2 0 101 43 4
FluminenseBraziliya bayrogʻi Braziliya 2022 32 18 3 22 12 3 10 6 1 64 36 7
Jami 32 18 3 22 12 3 10 6 1 64 36 7
Umumiy karyerasida 416 190 37 77 43 5 32 13 1 525 246 43

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy yutuqlari
  • Argentina bayrogʻi Argentina chempioni (1): Apertura 2007-yil
  • Kolumbiya kubogi sohibi (1): 2019-yil
Shaxsiy yutuqlari
  • Kolumbiyada yilning eng yaxshi futbolchisi (1): 2018-yil
  • Kolumbiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari (5): Final 2012 (9 toʻp), Final 2014 (16 toʻp), Apertura-2018 (12 toʻp), Apertura-2019 (21 toʻp), Final 2019 (13 toʻp)
  • Kolumbiya kubogi toʻpurari (1): 2019
  • Independiente Medellin klubi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar — 129 gol

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Сан-Лоренсо VS. Ланус 3:1“ (ru). soccerway.com (2008-yil 30-mart).
  2. „Ривер Плейт VS. Чакарита Хуниорс 4:3“ (ru). soccerway.com (2009-yil 30-avgust). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.
  3. „Расинг Авельянеда VS. Чакарита Хуниорс 0:2“ (ru). soccerway.com (2009-yil 13-dekabr). 2013-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.
  4. „Колон VS. Кильмес 2:0“ (ru). soccerway.com (2011-yil 13-fevral). 2014-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.
  5. „Ла Экидад VS. Депортиво Перейра 0:2“ (ru). soccerway.com (2011-yil 29-avgust). 2016-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.
  6. „Гуарани Асунсьон VS. Насьональ Асунсьон 1:3“ (ru). soccerway.com (2012-yil 18-fevral). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.