Kontent qismiga oʻtish

Gʻaribiya madrasasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Madrasa
Gʻaribiya madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 52 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Gʻaribiya madrasasiBuxoro madrasasi.


Gʻaribiya madrasasi Hoji Omonboy guzarida[1], bunyod etilgan boʻlib, Buxorodagi eng koʻhna madrasalardan biri hisoblanadi. Ushbu madrasadan koʻplab buyuk allomalar va avliyolar yetishib chiqqan va ular keyinchalik talabalarga ham dars berishgan. Manbalarda ushbu madrasada Xoja Muhammad Bahovuddin Naqshband taʼlim olgan. Gʻaribiya madrasasi uchinchi darajadagi oliy toifaga mansub va vaqf mulkiga ega. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Abdurauf Firat maʼlumotlariga koʻra madrasaning yillik vaqf mablagʻi 40 ming tangani tashkil etgan. Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid koʻplab vaqf hujjatlarini aniqlagan. Dastlabki vaqf hujjatida ushbu madrasa uchun 1883—1884-yillar Qorakoʻl tumanida 100 tanob yer vaqf qilinadi. Ushbu vaqf hujjati koʻchirmasi qozikalon Muhammad Sharif muhri bilan tasdiqlangan Ikkinchi vaqf hujjatida madrasa uchun Oshpaymon mavzesi yerlari vaqf qilingan va Amir Shohmurod muhri bilan tasdiqlangan. Uchinchi vaqf hujjatida ushbu madrasa uchun Komot tumanidagi Sariosiyo mavzesida 100 tanob yer vaqf qilingan boʻlib, hujjat asl nusxasi saqlanmagan. Madrasa vaqf hujjatida mudarrislar va ularning maoshlari toʻgʻrisida maʼlumotlar ham mavjud. Jumladan Musoxoja maoshi 77 tilla, mulla Hasan maoshi 40 tillani tashkil etgan. Vaqf hujjatlarida madrasada oʻqigan talabalar toʻgʻrisida maʼlumotlar ham mavjud. Gʻaribiya madrasasida shoʻrolar davriga qadar dars oʻtilgan. Olga Suxareva maʼlumotlariga koʻra ushbu madrasa Gʻaribiya guzarida joylashgan va bir nechta hujrasi saqlanib qolgan[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 52 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3].


Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻaribiya madrasasi 52 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.


  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. 
  3. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.