Kontent qismiga oʻtish

Gabriyel El-Registan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gabriyel El-Registan
Tavalludi
Gabriyel Arshakovich Ureklyants

15-dekabr 1899-yil
Vafoti 30-iyun 1945-yil(1945-06-30)
(45 yoshda)
Moskva, RSFSR, SSSR
Taxallusi El-Registan
Ijod qilgan tillari Rus tili, Arman tili, Oʻzbek tili, Ozarbayjon tili va Tojik tili
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya imperiyasi
SSSR bayrogʻi SSSR
Yoʻnalish jurnalist, yozuvchi, shoir, front jurnalisti
Mukofotlari
Moskvadagi Novodevichy qabristonida Gabriyel El-Registanning qabri.

Gabriyel Arkadyevich Ureklyan (ruscha: Габриэ́ль Арка́дьевич Урекля́н; 15-dekabr 1899-yil; Samarqand 30-iyun 1945-yil Moskva) — sovet arman shoiri, Sovet Ittifoqi madhiyasining muallifi[1].

Gabriyel El-Registan Samarqandda arman millatiga mansub bankir oilasida tugʻilgan. U otasi Arshak Ureklyan (Arkadi Ureklyan) bilan birga 1890-yillarda Usmonli imperiyasi taʼqibidan qochib Tbilisiga ketadi, keyinroq Samarqandga koʻchib oʻtgan. 1917-yilgi oktyabr inqilobi va Rossiya fuqarolar urushi davrida bolsheviklar tomonida boʻlgan. Oʻrta Osiyoda turli siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan. Yozuvchi va jurnalist sifatida faoliyat yuritayotib, Registondan ilhomlanib „Al-Registan“ taxallusidan foydalangan. Bu davrda u Oʻrta Osiyodagi koʻplab gazetalarda ishlagan. Sovet maʼmuriyati uni isteʼdodli deb topdi va Moskvaga „Izvestiya“ gazetasiga ishlashga taklif etdi. Bu yerda u sovetlar davrida barpo etilayotgan yirik inshootlar va ogʻir sanoat kampaniyalari haqida maqolalar chop etdi. Bu davrda El-Registan kino senariylari va radio pyesalar ham yozgan. 1935-yilda El-Registan „Джульбарс“ filmi uchun ssenariy yozdi.

Natsistlar „Barbarossa“ operatsiyasi doirasida Sovet Ittifoqiga hujum qilganda, Al-Registan urushni yorituvchi maxsus muxbir boʻlib, tez-tez frontga boradi. U yozgan sheʼrlari Iosif Stalin maʼmuriyatining eʼtiborini tortgan va uning yangi yozilgan soʻzlari Sovet Ittifoqi madhiyasida Sergey Mixalkov soʻzlari bilan birga ishlatilgan[2]. 1944-yilda Sovet Ittifoqining madhiyasi rasman qabul qilindi.

Gabriel El-Registanning ikki farzandi boʻlgan. Oʻgʻli Garold va qizi Gayane. Oʻgʻli Garold Registon — shoir. Yozuvchi Moskvada aktrisa Valentina Galaninaga uylangan. 1945-yil 30-iyunda Moskvada vafot etgan. Uning jasadi Novodevichy qabristoniga dafn qilingan.

  1. Mixalkov S.V. Stalin gimn odobril (Wayback Machine saytida 2013-01-07 sanasida arxivlangan) // Ogonyok. 2007. № 10.
  2. Bouis, Solomon Volkov. Shostakovich and Stalin: the extraordinary relationship between the great composer and the brutal dictator. New York: H. Holt, 2004. ISBN 9780375410826. Qaraldi: 19-mart.