Foydalanuvchi munozarasi:Sobitjonova Navro'za

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xush kelibsiz!

Salom, Sobitjonova Navro'za! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga Vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning ismingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, Vikipediya:Forum/Yordam sahifasiga tashrif buyuring yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Yana bir bor xush kelibsiz! 

Do not speak Uzbek? Click here.

--MalikxanBot aloqa 19:55, 25-Noyabr 2022 (UTC)[javob berish]

Afg'oniston tabiiy sharoiti[manbasini tahrirlash]

Afgoniston asosan tog'li mamlakat. Mamlakat maydonining 4/5 qismining tog' tizmalari va yassitog'liklar egallagan. Asosiy tog' zanjiri Hindiqush va uning kenglik yo'nalishi bo'yicha davomi bolgan tizmalar Afg'onistonning shimoliy va janubiy qismlari orasida transport, aloqalarida jiddiy to'siq hosil qildi. Hindiqushni odatda, Sharqiy va Garbiy (Markaziy) qismga bo'linadi. Hindiqushning eng chekka sharqi Pomir bilan o'xshash, nisbatan past, tizmalar bir-biri bilan daryo vodiylari bilan ajralgan. G'arbga tomon Sharqiy Hindiqush ko'tarilib borib, meridional yo'nalishda vodiylar bilan ajralgan va tik qoyali to'g zanjirlari Afg'oniston Badaxshoni va Nuristoni deb ataladi. Sharqiy Hindiqushning asosiy cho'qqilari granitdan tarkib topgan va 6000 m.dan ortadi. Aynan shu yerda Afg'onistonning eng baland cho'qqisi Naushak (7485 m) joylashgan. Mamlakatning boshqa qismlaridan farq qilib, muzliklar va doimiy qorlar 3000 km2 maydonni egallaydi. Sharqiy Hindiqushda davonlar kop, lekin ular 4000 m. balandda joylashgan. Markaziy Hindiqush Sharqiy Hindiqushdan pastda. U relyefning turli shakllari bilan farq qiladi, ular orasida keskin ko'tarilgan, qirrali, alp tipidagi tog'lar bilan birga ortacha balandlikdagi tog'lar ham uchraydi. Daryo vodiylari uchun keng uzunasiga cho'zilgan va ko'ndalang uchastkalarning almashinib kelishi xosdir. Davonlar dengiz sathidan 3000 m. balandlikda bo'lib, yil boyi bu yerdan o'tish mumkin, lekin qishda qorlardan yo'llar to'silib avtomashinalar uchun yo'l yopiladi Sobitjonova Navro'za (munozara) 03:06, 1-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]