Algebraik tenglama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Algebraik tenglama – chap tomoni noma’lumlardan tuzilgan ko‘phaddan iborat bo‘lgan tenglama. Noma’lum xning tenglamani qanoatlantiradigan, ayniyatga aylantiradigan qiymatlari tenglamaning ildizlari yoki yechimlari deyiladi. Algebraning asosiy masalalaridan biri Algebraik tenglamaning ildizlarini topishdan iboratdir. 1, 2, 3 va 4 darajali Algebraik tenglama ildizlarini topish formulalari ma’lum, darajasi 5 va undan ortiq bo‘lgan tenglamalar uchun bunday formulalar umumiy holda mavjud emas. Ammo koeffitsiyentlari kompleks sonlar bo‘lgan ixtiyoriy tenglama kompleks yechimga ega (qarang Algebraning asosiy teoremasi).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil