Gazi Yashargil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmud Gazi Yashargil
Tavalludi 1925-yil 6-iyul
Lice Diyarbakir Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Neyrojarroh
Institutlar Vermont Universiteti
Zurich Universiteti
Arkansas Tibbiyot Fanlari Universiteti
Istanbul Universiteti

Mahmut Gazi Yashargil (1925-yil 6-iyul Diyarbakirda tugʻilgan ), turk olimi va shifokori. U miya va neyroxirurgiya boʻyicha mutaxasis. U miya jarrohligida mikroskoplardan (mikrojarrohlik) foydalanishni tatbiq etish va ommalashtirishga qo'shgan hissasi bilan mashhur. 1999 yilda Amerika Neyro jarrohlar Kongressida Neyroxirurgiya jurnali tomonidan " 1950-2000-yillarda asrning neyroxirurgi " unvoni berildi va Yevropa Neyro jarrohlar assotsiatsiyasining Faxriy medali bilan taqdirlandi[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gazi Yashargil 1925-yil 6-iyulda Diyarbakirning Lice tumanida tugʻilgan. U tug'ilgan yili oilasi bilan Anqaraga ko'chib o'tdi va umrining dastlabki 18 yilini Anqarada o'tkazdi.

Uning ta'lim va akademik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'rta ta'limni 1943 yilda Anqara Otaturk litseysida tamomlab, Anqara universiteti tibbiyot fakultetida o'qishni boshladi. Ularning qo'shnisi va oilaviy do'sti, nevrologiya professori Yusuf Shukru Saribosh unga tibbiyotda o'qishiga yordam bergan[2]. 1944 yildan boshlab ikki semestr Germaniyaning Fridrix Shiller universitetida tibbiy ta'limni davom ettirdi. Keyin esa o'n semestr Bazel universitetida o'qidi va 1949-yilning kuzida universitetning tibbiyot fakultetini tamomladi. Keyingi 1950-1953-yillarda nevrologiya - psixiatriya , ichki kasalliklar va umumiy jarrohlik bo'yicha assistent bo'lib ishladi. 1953 yil yanvardan u Tsyurix universitetida o'z mutaxassisligi bo'yicha ishlay boshladi.

Tsyurix universitetining neyroxirurgiya klinikasida ishlagan 12 yil davomida (1953-1965) miya va orbital angiografiyaga e'tibor qaratdi va ko'plab bemorlarga angiografiya qildi. 1957-1965 yillar oralig'ida u Parkinson kasalligi va boshqa harakat buzilishlarini davolash uchun stereotaktik texnikadan foydalangan holda jarrohlik operatsiyalarini o'tkazdi.

1965-1966-yillarda u AQSHning Vermont universiteti hayvonlar laboratoriyasida mikrovaskulyar jarrohlik (mikroskop yordamida bajariladigan qon tomir jarrohligi)ni oʻrgangan va bu usulni miyaga tatbiq etgan.

U 1967-yilda Tsyurixga qaytib keldi va Tsyurix klinikasidagi barcha miya va orqa miya jarrohligida mikrovaskulyar jarrohlik texnikasidan foydalana boshladi. Shunday qilib, zamonaviy neyroxirurgiyada yangi davr boshlandi. Tsyurixda tashkil etilgan mikroxirurgiya laboratoriyasi 1968-1993 yillarda butun dunyodan kelgan neyroxirurglarni tayyorlash markaziga aylandi. Yashargil bu davrda mikroneyroxirurgiya boʻyicha sakkizta kitob chop ettirdi. 1993 yil yanvar oyida u Tsyurix universitetining neyroxirurgiya klinikasi boshlig'i lavozimidan nafaqaga chiqdi.

Media[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rejissyor Atil Inanch tomonidan Gazi Yashargilning o'z hikoyasiga asoslangan " Miya ustasi, Gazi Yashargil " nomli hujjatli film 2021 yilning may oyida AQShda namoyish etilgan[3].


DIYARBAKIR GAZI YAŞARGIL O'QUV VA TADQIQOT KASALXONASI

Faxrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Professor Yashargil nomi bilan Oksford-Angliya, Little Rock-AQSh va Pekin-Xitoyda mikrojarrohlik laboratoriyalari tashkil etilgan.
  • Turkiya Neyroxirurgiya Jamiyatida yillik “Yashargil” ma’ruzalari” o‘qiladi.
  • Turkiyaning Diyarbakir shahridagi o‘quv va tadqiqot shifoxonasiga uning nomi berildi.
  • Istanbulning Boshakshehir shahridagi ko'chaga uning nomi berilgan[4].
  • Istanbulning Gaziosmanpaşa shahrida uning nomi bilan atalgan o'rta ta'lim muassasasi mavjud.
  • 2020-yilda uning 95 yilligi ilmiy tadbir bilan nishonlandi va butun dunyodan 10 mingga yaqin odam tashrif buyurdi va bu bilan rekord ko‘rsatkichga erishildi. “ Mikroneyroxirurgiya – o‘tmish, hozir va kelajak ” mavzusidagi xalqaro “vebinar”da professor Yashargil yana bir bor o'zining professional bilim va tajribasini butun dunyo bo'ylab kelgan neyroxirurglar bilan o'rtoqlashdi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Gazi Yaşargil: Neurosurgery's man of the century“. Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.
  2. Ak İkinc, Özlem „Yüzyılın Beyin Cerrahı Gazi Yaşargil: “Beyne Çok Hürmetli Olmak Gerek”“. Qaraldi: 2015-yil may.
  3. „Master of Brains, Gazi Yasargil“. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  4. „Gazi Yaşargil Caddesi“. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
  5. „Prof. Dr. Gazi Yaşargil 95 Yaşını 10 bin Cerrahla Kutladı“. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.