Gekkonsimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gekkonsimonlar (Gekkonidae), changalbarmoqlilar — kaltakesaklar oilasi. Uz. 30 sm cha. Boshi katta, gʻadir-budur tangachalar bilan qoplangan. Oyoqlari yaxshi rivojlangan, barmoqlari keng . Barmoqlarining osti shox plastinkali mayda soʻrgʻichlar (qillar) bilan qoplangan. Soʻrgʻichlari va changal barmoqlari yordamida G. devor, daraxt, qoya, jar kabi tik joylarda, hatto, oyna betida yura oladi. Dumi sinuvchan, singan qismi qaytadan oʻsib chiqadi (q. Regeneratsiya). G. tovush chiqaradi. Rangi och kulrang yoki toʻq jigarrang . Ular har xil mayda hasharotlar, lichinkalar, oʻrgimchaklar bilan oziqlanadi. 480 tacha turi maʼlum. Tropik, subtropik va moʻʼtadil iqlimda, jumladan, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Kavkaz va Qrimda tarqalgan. Ayrim turlari Qizil kitobga kiritilgan. G. tunda faol harakat qiladi. Oʻzbekistonda 8 turi uchraydi. Dasht va choʻllarda, loydan qurilgan eski imoratlar devorida yashaydi. Choʻldagi turlari in kovlaydi. Oʻzbekistonda kaltakesaklardan odamlar hazar qiladi. Vaholanki, G. beozor jonivor boʻlib, zararli hasharotlarni yeb foyda keltiradi. G.ning tipik vakillaridan: Turkiston harom kaltakesagi; taroq barmoqli gekkon, parrak dumli gekkon va b. maʼlum.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil