Foydalanuvchi:ZeboMubinqizi/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻshima[1] ( yapon. 大島 Oʻ:shima, " Katta orol"), shuningdek , Amamioʻshima[2] (yapon.奄美大島 Amami-Oʻ:shima, "Amami Katta orol") — Amami orollari guruhidagi orol boʻlib, Sharqiy Xitoy dengizidagi Ryukyu arxipelagida joylashgan. Yaponiyaga tegishli orol.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ma'muriy jihatdan Kagosima prefekturasi tarkibiga kiradi. Orolning maydoni 712,35 km². Mahalliy hokimiyat Amami shahri va Oʻshima okruglari oʻrtasida boʻlingan. Amami shahri 2006 yil mart oyida Naze shahrini Kasari shaharchasi va Sumiyo qishlogʻini birlashishi orqali tashkil topgan. Oʻshima okrugi tarkibiga Tatsugo, Yamato, Uken qishloqlari va Setouti qishlogʻining bir qismi kiradi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amami oroli haqida ilk bor yozma ravishda 657 yilda Yaponiyaning Nihon syoʻki yilnomasida qayd etilgan. Qadimda orol Xitoy Tan imperiyasi (618-907) saroyiga sayohat qilgan yapon elchilari uchun toʻxtash joyi boʻlib xizmat qilgan. Keyin Amami bir necha asrlar davomida unutilib, Ryukyuan feodallaridan biri (anji) tomonidan qayta kashf qilinmaguncha tashrif buyurilmagan. 15-asrda Amami oroli Ryukyu qirolligi tarkibiga kirdi. 1609 yilda Ryukyu umuman Yaponiya knyazligi (xon) Satsumaga boʻysundi, 1611 yilda yaponlar Amami orolini ham egallashdilar.

Iqtisidiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amami orolining iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligi, mahalliy hunarmandchilik va turizmga asoslangan. Shirin kartoshka, sholi, shakarqamish yetishtiriladi. Yumshoq iqlim yiliga ikki marta guruch hosilini olish imkonini beradi. Hunarmandchilik buyumlari orasida bu yerda eng mashhuri qo‘lda tayyorlangan yuqori sifatli ipak hisoblanadi.

Orolda Amami aeroporti joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Словарь географических названий зарубежных стран“.
  2. „Словарь географических названий зарубежных стран“.