Foydalanuvchi munozarasi:Shermuhammad Ergashev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
   Help-browser.svg Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Shermuhammad Ergashev!
Crystal Clear app ktip.svg Birinchi qadam Vikipediya ishtirokchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin
Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda belgisi bilan (~~~~) yoki unsurlar darchasidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda taxallusni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Ishtirokchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi! Batafsil koʻring — Vikipediya:Mualliflik huquqlari.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish uchun matn boshiga {{subst:L}} soʻzini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz! Xavasist (munozara) 17:58, 26-Aprel 2020 (UTC)Reply[javob berish]

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Crystal128-kanagram.svg Maqolalarni nomlash
View-refresh.svg Maqola qanday yoziladi?
Accessories-text-editor.svg Qoida va koʻrsatmalar
Crystal Clear app lphoto.png Tasvirlar bilan bezash
Green copyright.svg Mualliflik huquqlari
Nuvola apps bookcase.svg Glossariy

Qilich egalari.[manbasini tahrirlash]

Аlp Er To‘ng‘a, «Markaziy Osiyo tadrijiy tarqqiyotida muhim o‘ringa ega zot»  

Xoqonlar o‘lkasida tug‘ilgan, asli ismi Maday bahodir arab:(ماداي شجاع)(to‘ng‘ich o‘g‘il)

Аlp Er To‘ng‘a (arslon, sher, yo‘rbars)ga tenglashtirilgan jangchi, turkiylar davlatining asoschisi. (mil. avv. V asr) Maday bahodir ayyorlikni bilmaydigan to‘g‘ri so‘zli sodda va ishonuvchan farzand edi.. yengilmas sarkarda bo‘lib yetishganda ham shundayligicha qoldi, bu xaqda buyuk tilshunos Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» kitobi orqali bizgacha yetib kelgan ash’oriy parchalar qadimgi turkiy xalqlarning eng nodir adabiy yodgorligi bo‘lib bu xaqda habar beradi, shuningdek (А. Fitrat yozgan «Eng Eski turkiy adabiyotining namunalari» kitobi, «Аlp Er To‘ngaga bag‘ishlangan marsiya» (10 ta to‘rtlik), «Qish va Yoz» «23 ta to‘rtlik), «O‘q va Yoy» (5 ta to‘rtlik), «Uruish maydoni haqida» (17 ta to‘rtlik), «Yoz o‘yinlari» (6 ta to‘rtlik), «Ovdan urushqacha» (12 ta to‘rtlik) «Tangut bekning urushi» (8 ta to‘rtlik) nomi bilan ash’oriy asarlardan, ajoyib olima I. V. Stebleva esa «Tangutlar bilan jang» (20 ta to‘rtlik), «Uyg‘urlar bilan jang» (6 ta to‘rtlik), «Yaboqular bilan jang» 7 ta to‘rtlik), «Yaboqulor bilan jang» (5 ta to‘rtlik), «Аlp Er To‘nga marsiyasi» (11 ta to’rtlik), «Noma‘lum qahramon marsiyasi» (4 ta to‘rtlik), «Qish va Yoz munozarasi» (23 ta to‘rtlik), S. M. Mutallibov nashrga tayyorlagan uch tomlik (1960, 1961, 1963) devon.) da xabarlar bor. Аlp Er To‘ng‘a qadimiy adabiyotlarda Turon deb ataluvchi pasttekisligida yashagan barcha turkiy qavmlarni birlashtirish uchun tinimsiz kurashgan. Sharqda uyg‘urlarga qarshi jang qildi, Irtish daryosi bo‘ylariga qo‘shin tortib borib, tangutlar, yabouqlar va basmil qavmlarini bo‘ysundirib, barcha turkiy xalqlarni bir davlat qilib birlashtirgan shxs sifatida qayd etiladi, asl ismi Maday bahodir zot, xuddi buyuk ajdodi Turkdek birlashtiruvchi salohiyatga ega bo‘lib, Turkiy zamin taxtiga o‘tirdi u avval butun Turon hududida mustahkamlanib olgach, turkiylar yurtiga ora-sira tajovuz qilib, o‘zlarining bemaza diniy qarashlari bilan Turkiylarning diniy ediqodiga rahna solib turgan Fors shoxlariga qarshi kurash boshladi. Buyuk sarkarda o‘z dushmanlari va itoat etmagan qabilalarga nisbatan shafqatsiz, biroq do‘stlari va o‘z fuqarosiga nisbatan sahiy va mard xoqon edi. Katta qo‘shin bilan Fors ustiga (hozirgi Fors bug‘ozi hududi) boshlangan harbiy yurish barcha Fors diyorini zabt etish bilan yakunlandi. Аlp Er To‘ng‘a 12 yil davomida forsni qattiq nazoratda ushladi, so‘ngra fors zodagonlari o‘rtasida sulh tuzilib ularga harakatlanish uchun yengillik berilgan. Аlp Er To‘ng‘aning Qoz ismli qizi hozirgi Eron hududidagi Qazvin va Qum shaharlarini barpo qilgan. Turkiylarning betakror shahri bo‘lgan Qazvin shahrida malika Qoz g‘ozni ko‘paytirgan edi-degan rivoyat shundan bo‘lsa kerak. Shahar nomi Qazvin-Qoz so‘zining qisqargan shakli bo‘lib, shahar o‘zining bunyodkori bo‘lgan xoqon qizi malika Qoz nomiga qo‘yilgan va u Qoz shahri ma‘nosini ham anglatadi. Shahar nomining ikkinchi ma‘nosi Qiz shahrini bildirgan. Qum shahri atroflarida esa malika Qoz ov qilish bilan shug‘ullangan deyiladi. Bu shahar qumli yerda qurilganligi uchun shunday (turkiy nom bilan) atalgan va xoqon oilasining ov qiladigan asosiy makoni bo‘lgan. Shuningdek, ilik vodiysi (Sharqiy Turkiston)ga oquvchi katta suvning Qoz suvi deb atalish sababi ham u yerda malika Qoz daryo suvi qirg‘og‘iga yirik qal’a qurganligi uchundir. Аlp Er To‘ng‘aning Baqan va Barsag‘on degan ikki o‘g‘li bo‘lib, ular Farg‘ona vodiysida hukmronlik qilishgan. Barsag‘on bu hududda Barsag‘on va Bormon shaharlarini qurdirgan. Ba‘zi tadqiqotlarda keltirilishicha, Marv shahrini ham Аlp Er To‘ng‘aning boshqa o‘g‘li – Marviy Shohijon qurdirgan. O‘rta asrlar davriga oid tarixiy manbalarda Marv shahri ulug‘lanib, Marvi shohi jahon (Marv-jahonning shoh shahri) deb bejiz madh etilmagan. Mahmud Qoshg‘ariyning fikricha esa, Marvni Аlp Er To‘ng‘aning o‘zi bino qilgan, hukmronlik borasida Аlp Xoqon, Qoshg‘arni, Buxoroni o‘z davlatining potaxti deb e‘lon qilganligi xaqida ma’lumotlar bor. (qarang:Yoqut al-Hamaviy, «Mujdam al-bujdan» asari) Bizning fikrimizcha Аlp Xoqon qayerda yashash uchun to‘xtagan bo‘lsa o’sha yerni ma‘lum muddat poytaxt deb sanalavergan bo‘lsa kerak, ko‘p manbalarda Xoqoniya o‘lkasida yashovchilar ilm fan va inshaotlar qurilishida ham ilg‘or bo‘lishganligi aytilgan. Аlp Er To‘ng‘a zamonasida Turkiylar yashayotgan hudud boshqaruvi kengaygan, yashovchi xalqlar esa osoyishtalikka erishgan. Аlp Er To‘ng‘a o‘ziga poytaxt qilib Samarqand shahrini tanlaganini va shu yerdan turib butun Turkiy zaminni boshqarganini hisobga olsak, ajdodlarimiz hozirgi O’zbekiston hududida Аlp Er To’ng’ay zamonidan buyon muntazam yashab kelayotganiga to‘liq ishonch hosil qilamiz. Аlp Er To‘ng‘a zamonida Turon zamin xalqi shunday metindek birlashgan xalq bo‘lganki, g‘animlari uning qudrati oldida ojiz qolgan va ochiq jangda g‘alaba qila olmasliklarini yaxshi his etib turgan, vaqt o‘tib fors zodagonlari hiyla-nayrang yo‘liga o‘tganlar. Miloddan avvlgi 624 yili Midiya shohi Kayxusrav, Turkiy zamin Xoqoni Аlp Er To‘ng‘aga “sadoqat”ini ko‘rsatish niqobi ostida uni ziyofatta chorlaydi va ziyofat chog‘i unga zahar berib halok etadi. Uning uxlab yotgan lashkarboshilarini o‘ldirtiradi. Soddadillik, samimiyat va ishonuvchanlik turk eliga tug‘ma odat edi. Uxlab yotgan kishiga qilich urish nomardlik hisoblanardi u paytlar, ammo Midiyaliklar bu sharmandalikdan qaytmadilar. Аlp Er xoqon halok bo‘lishi miloddan avvalgi 624 yilning kuzida yuz beradi. Shu yo‘qotishdan keyin Turkiy zamin qudrati zaiflashganday bo‘ldi, Xorazm ma‘lum muddat fors zodagonlari ta‘sirida qoldi, Turkiy xalqlar bo‘linib, qabilalarga ajralib ketdi. Shu qabilalardan bir nechasi Onado‘li-hozirgi Turkiya hududiga borib joylashdilar, joylashib o‘zlaring mustahkam qo‘rg‘onlarini barpo qildilar. Buxoro, Marv, Turkman cho‘llarida Turkiylar o‘z salohiyatini saqlab qoldi, Farg‘ona aholisi va Samarqand, Xuroson hududlari, Choch, Yetti suv hudulari bir bo‘lib birlashdi, dashti qipchoq yerlarida yangi qabilalar paydo bo‘ldi, G‘ulja va Chin yerlarida qoldi turkiylar, ammo asrlar o‘tsa ham Аlp Er To‘ng‘a nomi Turkiy zamin va turkiy xalqlar yodida abadiy saqlanib qoladi. Mahmud Koshg‘ariy “Devon ul-lug‘atut turk” asarini yozish uchun manbalar to‘plash maqsadida Turkiy zamin bo‘ylab qilgan sayohatlari davomida Maday bahodir (to‘ng‘ich o‘g‘il) haqida xalq yaratgan madhiya va marsiyalarni ko‘plab eshitadi. Shulardan ayrimlarini xalq og‘zidan yozib olib, o‘z kitobiga kiritadi. Аbdurauf Fitrat shu asardagi o‘sha marsiyalarni “Eng eski turkiy adabiyotlar namunalari” kitobiga kiritadi va 1927 yili nashr ettiradi. Mana o‘sha marsiyalardan namuna:

Аlp Er To‘ng‘a o‘ldimi,

Yomon dunyo qoldimi.

Zamona o‘chin oldimi,

Endi yurak yirtilur.

Аlp Er xoqon zamonida hozirgi Samarqand shahri SEMIZKENT deb atalgan. Bu haqda Mahmud Qoshg‘ariy bitiklaridan foydalanib, akademik Ibrohim Mo‘minov va boshqa olimlar ma‘lumot yozib qoldirishgan.

SEMIZKENTning lug‘aviy ma‘nosi boy-badavlat, to‘kin-sochin, farovon, ma‘mur va buyuk shahar demakdir.

Abu rayxon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» bitigida Аlp Er xoqonni forslar afsonaviy Afrosiyob qilib tasvirlaganlilari xaqida yozadi.

Tayorlovchi Shermuhammad Ergashev Shermuhammad Ergashev (munozara) 10:42, 5-Aprel 2021 (UTC)Reply[javob berish]