G‘ofur Qosimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
G‘ofur Qosimov
Tavalludi 1894-yil
Vafoti 1938-yil 4-oktyabr
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 19171938

G‘ofur Qosimov (18941938) — Namangan uyezdi „Qo‘shchi“ ittifoqi raisi. O‘zbekiston ipakchilik trestining direktori. 1938-yilda qatagʻon qurboni boʻlgan.

G‘ofur Qosimov 1894-yili O‘sh shahrida dehqon oilasida tug‘ilgan, otasidan 7 yoshida judo bo‘lib, onasi qo‘lida qolgan. 1897-yili oila doimiy yashash uchun Namangan shahriga ko‘chib kelgan. Otasidan hech qanday meros qolmagan

G‘ofur 6 yoshdan musulmon maktabida o‘qiydi, 12 yoshida yangi usuldagi o‘zbek maktabiga kiradi, 1908-yilgacha boylar qo‘lida xizmatkor bo‘lib ishlagan, asalari yetishtirgan. 1917-yilgi inqilobdan keyin Farg‘ona shahrida bir oylik qisqartirilgan pedagogik kursda o‘qigan va 1918-yili Namangan shahridagi pedagogik kurslarda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, 1919—1921-yillari Namangan shahar xalq maorifi boʻlimi mudiri boʻlib xizmat qiladi, 1921-yil aprel boshlarida partiya safiga o‘tadi, 1921-yili Namangan uyezd-shahar ijroiya komitetiga saylanadi va uyezd-shahar militsiya boshligʻi, uyezd-shahar partiya komiteti mas’ul kotibi, 1924-yildan 1925-yilgacha Namangan uyezd-shahar „Qo‘shchi“ ittifoqi raisi, 1925—1927-yillari Qo‘qon shahrida viloyat ijroiya komiteti umumiy bo‘lim mudiri, 1929—1930-yillari Namangan tumanida paxta Ittifoqi raisi, 1930—1931-yillari Andijon okrug kolxoz seksiyasi raisi bulib ishlaydi. 1931—1932-yillari Moskvada Oliy kolxozlar institutida o‘qiydi, o‘qishdan qaytib kelib yana Namangan tumani kolxoz ittifoqining raisi bo‘lib ishlaydi. 1932—1934-yillari Toshkentda O‘zbekiston ipakchilik trestining direktori boʻlib ishlaydi, shaxsiy varaqasida 1919—1922-yillari bosmachilik frontida 184 marotaba urushda qatnashgani qayd etilgan. 1923-yil oktyabrida bosmachilikka qarshi kurashdagi qahramonona ishlari uchun SSSR Markaziy Ijroiya Komiteti prezidiumi qarori bilan G‘afur Qosimov SSSR Markaziy Ijroiya Komitetining yorlig‘i bilan taqdirlangan[1].

Shaxsiy varaqasida VKP (b) Markaziy Komiteti Oʻrta Osiyo byurosi tomonidan 1929-yili Gʻafur Qosimovga maxbus qoʻrboshilarni ozod qilinishiga qarshilik bildirgani uchun xayfsan eʼlon qilingani qayd etilgan.

SSSR Oliy Sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 4-oktyabr yigʻilishida Gʻafur Qosimov otishga hukm qilindi. Hukm oʻsha kuni ijro etilgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rustambek Shamsiddinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari. 1-kitob. Toshkent, „Sharq“ 2012 — 97 bet. ISBN 9789943004818. 
  2. O'zbekistonda sovet davlatining qatag'on siyosati. Ilmiy maqolalar toʻplami. Toshkent, 2012 — 48 bet.