Foydalanuvchi:Sobitjonova Navro'za

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aholisi va mehnat resurslari.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat aholisi 2007 yil 30 mln kishiga yetdi. Mamlakat aholisining milliy tarkibi bir xil emas. Mamlakatda 20 dan ortiq turli millat vakillari yashaydi. Taxminan 42 % aholi afg‘onlar (psuhtunlar) tashkil qiladi. Ular mamlakatning janubi-g‘arbida, janubida va janubi-sharqida yashaydi. Tojiklar 27 % markaziy tog‘li rayon Qohiston va Qohdamonda Badahshonning shimoli-sharqida, shuningdek hamma shaharlarda, o‘zbeklar 9% shimolda, hazariylar 9% Hazarojat markaziy rayonida, oz miqdorda g‘arbda charaymoqlar, eng chekka shimoli-g‘arbda turkmanlar, undan tashqari qozoqlar, balujiylar (va boshqalar) yashaydi. Forslar va kurdlar - Eron chegarasi yaqinida, arablar-shimolda, qirg‘izlar - Badahshonda yashaydilar. Afg‘onistonda 30 dan ortiq tillar mavjud. Davlat tili - pushtu (mamlakat aholisining 35%i gaplashadi) va dari 50%, boshqa tillardan о`zbek, turkman, balujiy. Afg‘onistonda turkiy tillardan o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz va uyg‘ur. Oz miqdordagi mangollar о`z tillarida gaplashishadi. Arab grafikasi asosidagi yozuv mamlakatda faqat zamonaviy fors-dari va pushtu tillarida bor. Qolgan tillar yozuvsiz.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholining katta qismini musulmonlar tashkil qiladi, sunniylar 80 %, shiyalar 19 %, boshqa dinlardan hindular yahudiylar, armono-grigoryan va armono-katoliklar o‘z e’tiqodlarini saqlab qolganlar.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kо`pchilik afg‘onlar, hazariylar, charaymoqlar, o‘zbeklar, turkmanlar, qirg‘izlar va boshqalar zero ko‘p holda o‘zining oldingi ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsada qabilaviy bo‘lishini saqlab qolganlar.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Taxminiy hisoblarga ko‘ra Afg‘oniston aholisining o‘rtacha o‘sishi XX asrning 30 yillarida 0,5 -1 % ni, 50 yillarda 1,5 - 2 %ni, 70 yillarda 2,3 %ni tashkil etdi. Shunday qilib dunyoning demografik portlashi Afg‘onistonda ham yuz berdi. So‘nggi chorak asr davomida Afg‘oniston aholisi 1,5 martaga kо`paydi. O‘sish 4,77 %.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mamlakat hududi bo‘yicha aholi notekkis taqsimlangan. О`rtacha zichlik 1 km2 da 30 kishi atrofida. Hosildor daryo vodiylarida zichlik 100 kishidan oshadi, janubda quruq cho‘llarda esa, 1 km2ga zo‘rg‘a bir kishi to‘g‘ri keladi.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Erkaklarning soni ayollarga nisbatan bir muncha yuqori 52%, ayollar esa 48% ni tashkil qiladi. Ayollar xissasining kamligi ijtimoiy - maishiy sharoitning yomonligi tufayli ular o‘rtasida о`limning yuqoriligi bilan izohlanadi. Erta turmush qurish ham ayollar о`rtasida kasallikning tarqalishiga, tug‘ishda ayollar о`limining yuqoriligiga sabab bo‘ladi. Ayollarning 35-40 yoshda erta qarishi kuzatiladi.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Savodlilik: erkaklarda – 51%, ayolarda – 21%.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mamlakatda tug‘ilish juda yuqori har 1000 kishiga 47,02 ta bola (2007 yil).О`lim har 1000 kishiga 20,75 ta to‘g‘ri keladi (bolalar o‘limi har 1000 chaqaloqqa 163 ta bola o‘limi). О`rtacha umr kо`rish erkaklarda 42,71 yosh, ayollarda 43,1 yosh (2007 yil).[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mehnatga layoqatli aholi 15 mln kishini tashkil qiladi. Ayollarning katta qismi uy yumishlarida band. Qishloq xo‘jaligida - 80 %, sanoatda – 10 %, xizmat ko‘rsatishda – 10 %.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Har yili mavsumiy migratsya afg‘on ko‘chmanсһі va yarim ko‘chmanchilarning qishda Afgonistondan Pokistonga va ortga qaytishi katta ahmiyatga ega. 2,5 mln kishi kо`chmanchi podachilar. Keyingi 10 yillar ichida ⅓ qism aholi mamlakatdan Pokistonga 3mln qochoq о`tib panoh topdi va Eronga 1.300.000 qochoq о`tdi.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ichki migratsiyada asosan kо`chmanchi va yarim kо`chmanchilarning mavsumiy harakati xosdir, chekka rayonlardan bahorda markaziy tog‘ massivlariga tomon, kuzda esa ortga qaytishadi. Qishloq, asosan tog‘li joylardan ishchilarning mavsumiy harakati vohalarga va shaharlarga qishloq aholisining doimiy oqimining ortishi katta ahamiyatga ega. Kelgindilarning shaharlarda o‘troq qolishi natijasida shahar aholisining soni tez sur’atlar bilan о`sdi.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Afg‘oniston shaharlari dehqonlar, hunarmandlar va 1 yilda ikki marta о`rtuvchi kо`chmanchi - chorvadorlar о`rtasida almashuv markazi sifatida, hamda viloyatlararo va transosiyo karvon savdosida tayanch punkti vazifasini о`tagan. Afg‘onistonda yirik shaharlar kam: ulardan mamlakat poytaxti Qobul (700.000 kishi), Kandoxor, Hirot, Mazori-Sharif.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qishloq aholisi Afg‘oniston aholisining katta qismini tashkil qiladi. Qishloqlar odatda bir nechta kvartallardan tashkil topgan bo‘lib, zich qurilgan uylarda bir-biriga yaqin qarindosh bo‘lgan oilalar yashaydi. Ko‘chmanchilarni lagerlari о`ziga xos ko‘rinishga ega. Ular bir ikki qator yoki doira bo‘lib joylashib o‘rtaga mollarini haydashadi.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xo‘jaligiga umumiy ta’rif. Afg‘oniston sug‘orma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi mamlakati. Qishloq xo‘jaligi mamlakat aholisining deyarli 80% aholisi band. Bu tarmoqlar ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Fabrika – zavod ishlab chiqarishi yaxshi rivojlanmagan. Afg‘onistonda sanoatni barpo qilish faqat XX asrning 30 yillari oxiridan boshlandi. Asosiy korxonlarani yetkachi tarmoqlari davlatga, aralash yoki xususiy sektorga qarashli. Eng zarur ba’zi mahsulotlar qo‘l mehnati bilan tayorlanadi. Sanoat о`zining rivojlanish darajasini oshirib borayapti. Mamlakatning xalq xo‘jaligi kompleksi asta-sekin zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib bormoqda.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sanoati. Tog‘-kon sanoati bir muncha rivojlangan tarmoq hisoblanadi. Shimoldagi tog‘lardan toshko‘mir, toshtuzi, lazurit, (8 t), Shibirg‘on rayonidan tabiiy gaz va neft qazib chiqariladi. Temir rudasi, rangli metallar va qurilish materiallari qazib olinadi. Sovet va Afg‘on geologlari hamkorlikda ochilgan Qobul yaqinidagi mis koni asosida tog‘ - kon boyitish kombinati qurilgan. Mamlakatning energiya bazasi o‘smoqda. Qobul daryosida bir qancha GESlar qurilgan. Ulardan Naglu (quvvati 100 ming kVt/s), shuningdek Jalolobod irrigatsiya kanalidagi to‘g‘on (platina) (11 ming kVt/s). Umumiy quvvati 21.000.000 kVt/s bo‘lgan GES lar kaskadi Panj daryosida hamkorlikda qurilgan. Mozori-Sharifda IES qurilgan. 1 yilda 905 ming kVt/s elektr energiya ishlab chiqariladi. Ehtiyoji – 1.042 mln kVt/s, importi – 200 ming kVt/s.  [tahrir | manbasini tahrirlash]
Afg‘oniston sanoatining yetakchi tarmog‘i to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati hisoblanadi. To‘qimachilik sanoati avvalo ip-gazlama, keyin jun va ipak gazlamalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.Yirik to‘qimachilik ishlab chiqarish sanoati Gulbahordagi ip-gazlama kombinati, Puli-Humrida, Qobul, Balxda ip-gazlama fabrikasi, Qondahorda jun to‘qimachilik fabrikasi bor. Hirot, Mozori-Sharif, Maymonda ham to‘qimachilik fabrikalari bor. Qo‘l mehnati asosidagi to‘qimachilik, jumladan gilamchilik keng tarqalgan. Gilam Afg‘oniston eksportining asosini tashkil qiladi.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oziq-ovqat sanoati strukturasida non mahsulotlari, yog‘-moy ishlab chiqarish sanoati, shakar, meva konservalari, ishlab chiqarish rivojlangan. Oziq-ovqat korxonlari orasida eng yiriklari: Qondahorda - meva konserva zavodi, Baglonda - shakar, Qunduz va Lashgargohda yog‘- moy-margarin , Qobulda non kombinati bor.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qurilish materiallari korxonalaridan muhimlari: Puli- Humri va Jabal-us-Sirojda sement zavodi, Qobulda uy qurilishi uchun yirik ponellar ishlab chiqarish kombinati bor. Mozori-Sharifda, birinchi kimyo sanoati kimyoviy o‘g‘itlar zavodi qurilgan.[tahrir | manbasini tahrirlash]
1956-1957 yillardan boshlab Afg‘onistonda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining besh yillik dasturi joriy qilindi. Bu rejalarning amalga oshirilishi natijasida birinchi yirik sanoat korxonalari va elektrostansiyalar irrigatsiya inshootlari, shosse yo‘llar, ayradromlar qurildi.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Afg‘onistonnig iqtisodiy rivojlanishida dunyo jamoatchiligi, jumladan sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa davlatlar qo‘llab-quvvatladilar. Iqtisodiy va texnik hamkorlikda Afg‘onistonda mexonizatsiyalashgan non kombinati uy-qurilish kombinati, asafaltbeton va Qobulda avtota`mirlov-mexanika zavodalari qurilgan. Jalolobobda sug‘oruv sistemasi, ya’ni Panj daryosida Sherxon porti, Puli-Hamrida tegirmon, Nagluda mamlakatda yirik GES, Qobul-Sherxon, Kushka-Hirot-Qandahor va boshqa shosse yo‘llar qurildi.[tahrir | manbasini tahrirlash]
2002 yil yanvarda Tokyo donorlar konferensiyasida Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklash masalasi ko‘rib chiqildi. Konferensiyada rekonstruksiya ishlariga 4,5 mlrd. AQSH dollari jalb qilishga kelishildi. Shundan 900 mln aholini ijtimoiy himoyalashga ajratildi.  [tahrir | manbasini tahrirlash]