Gary Cahill
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gary James Cahill[1] | ||
Tavallud sanasi | 19-dekabr 1985-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Dronfield, Angliya | ||
Boʻyi | 6 feet 4 inches (1.93 m)[3] | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2000 | AFC Dronfield | ||
2000—2004 | Aston Villa |
Gary James Cahill (talaffuzi: Gari Jeyms Keyxill; 1985-yil 19-dekabrda Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2004—2005-yillarda Gary Cahill 20 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasida uchta oʻyin oʻtkazgan[4]. 2007-yil boshida Angliyaning yangi yoshlar murabbiyi Stuart Pearce Cahillni oʻz jamoasiga taklif qilgan. Gary Cahillning Stuart Pearce qoʻl ostidagi birinchi oʻyini 2007-yil 6-fevralda ispanlarga qarshi oʻtkazilgan. Gary Cahill bu uchrashuvni zaxirada oʻtkazgan, maydonga tushmagan [5]. Uning yoshlar jamoasidagi debyuti 2007-yil 24-martda yangilangan „Wembley“ stadionida boʻlib oʻtgan, u yerda ingliz jamoasi italiyaliklar bilan durang oʻynagan. Cahill oʻyinni boshlab bergan va butun oʻyin davomida maydonda boʻlib, markaziy himoyada Anton Ferdinand bilan birga oʻynagan[6]. 2007-yilning may oyida Gary Cahill yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida qatnashadigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan[7]. Chempionatdan oldin Gary Cahill Slovakiya yoshlar terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida qatnashgan va turnirning oʻzida u faqat bir marta Chexiya terma jamoasi bilan guruh bosqichida oʻynagan. Hammasi boʻlib Gary Cahill Angliya yoshlar terma jamoasi safida uchta oʻyin oʻtkazgan[4].
2010-yil 3-sentabrda Gary Cahill nihoyat Angliya terma jamoasining asosiy tarkibida debyut qilgan. Bolgariya bilan 2012-yilgi Yevropa chempionati saralashida u jarohat olgan Michael Dawson oʻrniga maydonga tushgan. 2002-yil fevralida Michael Barrington Rickettsdan keyin „Bolton Wonderers“ futbol klubining Angliya terma jamoasidagi vakiliga aylangan[8]. 2011-yilning 29-martida Ganaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Gary Cahill ilk bor inglizlar jamoasida asosiy tarkibda maydonga tushgan[9]. 2011-yilning 2-sentabrida Bolgariyaga qarshi javob o‘yinida u terma jamoadagi ilk golini urgan[10]. 2012-yilning may oyida Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Roy Hodgson Gary Cahillni 2012-yilgi Yevropa chempionati tarkibga kiritgan. Biroq 2-iyun kuni Belgiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida Gary Cahill darvozabon harles Joseph John Hart bilan toʻqnashuvda jagʻini shikastlagan. Ushbu jarohat tufayli u chempionatni oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan[11].
Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa | Mamlakat | Mavsum | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|---|
Aston Villa F. C. | ![]() |
2004—2008 | 31 | 1 |
Burnley F. C. (ijara) | ![]() |
2004—2005 | 32 | 1 |
Sheffield United F. C. (ijara) | ![]() |
2007 | 16 | 2 |
Bolton Wanderers F. C. | ![]() |
2008—2012 | 147 | 15 |
Chelsea F. C. | ![]() |
2012—2019 | 288 | 25 |
Crystal Palace F. C. | ![]() |
2019—2021 | 47 | 1 |
A. F. C. Bournemouth | ![]() |
2021—2022 | 22 | 0 |
Umumiy faoliyatida | 583 | 45 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2-fevral 2018-yil). Qaraldi: 10-fevral 2018-yil.
- ↑ The PFA Footballers' Who's Who 2010–11. Edinburgh: Mainstream Publishing, 2010 — 71 bet. ISBN 978-1-84596-601-0.
- ↑ „Gary Cahill“. Chelsea F.C.. 29-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ 4,0 4,1 „Gary Cahill“ (en). The Football Association. 10-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentabr 2017-yil.
- ↑ „England U21 2-2 Spain U21“ (en). BBC (6-fevral 2007-yil). 10-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentabr 2017-yil.
- ↑ „England U21s draw Wembley cracker“ (en). BBC (24-mart 2007-yil). 23-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentabr 2017-yil.
- ↑ „Pearce names squad“ (en). The Football Association (30-may 2007-yil). 12-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentabr 2017-yil.
- ↑ „England and Spurs' Michael Dawson set for long lay-off“ (en). BBC (4-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2017-yil.
- ↑ Nakrani, Sachin. „England v Ghana: Winners and losers“ (en). The Guardian (29-mart 2011-yil). 11-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentabr 2017-yil.
- ↑ Draper, Rob. „Cahill's whirlwind: Gary puts country first after missing out on dream transfer“ (en). Daily Mail (3-sentabr 2011-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentabr 2017-yil.
- ↑ „England lose defender Cahill to broken jaw“ (en). UEFA (3-iyun 2012-yil). 20-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentabr 2017-yil.