Futbol boʻyicha 2000-yilgi Osiyo kubogi finali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2000-yilgi OFK Osiyo kubogi finali 2000-yilgi Osiyo kubogigʻolibini aniqlash uchun oʻtkazilgan futbol oʻyini boʻlib, Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʼzo assotsiatsiyalarning erkaklar terma jamoalari oʻrtasida toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan musobaqa gʻolibini aniqlab beradi. Oʻyin 2000-yil 20-oktabrda Livanning Bayrut shahridagi Camille Chamoun Sports City stadionida boʻlib oʻtdi va unda Yaponiya va Saudiya Arabistoni oʻrtasida bahs boʻlib oʻtadi.

Yaponiya OFK Osiyo Kubogi finalida oʻzining yagona gʻalabasini 1992-yilgi turnirga mezbonlik qilgan paytda qoʻlga kiritgan boʻlsa, Saudiya Arabistoni esa ketma-ket besh marta ushbu kubokda gʻolib chiqqan. 1992-yilgi finalda Yaponiya Saudiya Arabistoni terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida gʻalabaga erishgan. Yaponiya darvozaboni Yoshikatsu Kavaguchi Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchilari tomonidan berilgan koʻplab zarbalarini qaytarib koʻrsatgan seyvlari uchun unga „Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi“ sovrini taqdim etildi.

Stadion[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livanning Bayrut shahrida joylashgan Camille Chamoun Sports City Stadium 2000-yilgi Osiyo Kubogi finaliga mezbonlik qildi[1]. 49 500 oʻrinli stadion 1957-yilda qurilgan boʻlib, asosan Livan milliy futbol jamoasi tomonidan foydalaniladi[2]. Bu 2000-yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish uchun foydalanilgan asosiy stadion edi. Stadionda oltita oʻyin oʻtkazildi, shu jumladan ochilish oʻyini va final[3][1].

Oʻyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 16:00 da Bayrutdagi Camille Chamoun Sports City stadionida[4] 49 500 tomoshabinning tashrifida boshlandi. Oʻyinning 10-daqiqasida yaponiyalik yarim himoyachi Shigeyoshi Mochizuki raqib yarim himoyachisi Talal Al-Meshalga qarshi jarima maydonchasida qoʻpollik ishlatdi, ammo Saudiya Arabistoni hujumchisi Hamza Idris penaltini golga aylantira olmadi. Shunsuke Nakamuraning chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatmasidan soʻng Mochizuki yaqin masofadan gol urdi. Yaponiya ikkinchi bor gol urishga yaqin keldi, hujumchi Naohiro Takahara yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. 42-daqiqada Nakamuraning zarbasidan keyin toʻp darvoza toʻsiniga tegdi, ushbu vaziyatda Yaponiya dublga erishish imkoniyatiga ega boʻlgandi, ammo hisob oʻzgarmadi.

Oʻyinning ikkinchi boʻlimida Saudiya Arabistoni oʻzining hujumkor oʻyinlari bilan javob qaytardi va oʻyinni oʻz tarafiga ogʻdirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Muhammad Al-Shalxub va yarim himoyachi Navaf Al-Temyat oʻyini sezilarli darajada oʻzgartirdi. Al-Shalxub hujumidan soʻng yaponiyalik darvozabon Yoshikatsu Kavaguchini 59-daqiqada ajoyib seyv namoyish etdi. Oradan 5 daqiqa oʻtib Al-Meshalning boshi bilan uzatgan toʻpini ham Kavaguchi qaytardi.

Yaponiyalik hujumchi Atsushi Yanagisava 80-daqiqadan soʻng oʻyinning tugashiga atigi 7 daqiqa qolganda maydonga tushdi. Kavaguchi 87-daqiqada Navaf Al-Temyatning 25 metrlik masofadan yoʻllagan zarbasini qaytardi va uchrashuvdagi eng yaxshi seyvni namoyish etdi. Uchrashuv 1:0 hisobida Yaponiya foydasiga yakunlandi va ushbu oʻyinda Kavaguchi „Eng yaxshi futbolchi“ sovrini bilan taqdirlandi.

Tafsilotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yil 29-oktabr
16:00 UTC+3[4]
Yaponiya  1-0  Saudiya Arabistoni Sports City Stadium, Beirut
Tomoshabinlar: 49,500
Hakam: Ali Bujsaim (United Arab Emirates)
forma
Yaponiya
forma
Saudiya Arabistoni
GK 1 Yoshikatsu Kawaguchi
CB 3 Naoki Matsuda
CB 4 Ryuzo Morioka (c) Booked
CB 6 Toshihiro Hattori
RM 8 Shigeyoshi Mochizuki Booked
CM 24 Tomokazu Myojin
CM 10 Hiroshi Nanami
LM 12 Hiroaki Morishima Substituted off 89'
AM 14 Shunsuke Nakamura
CF 9 Naohiro Takahara Booked Substituted off 80'
CF 29 Akinori Nishizawa
Zaxira:
FW 13 Atsushi Yanagisawa Substituted in 80' Substituted off 88'
MF 15 Daisuke Oku Booked Substituted in 88'
MF 30 Shinji Ono Substituted in 89'
Murabbiy:
Fransiya Philippe Troussier
GK 1 Mohamed Al-Deayea
CB 3 Mohammed Al-Khilaiwi
CB 12 Ahmed Dokhi
CB 13 Saleh Al-Saqri
RWB 16 Fouzi Al-Shehri Substituted off 72'
LWB 23 Ahmed Khalil Al-Dosari (c) Booked
RM 19 Hamzah Idris Substituted off 46'
CM 17 Abdullah Al-Waked
LM 29 Talal Al-Meshal
AM 18 Nawaf Al-Temyat
CF 9 Sami Al-Jaber
Zaxira:
MF 20 Mohammad Al-Shalhoub Substituted in 46'
MF 14 Marzouk Al-Otaibi Substituted in 72'
Murabbiy:
Chexiya Milan Máčala
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Yoshikatsu Kavaguchi (Yaponiya)[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Japan - Saudi-Arabien 1:0 (Asian Cup 2000 Libanon, Finale)“ (de). weltfussball.de. Qaraldi: 2020-yil 21-iyun.
  2. „Our History – Camille Chamoun Sports City“ (en-US). 2019-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  3. „Libanon - Iran 0:4 (Asian Cup 2000 Libanon, Gruppe A)“ (de). weltfussball.de. Qaraldi: 2020-yil 21-iyun.
  4. 4,0 4,1 AFC Asian Cup History Book, Kuala Lumpur, 2019 — 244 bet. 
  5. Himmer. „Japan edges Saudi Arabia to become Asian champion“ (en-US). The Japan Times (2000-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 21-iyun.