Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:ShohjahonSobirov/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari medallar jadvali
Mamlakat Parij, Fransiya
Holati topshiriladi

2024-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari, XXXIII Olimpiada oʻyinlari rasmiy nomi bilan tanilgan. U 2024-yil 26-iyuldan 11-avgustgacha Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan koʻp toifali xalqaro tadbirdir.

Toni Estanguet 2024-yil fevral oyida Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari medallarini taqdim etdi. Medalning old tomonida Eyfel minorasining asl qurilishidan olingan temir parchalari oʻrnatilgan edi[1]. Taxminan 5084 ta medalning dizayni Parijda joylashgan Chaumet zargarlik firmasi tomonidan yaratilgan soʻng, Fransiyaning Monnaie de Paris zarbxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan[2].

Medallarning orqa tomonida 1896-yilgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan Panathenaik stadionidagi yunon gʻalaba maʼbudasi Nike tasvirlangan. Medalning har ikki tomonida orqa fonda Parfenon va Eyfel minorasini ham koʻrish mumkin[3]. Har bir medalning vazni 455–529 g (16–19 oz), diametri 85 mm (3.3 in) va 9.2 mm (0.36 in) ga teng qalinlikda edi[4]. Oltin medallar 98,8 foiz kumush va 1,13 foiz oltindan iborat boʻlgan. Bronza medallar esa mis, rux va qalaydan tayyorlangan[5].

Medallar jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Medallar jadvali Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asoslanadi va chop etilgan medallar jadvalidagi XOQ konvensiyasiga mos keladi. Odatda, jadval Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) tomonidan taqdim etilgan mamlakat sportchilari tomonidan qoʻlga kiritilgan oltin medallar soni boʻyicha tartiblanadi. Soʻng kumush medallar va bronza medallari soni hisoblanadi.

  *   Mezbon davlat (Fransiya)

Oʻrin MOQ Oltin Kumush Bronza Umumiy
1  Fransiya (FRA)* 0 0 0 0
Umumiy 0 0 0 0
  1. „Paris 2024: Eiffel Tower metal in Olympics and Paralympics medals“. BBC Sport (2024-yil 8-fevral). 2024-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
  2. Theissen, Marion. „Paris 2024: the Olympic and Paralympic medals have been revealed“. Olympics (2024-yil 8-fevral). 2024-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
  3. „Paris Olympic and Paralympic medals will contain chunks of Eiffel Tower“. The Guardian. Reuters (2024-yil 8-fevral). 2024-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
  4. „Paris 2024: First look at Olympic and Paralympic medals featuring chunks of Eiffel Tower“. Sky News (2024-yil 8-fevral). 2024-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
  5. „Paris 2024 unveils Paralympic and Olympic Games medals“. Paralympics (2024-yil 8-fevral). 2024-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.


Andoza:Multi-sport event sidebar