Georgiy Reviya
| Georgiy Reviya | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Toʻliq ismi | Georgiy Noyevich |
| Davlat |
|
| Oldin vakil boʻlgan |
|
| Boʻyi | 184 |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Umumiy natija | 176,18 |
| Qisqa dastur | 69,98 |
| Erkin dastur | 106.95 |
Georgiy Noyevich Reviya (gruzincha: გიორგი ნოეს ძე რევია; 1999-yil 3-aprel, Odintsovo, Rossiya) — Mariya Kazakova bilan muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi gruzin figurali uchuvchisi. Ular Gruziya tarixidagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining (2019) birinchi gʻoliblari, figurali uchish boʻyicha „Challenger“ seriyasidagi Asian Open Trophy 2019 turnirining bronza medali sohiblaridir.
2019-yil 12-dekabr holatiga koʻra, Kazakova va Reviya juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 21-oʻrinni egallagan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Georgiy 2003-yilda toʻrt yoshida konkida uchishni oʻrgana boshlagan[2]. 2016-yilgacha u Kseniya Konkina[3] bilan juftlikda Rossiya terma jamoasida chiqish qilgan. Keyinchalik Georgit Yeva Xachaturyan bilan juftlikda Gruziya vakili sifatida musobaqalarda qatnasha boshlagan. Yeva bilan birga 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, sakkizinchi oʻrinni egallagan[4].
Xachaturiyan va Reviya juftligi yakuniga yetgan va Georgiy sheriksiz qolgan. Bu vaqtda Mariya Kazakova, oʻsha paytda ham sherigi yoʻq edi, Georgiyga sheriklik qilish taklifi bilan yozishga qaror qilgan[5]. Oʻshandan beri ikkisi xalqaro musobaqalarda Gruziya sharafini himoya qilib kelmoqda.
2017—2018-yilgi mavsum davomida juftlik toʻrtta xalqaro musobaqada ishtirok etdi: Tallinn Trophy 2017 (beshinchi oʻrin), Santa Claus Cup (bronza), Golden Spin of Zagreb (kumush), Mentor Torun Cup (oltin). 2018-yil mart oyida ular oʻsmirlar oʻrtasidagi birinchi qoʻshma jahon chempionatida ishtirok etib, kuchli oʻntalikka kirishdi[6].
Kazakova va Reviya oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida debyut qilishdi. Juftlik Ostrava[7] va Yerevanda boʻlib oʻtgan bosqichlarda ikkita kumush medali bilan taqdirlandi[8] va shu tariqa oʻzlarining birinchi Gran-pri finali uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi[2]. Bu juftlik finalda oltinchi oʻrinni egalladi. Kazakova/Reviya juftligi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, mavsumni yakunladilar va oʻtgan yilgi yutuqlarini uch pogʻonaga yaxshilagan holda oltinchi oʻrinni egallashdi[9].
2019-yil aprel oyida Mariya va Georgiy yangi mavsumda ham oʻsmirlar, ham kattalar toifasida qatnashishlarini eʼlon qilishdi. Erkin raqs Sankt-Peterburgda xoreograf Yelena Sokolova guruhida sahnalashtirilgan edi[5].
2019-yil dekabr oyida Kazakova/Reviya juftligi 2019-yilda Turinda oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida ishtirok etish uchun oʻsmirlar toifasiga qaytishdi. Juftlik ritm raqsi boʻyicha gʻolib chiqib, amerikalik Nguyen va Kolesnik juftligini atigi 0,04 ball bilan magʻlub etdi[10]. Ertasi kuni Mariya va Georgiy amerikalik juftlikni 0,16 ball bilan yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi va shu tariqa oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida gʻolib chiqqan birinchi gruziyalik juftlikka aylanishdi[11].
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gruziya vakili sifatida Mariya Kazakova bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Musobaqa | 17/18 | 18/19 | 19/20 | |
|---|---|---|---|---|
| Xalqaro[12] | ||||
| Yevropa chempionati | 14 | |||
| Osiyo ochiq | 3 | |||
| Volvo ochiq kubogi | 2 | |||
| Xalqaro: oʻsmirlar | ||||
| Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 9 | 6 | 2 | |
| Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali | 6 | 1 | ||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Armaniston | 2 | |||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Xorvatiya | 1 | |||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Chexiya | 2 | |||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Latviya | 2 | |||
| Golden Spin | 2 | |||
| MNNT Cup | 1 | |||
| NRW Trophy | 1 | |||
| Santa Claus Cup | 3 | |||
| Tallin Trophy | 5 | |||
| Volvo Open Cup | 1 | |||
Gruziya vakili sifatida Yeva Xachaturyan bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Xalqaro: oʻsmirlar[4] | |||
|---|---|---|---|
| Musobaqa | 16/17 | ||
| Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 18 | ||
| Santa Claus Cup | 6 | ||
Rossiya vakili sifatida Kseniya Konkina bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Xalqaro: oʻsmirlar[3] | |||
|---|---|---|---|
| Musobaqa | 15/16 | ||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, AQSH | 4 | ||
| Lake Placid IDI | 3 | ||
| Tallin Trophy | 2 | ||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (inglizcha). ИСУ (17 июня 2011). 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-iyun.
- 1 2 „Maria KAZAKOVA and Georgy REVIYA: 2019/2020“. ISU Results. 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- 1 2 „Ksenia KONKINA and Georgy REVIYA: 2015/2016“. ISU Results. 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- 1 2 „Eva KHACHATURIAN and Georgy REVIYA: 2016/2017“. ISU Results. 2019-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- 1 2 „Мария Казакова и Георгий Ревия: «Мы хотим продвинуть грузинское фигурное катание вперед»“. 2019-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Maria KAZAKOVA / Georgy REVIYA: 2017/2018“. International Skating Union. 2018-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „ISU JGP Czech Skate 2018“. 2018-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
- ↑ „ISU JGP Armenian Cup 2018“. 2018-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Canada’s Lajoie and Lagha take ice dance title at Junior Worlds“. 2019-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
- ↑ Slater, Paula „Georgia's Kazakova and Reviya take lead in Junior Ice Dance in Torino“. Golden Skate (6-dekabr 2019-yil). 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Kazakova and Reviya capture first Junior Grand Prix gold for Georgia“. 2019-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Competition Results: Maria KAZAKOVA / Georgy REVIYA“. International Skating Union. 2018-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.