Foydalanuvchi munozarasi:Alimqulov1970

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Alimqulov1970!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy
Melegim0820 (munozara) 05:29, 5-May 2023 (UTC)[javob berish]

YANGIQO'RG'ON TUMANI TARIXI[manbasini tahrirlash]

YANGIQO`RG`ON   TUMANI   HAQIDA   MA`LUMOT

Tumanning tashkil topgan vaqti -1926 yil 29-sentyabr.

Geografik o`rni - Yangiqo`rg`on tumani Namangan viloyatining shimoliy qismiga joylashgan bo`lib,  shimoliy-g`arb, shimol, shimoliy-sharq, tomonlardan Qirg`iziston Respublikasi bilan, janubiy-sharq va janubiy-g`arbdan Namangan tumani bilan, G`arb tomondan Kosonsoy tumani chegaradoshdir.

Yangiqo`rg`on tumaning markazi viloyat markazidan 22 km uzoqlikda joylashgan.

Maydoni-540 kvadrat kilometr.

Markazi- Yangiqo`rg`on shaharchasi.

Aholisi- 174506 kishi.

Tuman xududida bitta shaharcha, 11-ta qishloq fuqarolar yig`inlari hamda 59-ta mahalla fuqarolar yig`inlari, 49-ta aholi yashash punktlari mavjud. Shaharchada 16709 kishi va qishloq joylarida 157797 kishi yashab kelmoqda.

Aholining 44 foizini bolalar va o`smirlar tashkil qiladi. Aholining 49,5 foizini erkaklar va 50,5 foizini ayollar tashkil etadi.

Mehnat resurslari umumiy aholining 49,1 foizini yoki 85714 kishini tashkil qiladi.

Aholining o`rtacha o`sish sur'ati 1,5 foizni tashkil qiladi. Tumanda 14 millat vakillari istiqomat qiladi.

Aholining 97 foizini o`zbeklar, 2,6 foizini qirg`izlar va qolgan 0,4 foiz aholini 14 millat vakillari tashkil etadi.

Tumanda 1-ta sanoat korxonasi, 2-ta qurilish tashkilotlari, 1-ta transport korxonasi, 1-ta qo`shma korxona hamda 95-ta yirik tashkilotlar faoliyat ko`rsatadi.

Tumanda 5940 gektar jami bog`, shundan hosilligi 3932 gektar, 3667 gektar jami uzumzor, shundan hosilligi 2709 gektar. Jami ekin maydoni 13303 gektarni tashkil etadi. Mavjud aholining 77703 nafarini voyaga yetmaganlar, 11420 nafarini 60 yosh va undan kattalar tashkil etadi.

Oliy ma'lumotli kadrlar 5928 nafar, o`rta maxsus ma'lumotga ega bo`lgan kadrlar 8221 nafar.

Tumanda 35367-ta xonadon bo`lib, o`rtacha bir kishiga 9,1 kv.m. yashash joyi to`g`ri keladi.

2006 yilda tumanda gaz tortish rejasi 9,0 km bo`lib haqiqatda bu ko`rsatgich 9,6 km ga, shundan ichki imkoniyat bilan 9,6 km ga bajarishga erishildi. Hozirga kelib mavjud 49-ta aholi yashash punkitidan 38-tasi to`la gazlashtirib bo`lindi.

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun yillik suv tortish rejasi 13 km bo`lib bu ko`rsatgich ham 13,6 km ga, ichki imkoniyat bilan 10,5 davlat buyurtmasi xisobidan 3,1 km ga bajarishga erishildi.

Xalq iste'mollari ishlab chiqarish amaldagi baholarda o`tgan 2006 yilga nisbatan 161,9 foizga o`sishga erishildi yoki 6791 mln so`mlik ko`p ishlab chiqarildi.

Tumanda 2007 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish solishtirma baholarda 12230 mln so`mlik ishlab chiqarildi. Bu ko`rsatgich tumandagi Marvel Djusko qo`shma korxonasining ulushi 81,7 foizni tashkil etadi.

Aholiga pullik xizmat ko`rsatish 119,3 foizga o`sishga erishildi, yoki 727 mln so`mlik ko`p xizmat ko`rsatildi. Aholi jon boshiga pullik xizmat ko`rsatish o`tgan yilning shu davriga nisbatan 7061 so`mga ko`p xizmat ko`rsatishga erishildi.

Aholiga maishiy hizmat ko`rsatish 106 foizga o`sishga erishildi, yoki 83 mln so`mlik ko`p hizmat ko`rsatildi. Aholi jon boshiga maishiy hizmat ko`rsatish o`tgan yilning shu davriga nisbatan 429 so`mga ko`p bo`lishiga erishildi O`tgan 2007 yil mobaynida mehnat bo`limiga ish so`rab murojat etuvchilar 2842 nafarni tashkil etib, ulardan 2355 nafari mehnat bo`limi orqali ishga joylashtirildi. 37 nafari milliy hunarmandchilik kasblariga o`qitish va 175 nafari esa vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etildi.

Imtiyozli kredit sifatida to`lab berildi. Bundan tashqari 72 nafar kam ta'minlangan oilalarga 57,6 mln so`m mablag`ni chorvachilik yo`nalishi bo`yicha "BANDLIK" jamg`armasi resurslari hisobidan imtiyozli kreditlar berildi.

Tumanda 5-ta (engil sanoat, agrosanoat, qishloq xo`jalik va oziq-ovqat, sanoat yo`nalishidagi) kasb-hunar kollejlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 2007-2008 o`quv yili uchun qabul 2800-ta reja bo`lib haqiqatda 2965 taga yoki 106 foizga bajarildi.

Xalq ta'limi tizimida 60-ta maktab bo`lib shundan 1 tasi boshlang`ich, 11 tasi tayanch 48 tasi esa o`rta maktablar bo`lib ularda jami 37429 nafar  o`quvchilar ta'lim olib kelmoqda. O`quvchilarning 36320 tasi o`zbek, 634 nafari rus, 475 nafari esa qirg`iz tilida o`qitilib kelinmoqda.

1926 yilning 29 sentyabrida O`zbekiston Respublikasi sho`ralar markaziy ijroiya Qo`mitasining qaroriga muvofiq Respublikada 74-ta tuman tashkil etildi. Ular orasida Farg`ona vodiysi tizimidagi Yangiqo`rg`on tumani ham bor edi. Tuman markazi qilib, Yangiqo`rg`on qishloqi belgilandi. 1950 yilning 18 mayigacha Yangiqo`rg`on tizimida bo`lgan hozirgi Chortoq tumani ham qo`shib xisoblanganda uning xududi 0,93 kv. km. bo`lib, aholisi 160 ming kishi edi. O`sha tarixiy qarorga muvofiq Koroskon, Chortoq, Ayqiron, Qorabog`, Alixon, Kushan, Peshqo`rg`on, Bekobod, Xo`jasho`rkent, Qorachasho`rkent, Oqsuv, G`ovozon, Yangiqo`rg`on, Qorapolvon, Navkent, Iskavot, Zarkent, Poromon, Nanay qishloqlari Yangiqo`rg`on tumani ixtiyoriga berildi. Tuman tarkibiga Kosonsoy va Uychi tumanlarining bir qismi ham qo`shilgan edi.

Yangiqo`rg`on nainki Namangan viloyati, balki butun Farg`ona vodiysining eng go`zal, so`lim, diltortar go`shalaridan biridir. Vodiyning g`arbdan sharqqa 8-16 km, shimoldan-janubga 65 km masofaga cho`zilgan, geografik jihatidan Ispaniya, Italiya, Gresiya, Yugoslaviya kabi subtropik mamlakatlar kengligida joylashgan bu go`zal maskanning latofati, ko`rki-jamoli mamlakatdan tashqarida ham ma'lum va mashhurdir.             

Tuman hududining asosiy qismi Tiyon-Shon tog`larining Chotqol tog` tizimlaridagi qor va muzliklardan boshlanuvchi Podshootasoy daryosidan suv ichadi. Tuman kartoshka, meva, sabzavot va uzumchilikka ixtisoslashtirilgan. Faxr bilan aytish mumkinki, Namanganning qo`shiqlarda kuylangan dunyoga mashhur olmasi Yangiqo`rg`on bog`larida pishib yetiladi.

Shuninigdek, garchi hali chuqur o`rganilmagan, qazib olishga kirishilmagan bo`lsada, Yangiqo`rg`on zamining cho`kindi jinslari ostida neft, tabiiy gaz, ma'dan suvlar borligi aniqlangan. Bu yerda ayniqsa ohaktosh, shag`al, hum singari qurilish materiallari katta zahiralari mavjud.

Tuman aholi soni jihattidan viloyatda 5, zichligi jihattidan ( 1 kv. kmda 260 kishi) 3-o`rinda turadi.

Aholi bir shaharcha va 11 ta qishloqda istiqomat qiladi.

Yangiqo`rg`on tumani hududidagi Qorapolvon, Zarkent, Nanay, Bekobod, Iskavot, Poromon va boshqa qator qishloqlar tarixi uzoq  o`rta asrlarga va hatto undan ilgariroqqa borib taqaladi. Bu yurt payg`ambar Muhammad alayxisallom avlodlaridan Shoh Jarir, buyuk sohibqiron Amir Temur, shoir va shoh Zahiriddin Bobur va boshqa ulug` siymolar qadami yetgan tabarruk joydir.

Fanga Qo`lbuqon dostonchilik maktabi nomi bilan kirgan mashhur xalq og`zaki ijodi maktabining yirik vakili Haydar sannovchi ( Haydar Boycha o`g`li) shu yerda yashab ijod qildi. Yangiqo`rg`on sahna ustasi, xalq artisti Soraxonim Eshonto`raeva va davlat arbobi Mirzaolim Ibrohimovga, jo`shqin shoir Robiddin Ishoq va iste'dodli musavvir Baxtiyor Nazarovga, Mehnat qahramonlari Turg`unpo`lat Egamberdiev va Mirzaqayum Mirzakarimovga, shuningdek ilm-fanning turli sohalari vakillari bo`lmish 4 fan doktori va 45 fan nomzodiga beshik bo`lgan mo`'tabar go`shadir. Yurt mustaqilligi, xalq ozodligi haqqi-hurmati milliy zulm va rus bosqinchilik siyosatiga qarshi ko`tarilgan Po`latxon va Dukchi Eshon qo`zg`olonlari ishtirokchilari safida ko`plab Yangiqo`rg`onliklar ham bor edilar. El daxlsizligi va inson baxt-saodatini yuksak qadrlovchi yurtdoshlarimiz nemis-fashizmiga qarshi kechgan omonsiz janglarda ham jasorat namunalarini ko`rsatdilar.

Yillar o`taverdi, lekin mehnatkash xalqimiz o`z qiyofasini yo`qotmadi, har qanday sharoitda mehnat qilishdan to`xtamadi, ona zamin chiroyiga-chiroy qo`shishdan tolmadi, tarix zarvaraqlariga bitsa arzigulik umrni boshdan kechirdi.

Tuman markazi-Yangiqo`rg`on dengiz sathidan 600 metr, Zarkent qishloqi 830 metr, Nanay qishloqi 1050 metr balandlikda joylashgan. Tumanning shimoliy qismidagi Chotqol tog` tizmalari bilan o`ralgan Zarkent, Nanay qishloqlari go`zal tabiati, zilol suvlari, toza havosi bilan ajralib turadi.

Tumanning asosiy qismi Podshoota daryosidan suv oladi. Bu daryo Qirg`iziston Respublikasi hududidagi Tiyon-Shon tog`larining Chotqol tizmalaridagi qor va muzliklardan boshlanib, Yangiqo`rg`on hamda Chortoq tumanlarining asosiy suv manbai bo`lib kelgan. Geologik jihattdan tuman xududida o`tmishda dengiz havzasi ham, burmali tog`lar ham, kuchli vulqonlar ham bo`lgan. Tog` paydo bo`lish harakatlari hozir ham davom etmoqda. Tez-tez bo`lib turadigan zilzilalar buning dalilidir.

"Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi qonuninig 2-moddasiga muvofiq hamda tegishli xududdagi fuqarolarning takliflariga ko`ra, o`zini-o`zi boshqarish organlarining ish olib boradigan 12 ta hudud quyidagicha belgilangan:

1.      Birlashgan qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Qoracha, Sho`rkent, Dehqonobod, Bog`iston, G`ovozon, xo`ja Sho`rkent, Cho`mbag`ish, Orzumobod aholi punktlari;

2.      Bekobod qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Yangiobod, Bekobod, Kalishoh, Ko`lbuqon, Nuraliobod aholi punktlari;

3.      Zarbdor qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Gaznon, Iskavot, Qandiyon, Bo`ston aholi punktlari;

4.      Zarkent qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Zarkent, Shilvi, Otakishi aholi punktlari;

5.      Istiqlol qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Yangiqo`rg`on Qorayontog` aholi punktlari;

6.      Nanay qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Nanay, Qayrog`i, Do`stlik, Mo`g`ol, Oqtom, Ko`kyor, Mamay, Qizil yozi aholi punktlari;

7.      Navkent qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: haqiqat, Suttibuloq, Meshon, Ittifoq, Buloqboshi, Navkent, Sangiston, Rovot aholi punktlari;

8.      Navro`zobod qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: O`zak, Yangihayot, Hadikent, Qurama, Yalong`och aholi punktlari;

9.      Poromon qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Poromon, Toshtepa, Nov aholi punktlari;

10.    Sharq Yulduzi qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Yorilgan, Gaiston, Qamishoq, Qizilqiyoq, Terakqator, Rovut, Do`ldi, To`ra aholi punktlari;

11.    Qorapolvon qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Radivon, Qizariq, Qorapolvon aholi punktlari;

12.    Yangiqo`rg`on shaharcha fuqarolar yig`ini chegaralari: Beshbuloq, Qo`riq, Ko`llik tol, Furqat nomli, Oxunboboev nomli, Toshkent mahallalari.

Tumanning etnik tarixi uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tarixi bilan chambarchas bog`liq.. Aholining asosiy qismini o`zbeklar tashkil etsada, etnik jihattdan u ancha quroq, uzoq yillar mobaynida turli urug` va qabilalar assimilyasiyasi natijasida shakllangan.

2016-rildan boshlab Davlat Dasturi asosida chekka qishloqlarnng ichki ro'llari ham tekislanib, qattiq qoplamalar bilan qoplanib, yurish uchun qulay xolatga keltirilmoqda. Misol uchun, Nanay qishlog'ida ham 25.9 km ichki yo'llar asfaltland, 18 km toza ichimlik suvi tizimi tortildi, aholi toza suv bilan 80 % ta'minlandi. Nanay qishlog'idan o'tuvchi Podsho otasoyning ikki qirg'igi aholi dam olishi uchun 3.9 km masofada velosiped yo'lagi va aholi dam olishi uchun yo;lakchalar qurildi.

YANGIQO`RG`ON   TUMANINING  KELIB   CHIQISH   TARIXI

Tumandagi Qorapolvon qishloqi tarixi VII asrning 80-yillarida Qirg`iziston hududidagi Safedbulonda bo`lgan arablar jangi bilan bog`liqdir. Bulon so`zi keyinchalik Bag`ish deb atala boshlagan. Bag`ish –bug`u demakdir. Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalomning nabiralari (Zaynab ismli qizlarining o`g`li) shoh Jarir (Muhammad ibn Jarir ibn Abutolib) islom dinini joriy qilish maqsadida 12 minglik qo`shin bilan keladi. Safed bulon qishloqi hududida shoh Jarir qo`shinlari bilan Koson hokimi Ixshit va O`ng`or hokimi Karvon Bos qo`shinlari o`rtasida bo`lgan jangda 2700 arab jangchisi o`ldirilgan. Ularni "qirg`in masjidi"da juma nomozini o`qiyotgan paytlarida boshlarini tanalaridan judo qiladilar, mag`lubiyatga uchragan shoh Jarir Arabistonga qaytib ketadi.

Sahobalarning bir qismi shu yerda qolib boshpana topadilar. Masalan: Sanoch tog`idagi Otag`ozi buva, Pochatadagi Buvota buva, Qorapolvondagi qorapolvonlar shular jumlasidandir.

Oradan qirq yil o`tib, bu yerga kelgan shoh Jarirning o`g`li shoh Fozil shahid bo`lganlarni qayta dafn qilishda Qorapolvon alohida xizmat ko`rsatadi. Uning ishtirokida shahid bo`lganlarning nomlari toshlarga bitiladi. O`zining halol mehnati bilan savobli ishlarni amalga oshirgan 1300 yil ilgari hozirgi "Qorapolvon" hududida makon topib istiqomat qilgan kishining asli ismi Xalo bo`lib, qora tanli (habash) va barvasta, baquvvat bo`lganligi uchun unga Qorapolvon degan nom berishgan. Shunday qilib bu yerga dafn etilgan Qorapolvon otaga nisbat berib, bu qishloq Qorapolvon deb atalib kelmoqda. Bundan tashqari qadimiy turklarda dunyo tomonlari ranglar orqali belgilangan. Qora-shimol, qizil-janub (qirg`iz so`zi ham qizil ma'nosini anglatadi), sariq-markaz va hokazo. Shu bilan birga "qora" so`zi buyuklik, ulug`lik ma'nosida ham qo`llanilgan.

Tumanimiz hududida o`rnashgan qator arxeologiya yodgorliklar tegishli soha mutaxassislari tomonidan yanada batafsilroq o`rganish maqsadida ro`yxatga olingan. Bular "Zo`rtepa" ( "Zarkent" jamoa xo`jaligida) , "Ilontepa" (Buloqboshi qishloqida), "Mirzayortepa", "Otaxontepa", "Tillatepa", "Qushtepa (Nanay qishloq fuqarolar yig`ini hududida), "To`xtamattepa" ( Mamay qishloqida), "O`rdatepa" ( Navkent qishloqida) arxeologik va tarixiy yodgorliklaridir. Hanuzgacha ba'zi shaxslar uy-joy qurayotgan joylaridan ba'zi tepaliklardan uzoq o`tmishdan xabar beruvchi uy-ro`zg`or buyumlari, tangalar, dehqonchilik qurollari, kulolchilik buyumlari topilmoqda. Ming afsuslar bo`lsinkim, topilmalar o`z manzilini topolmay, ko`pincha turli shaxslar qo`lida qolib ketmoqda. Maktablarning tarix o`qituvchilari ham bu sohada ancha zaiflar. Topilmalar orasida XI-XIV asrlariga doir g`isht namunalari ko`plab uchraydi. Bu topilmalar Yangiqo`rg`on tumanida aholi keng faoliyat ko`rsatgan davr chegarasi aynan shu vaqtlardir, degan ma'noni anglatmaydi, albatta.

Tumanning markazi Yangiqo`rg`on shaharchasining kelib chiqishi XVII asrlarga to`g`ri keladi. Bu davrgacha Yangiqo`rg`on shaharchasi o`rnida hech qanday aholi punkti bo`lmagan. Bu qishloq atrofidagi Sho`rkent, Kushan, Navkent, Qorapolvon kabi qishloqlarga nisbatan keyin barpo etilgan. Bu yerdagi soy atroflari to`qayzor, qo`riq yerlardan iborat bo`lib, dastlab bu yerga ilgari Hoqon arig`i degan joyda, keyinchalik Pashamin va Poromonda yashagan aholi kelib uy-joy qilib o`rnashib qolgan. Soyning u tomoniga pashaminliklar, bu tomoniga poromonliklar joylashgan. Ma'lumotlarga ko`ra dastlabki uy-joylar, aholi qo`rg`onlari hozirgi mehmonxona atroflariga qurilgan bo`lib, atrof qishloq aholisi bu yerda qurilgan uy-joy, qo`rg`onlarni ko`rib, bu yerni Yangiqo`rg`on deb atay boshlaganlar. Atrof adirliklarda, erlarda bug`doydan yuqori hosil olinib, serobchilik bo`lgan. Shunga ko`ra Nonqo`rg`on ham deb atalib, keyinchalik Yangiqo`rg`onga aylanib ketgan, degan fikrlar mavjud. Aslida joy nomlari tilda davrlarga qarab o`zgarib turadi. Shu sababli toponimda ko`pincha tilning eng qadimgi holati o`z ifodasini topgan. Shimoliy o`zbek shevalarida Yangiqo`rg`on, Yangiqishloq kabi o`zbek tilining o`g`iz va qorluq guruhriga xos so`z yasash usuli bilan hosil bolgan joy nomlari uchraydi. Bu faqat shimoliy o`zbek shevalari qorluq-qipchoq til birligi zaminida vujudga kelganligidan darak beradi. Toponimning bu xususiyati esa ko`pincha arxaik shevalardan ham qadimiydir.

Aholi dastlab sobiq krepost-qal'a (hozirgi mehmonxona) atrofiga zich joylashib, keyincha soy bo`ylari, Chorvoq ariq bo`ylari o`zlashtirilib, uy-joylar maydoni kengaytirilib borilgan. Aholi ilgari 7 qavmdan iborat bo`lib, Kalat Dodxo Omon Bahodir bu yerda bozor, masjid qurdirganligi uchun guzarni Kalat guzari deb yuritilgan. Unga Xudoyorxon muhri bosilgan ( 1848 yil) vaqf hujjati berilgan edi. 1899 yilda Namangan uezdida ish ko`rgan yer komissiyasi polkovnik Vinogradov tavsiyasi bilan Kalat Dodxo madrasasi vaqfini o`z kuchida qoldirgan edi.

Oktyabr to`ntarishi, grajdanlar urushining faol ishtirokchisi, 1895 yilda Radivon qishloqida tug`ilgan Sulton Abdurahmonovning guvohlik berishicha, Yangiqo`rg`on va uning atrofidagi qishloqlar XIV asr oxirlarida atrofdan ko`chib kelib joylashgan turli urug`lardan iborat bo`lgan. Birgina Radivon qishloqida turklarning juz, yashiq, kumushoy, bag`ish va qozoq urug`lari istiqomat qilgan.

Qishloqlarda o`qimishli kishilarga talab katta bo`lgan. Yangiqo`rg`onlik  Isoqxo`ja buxoroga yalangoyoq borib madrasada o`qigan, katta eshon bo`lib qaytgan. Uning o`g`li Abdullaxo`ja hozirgi masjid atrofidagi sada, tollarni o`tqazgan. Aholi ko`paygach 5 ta buloqqa nisbat berib bu yerni Beshbuloq  deb atay boshlaganlar.

Shaharchaning Qo`riq mahallasida avval hech kim yashamagan. Qo`riq hamishzor yerlardan iborat bo`lib, yovvoyi hayvonlar yashagan. Keyincha bu yerlar o`zlashtirilib, uy-joylar qurilib ekin maydonlariga aylantirilgan.

Tuman hududida arxeologik qazilma ishlari olib borilmagan bo`lsada, Iskavot, Mamay, Zarkent, Qorapolvon, Navkent, Sho`rkent qishloqlarida aholi qadimdan buyon istiqomat qilib kelayotganligi aniqlangan. Tarix dastlab unda biroz haqiqat zarralarini o`zida jo etgan afsona va rivoyatlar shaklida mavjud edi. Shu boisdan ham qishloqlar, shaharlar kelib chiqishi, nomlanishi xususida o`nlab rivoyatlar mavjud. Toponimika -joy nomlari haqidagi fan asosan tarix, jug`rofiya va tilshunoslikka tayanadi. Shunga qaramay ba'zi qishloqlar bilan bog`liq rivoyatlarni o`quvchilar hukmiga havola etmoqdamiz.

Tumandagi qishloqlarning nomlari uning qisman tarixini ifodalaydi. Jumladan, Mamay qishlog`i shu erda yashagan chorvadorlar jamoasining boshlig`i Mamaybiy nomidan kelib chiqqan deb hisoblashadi. Bu haqda "Safedbulon"da VII asrda arablar bilan mahalliy aholi o`rtasida ro`y bergan jang tafsilotlarini ko`rsatish mumkin. Sho`rkent qishloqi o`rni to`qay, hamishzorlardan iborat bo`lgan.

Dastlab bu yerga arab xo`jayinlari kelib chorvachilik bilan shug`ullangan, ularning xizmatkorlarini "Qorachalar" deb yuritilib, soyning u betida Ho`jasho`rkent, bu betida Horasho`rkent qishloqlari barpo bo`lgan. haqiqatda esa "Sho`rkent" emas, "Shirkent" bo`lib sut-qatiqqa serob qishloq demakdir.

O`zak so`zi bilan bog`liq joy nomlari juda ko`p. O`zak Xorazmda va Qoraqalpog`istonda "daryo irmog`i, tarmog`i" ma'nosini bildiradi. Mahmud Qoshg`ariyning "Devon"ida O`zak-"uzuk"shaklida uchraydi va unga quyidagicha izoh berilgan: "Uzuk yerdan sirg`ib chiqib, hovuzga aylangan suv, shuningdek vodiylardan ajrab chiqqan ariqni uzuk suv deyiladi". O`zak qishloqi nomi tabiiy ravishda suv bilan bog`liqdir.

Aholi fikricha O`zak-o`rta qishloq, kindik ma'nosini bildiradi. qishloq ilgari Gaznonning shimoliy g`arbida bo`lib, keyin hozirgi joyga ko`chgan. Xadikent esa ikki soylik oralig`ida to`qay, xilvat joyda bo`lganligi uchun u yerga borishdan kishilar qo`rqib, hadiksiraganlar, keyinchalik bu yerlar o`zlashtirilib Xadikent nomini olgan degan farazlar mavjud.

Zarkent qishloqining paydo bo`lish davri bundan 800-1000 yillar ortiqroq vaqtga borib taqaladi. Bundan 200-250 yillar muqaddam qishloq markazida yo`lning ikki betida savdo rastalari, karvonsaroylar bo`lib, bozorda ko`plab zargarlik buyumlari-isirg`a, uzuk, bilak-uzuk, zarchoponlar sotilgan. Qo`qon, Marg`ilon, Chust, Kosonsoy, Axsikentdan kelgan savdogarlar bu yerda haftalab qolib, savdo qilishgan. Shunga nisbat berib, Zarxon degan fikr bor. Ikkinchi bir rivoyatda Qo`qonlik Zarliboy Chotqolga ketayotib, bu yerda tunagan va aholi katta boylik ulashgani uchun Zarlikent, Zarkent deb nom qo`yilgan, deyiladi. Yana bir rivoyatda qishloq ahli nihoyatda qashshoq yashagani uchun Zorlar qishloqi-Zorxon, Zorkent deb nomlaganlar deyiladi. Bartold: arab geografi "Mahdisiy" asarida Shosh viloyatida qayd etilgan Zarankatu qishloqini hozirgi Zarkent bo`lsa kerak deb taxmin qilgan.

Zar-oltin, dur-quyosh, dorin-etak. Zarinkent bo`lganda "tog` etagidagi qishloq" deyish mumkin. Bu atama qishloqdagi tog`larga nisbatan berilgan, shu sababli haqiqatga yaqinroq.

Poromon qishloqi nomining kelib chiqishi xususida ham turli qarashlar mavjud. Arablar bostirib kelgan davrda yetuk bilimli avliyo sifat Hazratishoh buva urushdan nolib, tarki dunyo qilib Allohdan makon so`raganda "Osmondan parcha non tushgan joy sening manzilgohing bo`ladi" degan xabar keladi. hozirgi "tutmozor"oldiga osmondan yarimta non tushib, Hazratishoh uchun yemish bo`ladi, va u kishi shu yerga o`rnashadi. Mahalliy aholi farzandlari u kishini devona sifatligi uchun kalaka qilaverganlaridan ranjib, qo`shni qishloqqa ko`chib ketadi va bu yer u kishini nomi bilan yuritiladi. Poromon nomi "pora non", "yarimta non" so`zidan kelib chiqqan deyiladi.Bundan tashqari qishloq jug`rofiy nuqtai nazardan tog` ostida joylashganligi tufayli, uning nomi "promon" so`zidan kelib chiqqan bo`lishi ham ehtimoldan holi emas. Kalishoh qishloqi bu yerga ko`chib kelgan termizlik aka-uka Said bobo va Saidkalon degan kishilarning nomlari bilan bog`liq bo`lib, ular qishloqning yuqori qismidagi buloqlardan suv keltirib hozirgi qishloq kasalxonasi o`rnida yashab, u yerni obod qilganlar. Qo`qon xoni Umarxon bu yerdan o`tayotib joyning chiroyliligini ko`rib, "gulshoh" deb nom qo`yib xonlik vakilini yuboradi, keyincha qishloqqa Peshqo`rg`on, Hazratishoh, Koson, Baliqko`l, Namangandan odamlar kelib joylashib qishloq barpo bo`lgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ruslar Namangan uezdiga kelib yer tuzishda gulshoh so`zini kalshoh deb atab hujjatlashtirganlar va keyincha qishloq Kalishoh deb nomlanib qolgan. O`zbek toponimlari lug`atida "Kalisho - kalish, maxsido`zlar qishloqi" sifatida ta'riflangan.

Bekobod qishloqi ham o`z tarixiga ega. XVII asrlarda Qozog`istonning Marki shahridan besh og`a-ini ko`chib kelib hozirgi Yettikon tepaligiga joylashib chorvachilik bilan shug`ullanadi. Yaylov talashib, qirg`izlar bilan to`qnashuvda yengilib hozirgi masjid atrofiga tushib yashab dehqonchilik bilan ham shug`ullanadilar. Qo`qon xoni Erdanbek bu yerdagilarga boshliq qilib Bekberdi dodxoni yuborib, unga qishloqni obod qilishni tayinlaydi. Bekberdi dodxoh qishloqqa asos solib uni obod qilgani uchun uning nomi bilan Bekobod deb atab kelingan.

Iskovot qishloqi dastlab Qandiyon, Gaznon, Kandabuloq, Yakkasadada joylashgan bo`lib, keyincha hozirgi o`rniga to`plangan. qishloqda karvonsaroylar bo`lgan, atrofdan yo`lga chiqqan savdogarlarga bu yerda tunab "iskab" o`tish maslahat berilgan. Shunga ko`ra "iskabo`t" so`zi Iskavot bilan almashtirilgan.

Navkent qishloqining tarixi qadimiy bo`lib, aslida sharqiy Eron tilida "nov"-yangi, "kent"-shahar, qal'a ma'nosini anglatadi. Navkent aholisi dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug`ullanuvchi qadimiy so`g`diy qabilalarning avlodlari bo`lgan "Sart"lardan iborat.

Sangiston qishloqi "sang"-tosh, "iston"-joy yoki toshloq degan ma'noni beradi. Bu yerni aholisi ham navkentliklar kabi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug`ullanadilar.

Rovot qishloqi aholi fikricha ma'nosiga ko`ra forscha "roh", so`g`dcha "vot" so`zlaridan yasalgan bo`lib, roh-yo`l, vot-kesishgan ma'nosidan iborat bo`lib, yo`l kesishgan joy, chorrahadir. Qadimda savdo yo`llari ustida obod va gullab yashnagan joy bo`lgan. Ravot yoki Robot jo`g`rofiy atama bo`lib, juda katta hududlarga tarqalgan. V. V. Bartold bu atama arabcha bo`lib, oldin Rabad shaklida qo`llanilgan va "shahar devori", "shaharning tashqi qismi" ma'nosini anglatgan deydi. V. V. Bartold Rabot va Gabot va Rabot atamalari orasida farq borligini yozadi. Rovot "chegara posti, istehkom, qo`rg`on" degan ma'nolarni bildiradi.

Buloqboshi - buloqlar boshida joylashgan qishloq bo`lib aholining turklashuv jarayoni davrida paydo bo`lgan. Qipchoq aholisi ta'sirida til xususiyati, urf-odati bir muncha o`zgargan cho`ngbag`ish deb nom olgan aholiga ta`luqlidir.

YANGIQO`RG`ON  HUDUDIDAGI   YODGORLIKLAR

Ilontepa Yangiqo`rg`on tumani Navkent selsoveti Buloqboshi qishloqida joylashgan. M.a. II-I asrlar, milodiy I-IV asrlar, milodiy IX-XII asrlar.

M.X. Isomiddinov tomonidan 1981-yilda o`rganilgan. Umumiy diametri 150 m ga yaqin, balandligi 10 m ga yaqin. Ikki qismli teppalikdan iborat, biri janubda ikkinchisi shimolda joylashgan. hozirgi kunda shimoliy qismda joylashgan pandus tekislab qo`yilgan.

Ilontepadan antik va o`rta asr davrlarining keramiklari topilgan. Yodgorlik yaqinida buloq joylashgan.

Oqtepa yodgorligi Yangiqo`rg`on tumani Poromon qishloqida milodiy I-IV asrlarda mavjud bo`lgan. M.X.Isomiddinov tomonidan 1981-yilda o`rganilgan. Yodgorlik uchburchak shakldagi tepalik kabi joylashgan. Uchburchakning tomonlari 20 m teng.Yodgorlik usti(yuzasi) tekis va har tomondan 9 m ga teng. Yodgorlik ko`p qavatli bo`lib, unda antik va ilk o`rtaasr davrlar mavjud.

Beshiktepa yodgorligi Yangiqo`rg`on tumani Kalisho qishloqida joylashgan bo`lib Kirov nomli -13 kolxozdan Kalisho xududining harbidan 1 km da joylashgan.

Bu yodgorlik alohida joylashgan yirik tepalik yuzasida (ustida) joylashgan bo`lib, aniq ajratilgan qatlamlari mavjud emas. Tepalik ustidan keraklik materialtopilgan. Ular asosan ilk o`rtaasr davriga tegishli.

Shu tepalik joylashgan qishloqni Sassiqsoy deyishadi. U yerda avval ham, hozir ham buloq suvlari ko`p.

Qishloq yerlari shu suvlar bilan sug`oriladi.

Ettikontepa Yangiqo`rg`on tumaning kirov kolxozi xududidagi Begovotsoy yaqinida joylashgan.Milodiy I-XIII asrlar.

M.X.Isomiddinov tomonidan 1981-yilda o`rganilgan. Bu yerda qadimgi qishloqning himoya devorlari topilgan. Bu devorlar qishloqni butun chegarasi bo`ylab olingan.

Bu devorning qoldiqlari hozirda ham saqlanib qolgan. Maydonining uzunligi 250 m, eniga 75 m, bo`yi 2 m. qishloqning markazida hozirda hech narsa yo`q, chunki maydon xo`jalik madaniyati sifatida ishlatilmoqda.

O`rdatepa Yangiqo`rg`on tumani Navkent qishlog`i Terak maxallasida joylashgan. Milodiy IV-VII asrlar.

M.X.Isomiddinov tomonidan 1981 yilda o`rganilgan. Bu yodgorlik har tomonlama qishloq uylari bilan o`ralgan. Yodgorlik tepalikda joylashgan bo`lib uchburchak shaklga ega.

Janubiy-sharq tomonida alohida o`yilgan joy bor. Yodgorlik har tomondan buzilib ketgan.

Tepalik markazida chuqur jar bor uzunligi 17-18 m, eniga 3-4 m, u 30-40 yil oldin kovlangan. Bu tepalik asosan yagona tepalik hisoblanadi, chunki unda qisqa davr ichida unda xayot davom ettirilgan.

Qo`rg`ontepa Yangiqo`rg`on tumanining G`ovazon qishloqida joylashgan. Milodiy IV-VIII asrlar.

M.X.Isomiddinov tomonidan 1981-yilda o`rganilgan. Bir tomonida adirlar bor, ikkinchi tomonida esa adirlardan yanada balandlikka ko`tariladi. Uning bu qismi G`ovazon ?ilo?i deb nomlanadi. Bu yodgorlik barcha o`rganilgan yodgorliklar ichida eng kattasi xisoblanadi. To`rtburchak shaklga ega. Boshqa

yodgorliklardan uning farqi shundaki: 1) o`lchami(maydoni) katta; 2) tepalik ustida joylashgan. Tepalikning pastki qismida madaniy qatlamlar bilinmagan. Ular asosan tepalikning yuqori qismida joylashgan. Shaxristonning bir necha qismi buzib tashlangan. Vayronalardan topilganlar asosan xumlar, o`choqlar va ular ilk o`rta asr davrlariga tegishli.

Yumoloqtepa Yangiqo`rg`on shaharchasida joylashgan. Miloddan avvalgi II asrda va milodiy VIII asr.

M.X.Isomiddinov tomonidan 1981-yilda o`rganilgan. Ikki qismli tepalikning buzilishi natijasida yaralgan. Yumoloq shaklga ega bo`lgan. harbiy tomoni tepalik bo`lgan, sharqiy tomoni maydon bo`lgan. Umumiy diametri 75 m, tepalik balandligi 12 m, maydoni 2 m.

U yerda 4-ta qator qilib terilgan xumlar bor. Idishlarning rangi pushti, balandligi              1 m. qatlam ustida balandligi 4-5 m bo`lgan g`ishtli devor o`rnatilgan.

Sharqdan 200 m pastlikda Namangansoy o`tadi. Yodgorlik 50 X 30 m o`lchamli, balandligi 5 m bo`lgan tepalikdan iborat. Sharq tomondan zamonaviy uy xovlilar bor va asosiy asfaltlangan yo`l bor. Shimoli-harbiy qismida elekr o`tkazish uchun transformator joylashtirilgan.

TUMANIMIZ HUDUDIDAGI "BOBO XONDON" MASJIDI VA QABRISTONI

Tuman markazidan 3 km shimolda tepalikda joylashgan qadimiy masjidalardan biri "Bobo xondon" masjididir. Bu masjid Istiqlol maxalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan. Masjid 1884 yili qurilgan qadimiy masjid bo`lib, mustaqillik sharofati bilan islom diniga katta e'tibor berilgach, 1992 yil masjidda qayta qurilish ishlari olib borildi. Uning nuragan minoralari va kirish peshtog`lari ta'mirlandi. 1998 yil masjid adliya tomonidan qayta ro`yxatdan o`tgan. Masjid imomi esa Sapponov Akmalxon bo`ldi.

Masjidni bunday nomlanishining sababi shuki, qadimda bu yerda Boboxon degan bir odam yashagan ekan. U kishi doim quvnoq kulib yurgan ekanlar. U kishi kulsa xondon otib kular ekanlar. Shundan keyin u kishini Boboxondon deb atay boshlashibdi. U o`z o`g`illari bilan shu yerda yashab xalq uchun masjid qura boshlaganlar. Ammo qurilish nihoyasiga yetmay u kishi olamdan o`tgan ekanlar va masjid nomini "Boboxondon" deb qo`yishgan ekan.

Rus bosqini davrida masjid yopib qo`yilgan. Ruslar bu yerni oziq-ovqat ombori qilishgan. Masjidga yuzdan ortiq odam sig`adi.

Masjid oldida esa qadimiy qabriston joylashgan. Qabriston 4 gektar hududni egallagan bo`lib, qadimiy qabristonlardan biridir. Qabristonga birinchi odam Boboxondon qo`yilgan ekan. Uning qabri esa g`ishtdan xonaqo shaklida qurilgan bo`lib, hozir ham bor. Shundan so`ng bu yerga odamlar qo`yila boshlagan. Hozirgi kunda esa qabristonning ma'lum bir qismidagina joy qolgan. Boboxondon qabristoniga ayollar kelib, is chiqarishadi, qurbonliklar qilishadi. Mustaqillik sharofati ila qabriston hududi ta'mirlandi.uni devorlar bilan o`raldi. Bu qabristonga farzand tilab keluvchi ayollar ham keladi.

M I L L I Y     K I Y I M L A R I

O`zbek milliy kiyimlariga nazar solib haraydigan bo`lsak, ilgari erkaklar milliy kiyimiga asosan : yaktak, chopon, do`ppi, belbog` bo`lsa,  oyoq kiyimiga etik, kalish, maxsi kirar edi .

hozirgi davrga kelib:

1.Chopon hozir ham bor

2.Belbog`,do`ppi,telpak, kostyum-shim, palto, plash va shunga o`xshash kiyimlar qo`shildi.

Ayollarimizniki bo`lsa, keksa ayollarimiz burmasiz to`g`ri kuylak, oq ro`mol, nimcha, paxtali va paxtasiz nimchalar.Oyoqqa kalish-mahsi va kovush-mahsi kiyishadi. Qizlar va kelinlar esa burmali xon atlas, ko`chaga, uy ichiga chit kuylak, kelinchaklar lachak kuylak kiyishgan. U oq doka bulor degan matolardan tikilgan. qishloq aholisi tuman xalqlari orasida ancha madaniy ahvoli yuqori desak adashmaymiz. Ayollar bahor oylarida barcha o`zbeklarda bo`lgani kabi "atlas", "adras" matolaridan kuylak va lozimlar kiyishadi. qishloqimizda paxta mahsulotlaridan tikilgan kiyim kechaklar ayollar egnida ko`proq uchraydi bu matolarni ular odatda  foydali deb hisoblashadi.

Xalqimiz zamon taraqqiyoti asosida kiyinish madaniyatiga erishgan. Ayniqsa qishloqda o`qimishli yoshlar ko`p bo`lgani uchun bugungi taraqqiyot yuliga kiyinish madaniyati chiqib olgan. Lekin qishloqda hariyalar hisobiga soch-popuklar taqqan, ro`mollarni rupak qilib yuradigan, doimiy mahsi-kalash kiyib yuradigan ayollarni uchratish mumkin. Erkaklar qishda telpak, palto, choponlar kiyishadi. hariyalar orasida qishda po`stin, chaqmon, chopon, to`n kabi issiq kiyimlarni ham uchratish mumkin.

M I L L I Y    T A O M L A R

Nanay qishloq aholisi asosan o`zbek milliy taomlarini tayyorlaydi va iste'mol qiladi. Bahor oylari sumalak va xalim tayyorlanadi. qishloq qirgiz ahli bilan chegaradosh quda - anda, harindosh – urug`chilik ko`p bo`lganligi uchun bo`lsa kerak yoki ob-havo pastligi uchunmi ot go`shti, qazi-hartadan turli taomlar tayyorlanadi. Bunga kesma kulchatoy yoki norinni misol keltirish mumkin.

Sigir sutidan suzma, qurtova, shirin-gurunch, pishloq, sutli xorda, ayron va boshka taomlar tayyorlanadi. Yana bularga palov (osh), sho`rva, shilpildoq, chuchvara, manti, dimlama, shashlik kabob, mastava, moshxo`rda, ugra cho`p kabi ovqatlarni kiritishimiz mumkin.

2018-yildan boshlab Nanay qishlog'ida aholi dam olish uylari quilishi jadal sur'atda ko'paydi, 1500 nafardan ortiq dam olish maskanlari qurildi, turli milliy taomlar- beshbarmoq, norin, palov, qotirma va boshqa taomlar tayyorlanib, dam oluvchilarga tortiq qilinmoqda. Alimqulov1970 (munozara) 03:29, 22-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]

YANGIQO'RG'O tarixi[manbasini tahrirlash]

B A X SH I L I K

Anora baxshi Yangiqo`rg`on tumani Buloqboshi maxallasida istiqomat qiladi. U o`zining baxshi bo`lishi haqida shunday ma'lumot beradi. U avval Surxandaryo viloyatida tug`ilgan. 21 yoshida tuzalmas dardga chalinib qoladi va tushida tumanimizdagi qadimiy 5 ta buloqdan suv ichishi ayon bo`ladi. Shundan so`ng u bu yerlarga kelib buloq suvidan ichadi va xamma darddan forig` bo`ladi. Shundan keyin u baxshilik qila boshlagan. U ishi yurishmaganlarga, kasallarga fol ochadi. Uning asosiy ish qurollari-kosada suv, rasm, isiriq, ko`zmunchoq va do`lana (qolganini esa sir dedi). U  yana fol ochish jarayonida turli xayvonlarni ham qurbonlik qilgan. Masalan: u xo`rozning boshi, tanasidan ham foydalanar ekan.

Anora baxshi ish usuli quyidagicha ekan:

"U kosadagi buloq suvigv uzundan-uzoq duo o`g`ir va munchoqlar boylangan ipni kosaga solib dam solar, keyin esa uni bemorga sochardi. Agar bemor bundan qattiq qo`rqsa, bemorga ins-jinslar yopishganligidan dalolat berar ekan".

Uning ta'kidlashicha u barcha bemorlarga duolar yozilgan tumor berar ekan. Nimaligini so`raganimda esa buni o`zi ham bilmasligini, buni bari bir kun oldin tushida bo`lishini ta'kidladi.

Tuman hududidagi Istiqlol qishloq fuqarolar yig`inida 75 yoshga kirgan mo`ysafid Ergash baxshi quyidagicha axborot berdi:" U o`zidagi bunday hislatni keyinchalik payqab qolgan. U buni oldin hech kimga aytmagan. qo`rqqan ekan. Keyin u bilishicha uning eng katta bobosi baxshi folbin bo`lgan ekan. Ruslar bosib olgan davrda uning bu ishini diniy xarakterda deb ruslar tomonidan surgun qilingan".

Ergash baxshining aytishicha uning o`z odamlari (farishtalari) bor ekan. Unga xamma narsa shular tomonidan ko`rinar ekan. Baxshi kasallarga, ishi yurishmaganlarga, omadsizlarga, baxtsiz oilalarga fol ochar ekan. Uning aytishicha ba'zida odamlari ya'ni farishtalari ko`ziga ko`rinmay qolar ekan. U oldiga kelganlarga yo`l- yo`rig` ko`rsatadi.

M I L L I Y     K I Y I M L A R I

O`zbek milliy kiyimlariga nazar solib haraydigan bo`lsak, ilgari erkaklar milliy kiyimiga asosan : yaktak, chopon, do`ppi, belbog` bo`lsa,  oyoq kiyimiga etik, kalish, maxsi kirar edi .

hozirgi davrga kelib:

1.Chopon hozir ham bor

2.Belbog`,do`ppi,telpak, kostyum-shim, palto, plash va shunga o`xshash kiyimlar qo`shildi.

Ayollarimizniki bo`lsa, keksa ayollarimiz burmasiz to`g`ri kuylak, oq ro`mol, nimcha, paxtali va paxtasiz nimchalar.Oyoqqa kalish-mahsi va kovush-mahsi kiyishadi. Qizlar va kelinlar esa burmali xon atlas, ko`chaga, uy ichiga chit kuylak, kelinchaklar lachak kuylak kiyishgan. U oq doka bulor degan matolardan tikilgan. qishloq aholisi tuman xalqlari orasida ancha madaniy ahvoli yuqori desak adashmaymiz. Ayollar bahor oylarida barcha o`zbeklarda bo`lgani kabi "atlas", "adras" matolaridan kuylak va lozimlar kiyishadi. qishloqimizda paxta mahsulotlaridan tikilgan kiyim kechaklar ayollar egnida ko`proq uchraydi bu matolarni ular odatda  foydali deb hisoblashadi.

Xalqimiz zamon taraqqiyoti asosida kiyinish madaniyatiga erishgan. Ayniqsa qishloqda o`qimishli yoshlar ko`p bo`lgani uchun bugungi taraqqiyot yuliga kiyinish madaniyati chiqib olgan. Lekin qishloqda hariyalar hisobiga soch-popuklar taqqan, ro`mollarni rupak qilib yuradigan, doimiy mahsi-kalash kiyib yuradigan ayollarni uchratish mumkin. Erkaklar qishda telpak, palto, choponlar kiyishadi. hariyalar orasida qishda po`stin, chaqmon, chopon, to`n kabi issiq kiyimlarni ham uchratish mumkin.

Axborotchi: Mamayunusova Tursunxon 81 yosh.  

M I L L I Y    T A O M L A R

qishloq aholisi asosan o`zbek milliy taomlarini tayyorlaydi va iste'mol qiladi. Bahor oylari sumalak va xalim tayyorlanadi. qishloq qirgiz ahli bilan chegaradosh quda - anda, harindosh – urug`chilik ko`p bo`lganligi uchun bo`lsa kerak yoki ob-havo pastligi uchunmi ot go`shti, qazi-hartadan turli taomlar tayyorlanadi. Bunga kesma kulchatoy yoki norinni misol keltirish mumkin.

Sigir sutidan suzma, qurtova, shirin-gurunch, pishloq, sutli xorda, ayron va boshka taomlar tayyorlanadi. Yana bularga palov (osh), sho`rva, shilpildoq, chuchvara, manti, dimlama, shashlik kabob, mastava, moshxo`rda, ugra cho`p kabi ovqatlarni kiritishimiz mumkin.

Axborotchi: Mamajanova Xolida 65 yosh. Alimqulov1970 (munozara) 03:33, 22-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]