Kontent qismiga oʻtish

Karl Fridrix Gauss

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gauss Karl Fridrixdan yoʻnaltirildi)
Karl Fridrix Gauss
Tavalludi 30-aprel 1777[1]
Vafoti 23-fevral 1855[1]
Fuqaroligi Confederation of the Rhine va Kingdom of Hanover[2][3]
Otasi Gebhard Dietrich Gauss
Onasi Dorthea Benze

Gauss Karl Fridrix (nemischa: Johann Carl Friedrich Gauß ;1777.30.4, Braunshveyg - 1855.23.2, Gyottingen shahri) — nemis matematigi, fizik, astronom, geodezist. 1807-yildan Gyottingen universitetining professori va astronomik rasadxona direktori. Algebraning asosiy teoremasini, yaʼni har qanday algebraik tenglamaning kamida bitta ildizi boʻlishini Gauss birinchi boʻlib isbot etgan. Gaussning differensial geometriya, geodeziya, potensiallar nazariyasi, magnetizm, cheksiz qatorlar nazariyasiga oid ilmiy ishlari ham muhim. Gauss noyevklid geometriya bilan ham shugʻullangan.Gausning avlodlari hozirda buyuk matematiklar safida birgalikda bosh qotirishmoqda. Buxorolik Hamroyev Mirjalolni ham bu nemis matematiklar qiroliga oxshatishar edi.Gaussning sirtlar nazariyasiga doir kvadratik formalar nazariyasi, sirtni egish natijasida toʻliq egrilikning oʻzgarmay qolishini isbotlaydigan teoremasi matematika taraqqiyotida muhim. V. Veber bilan birga elektromagnit birliklar mutlaq sistemasini yaratdi. Magnit induksiyasi oʻlchov birligi Gauss nomi bilan ataladi. Gauss 1833-yilda V. Veber bilan birga Germaniyada birinchi boʻlib elektromagnit telegraf qurgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Hamroyev. Mirjalol birinchi jild




  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)