Fronton
Fronton (frans. fronton — peshona, old tomon) — binoning bosh tarzi, portik, tepa qismining tugallanish kismi; uchburchak, ayrim hollarda yoysimon shaklda boʻladi. Yuqoridan tom qirralari, pastdan karniz bilan chegaralanadi. F. yuzasi koʻpincha haykallar, boʻrtma tasvirlar bilan bezatiladi. Bino eshik va derazalarining tepa qismida F. shaklidan bezak maqsadlarida foydalaniladi. Koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari devoridan boʻrtib chiqqan eshik, deraza, ayvonlar tepasidagi meʼmoriy qismlarda ham F. qoʻllanishi mumkin.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |